«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]
Matbuot bayonoti
Hizbut Tahrir indoneziyalik va butun Islom dunyosidagi xizmatchi ayollarning tijorat yo’lida ekspluatatsiya qilinishlari to’g’risidagi ayollar simpoziumiga mezbonlik qiladi
2012 yil 6 noyabrda Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limidagi ayollar sho”basi Hizbut Tahrir – Indoneziya bilan hamkorlikda Indoneziyadagi simpoziumga mezbonlik qiladi. Simpoziumdan indoneziyalik va butun Islom dunyosidagi ayollar uzluksiz ravishda va xorlangan holda boshdan kechirayotgan ekspluatatsiya qilish sabablari va uni hal qilish yo’llari mubohasa qilinadi. Ushbu tadbir o’tgan hafta Indoneziyada chop etilgan janjallarga sabab bo’lgan e’lonlarga qarshi reaktsiya sifatida o’tkaziladi. Bu e’lonlarda «Endi indoneziyalik xizmatchi ayollar savdoga qo’yiladi», degan manfur ibora yozilgan. Simpoziumda so’zga chiquvchi ayollar: Hizbut Tahrir – Indoneziya rasmiy notiqasi professor Iffat Rahmat xonim, mehnat vazirligi matbuot voizi professor Dayto Indoh Soriy xonim, xorijiy xizmat vakillarini boshqarish muassasasidan professor Musliha xonim, Hizbut Tahrirning Janubi Sharqiy Osiyo mintaqasi bo’yicha markaziy matbuot a’zosi professor Vika Kumara xonim.
Bu simpozium Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limidagi ayollar sho”basi olib borayotgan kampaniyaning bir qismi bo’lib, undan mintaqada bugungi rejimlar va rahbariyatlar ostida ayollarning tijorat yo’lida ekspluatatsiya qilinishlari sabablarini va ularning xor ahvollarini yoritish maqsad qilingan. Shuningdek, unda Xalifalik davlati ayollar uchun to’siq bo’lib turgan bunday voqelikka barcha real echimlarni ta’minlab beradigan namuna sifatida taqdim etiladi. Ushbu kampaniya dekabr oyida ayni mavzularga to’xtaladigan xalqaro ayollar konferentsiyasi bilan nihoya topadi.
Buni Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi a’zosi Nisrin Navoz xonim bunday izohlaydi: «Shubhasiz, ushbu simpozium, kampaniya va dekabrda bo’ladigan konferentsiyada Islom dunyosidagi omadsiz rejimlar ham, Indoneziyada va mintaqadagi ko’plab davlatlarda tatbiq etilayotgan kapitalistik ekspluatatsiyachi abgor tuzumning asl basharasi ham ochib tashlanadi. Bu tuzum millionlab ayollarni qashshoq qildi, natijada bugungi qullikka o’xshash mehnat-mashaqqat zamonida ko’pchilik ayollarimiz ish qidirib, uylari va bolalarini tashlab chiqishga, o’zlarini va oilalarini boqish yo’lida og’ir mehnatlar bilin shug’ullanishga majbur bo’ldilar. Bundan tashqari, foyda ko’rish va boylik to’plashni boshqa barcha qadriyatlardan ustun ko’ruvchi bu kapitalistik tuzum ayollarni o’z insoniyliklaridan mahrum qildi va o’z davlatlari cho’ntagiga foyda keltiradigan tijorat tovariga aylantirdi. Jamiyatga keltirgan jismoniy va ruhiy zararlardan, salbiy asoratlardan ko’z yumdi va bu narsa hukumat kirimlarini insonlarning mashaqqat chekishlaridan afzal biluvchi bunday tuzumda uchrashi tabiiy, albatta.
Ayollarimiz boshdan kechirayotgan bunday tuban tijoratchilik va ekspluatatorlik davom etishi mumkin emas. Mehnat va emigratsiya to’g’risidagi qonunga o’zgartirish kiritish mantiqsiz tadbir bo’lib, ayollar chekayotgan mashaqqatlar va zulmlarni daf qilishga aslo olib bormaydi. Buning o’rniga, shunday bir tub o’zgarish yuz berishi shartki, u butun Islom dunyosida tatbiq etiladi hamda mintaqa ayollariga ezgulik va oliylik keltiruvchi ishlarga haqiqiy ahamiyat qaratadi, boshqalar uchun mukarrama e’zozli ayollar sifatida qaraydi, ularga nafaqa qilinishini, himoya etilishlarini, mol ko’paytirish yo’lida foydalanilmasliklarini ta’minlaydi. Biz ushbu simpozium, kampaniya va konferentsiyalarimiz orqali boshqaruv uchun namuna sifatida Xalifalik tuzumini taklif etamiz. Bu boshqaruv ayollar to’g’risidagi ayni nazariyani o’zida gavdalantiradi, haqiqiy iqtisodiy siyosatlarni taqdim etadi, bu siyosatlar esa Islom dunyosidagi ayollarni bugungi qashshoqlik botqog’idan olib chiqadi, farovon, gullab yashnagan iqtisodiy muhit yaratadi, ayollarni mashaqqatlardan forig’ etib, shu orqali hayotlarida real o’zgarish yasaydi».
Bosh muharrir mulohazalari:
1 – Ushbu simpozium 6 noyabr Indoneziya vaqti bilan kunduz soat 13:00da boshlanadi. Manzil: Glen Alia Cikini Hotel (Anggrek Room), Cikini Raya Street No.46, Jakarta, Indonesia
2 – Simpozium boshlanishidan oldin (13dan 14gacha) matbuot konferentsiyasi bo’lib o’tadi. Qo’shimcha ma’lumotlar va izohlar uchun ushbu elektron pochtaga murojaat qilishingiz mumkin: media@hizb-ut-tahrir.info