Qirg’iziston hukumati Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamashda davom etmoqda, axborot vositalari yolg’on xabarlar tarqatmoqda

602
0

2015 yil 30-31 dekabr kunlari Novken, Qorasuv, Suzoq tumanlari, Arslanbob qishlog’i va Jalolobod shahrida 17 nafar Hizb ut-Tahrir a’zosi uyida tintuv o’tkazildi. Bu haqda Qirg’iziston ichki ishlar vazirligi matbuot voizi Bakit Seitov quyidagicha bayonot berdi: «Jalolobod Ichki ishlar boshqarmasi tintuv amaliyotini Ichki ishlar vazirligiga qarashli 10-bo’lim bilan birgalikda o’tkazdi. Tintuv paytida ekstremistik ruhdagi 150ta adabiyot va varaqalar, 200ta kompakt disk, yon daftarlar, gazetalar, giyohvand moddalar, qurol-yaroq va o’q-dorilar topildi». Axborot vositalari esa «Militsiya Hizb ut-Tahrir a’zolari uyidan qurol-yaroq va o’q-dorilar topdi», sarlavhasi ostida qator xabarlar tarqata boshladi…

Rejimning Islom va musulmonlarga qarshi, xususan, Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi bunday pozitsiyasi shuni ko’rsatmoqdaki, aftidan, qirg’iz hukumati ham, musulmonlarni quvg’in qilayotgan va Islomning hayotdagi har qanday ko’rinishiga qarshi kurashayotgan Karimov, Rahmonov, Nazarboev singari tog’ut rejimlar yo’lini tanlagan ko’rinadi.

Darhaqiqat, rejim vakillari tintuv paytida uy egalarini haqorat qilishdi, do’pposlashdi, hatto yosh bolalariga nisbatan ham kuch ishlatish bilan tahdid etishdi… giyohvand moddalar, qurol-yaroq va o’q-dorilarni atayin tashlab qo’yishdi. O’z navbatida, axborot vositalari tintuv paytida sodir etilgan qonunbuzarliklarni, giyohvand moddalar, qurol-yaroq va o’q-dorilar tashlab qo’yilganini bila turib sharmandali ravishda da’vat ahliga qarshi yolg’on xabarlarni tarqatishdi. Ular bir kun kelib haqiqat ayon bo’lishidan qo’rqishmadi.

Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi a’zolari quyidagilarni bayon qilamiz:

1 – Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb bo’lib, mabdasi Islomdir, siyosat uning faoliyatidir. Hizb Ummat orasida, u bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Ummatning Islomni o’ziga qoida sifatida qabul qilib olishiga erishish uchun, shuningdek Ummatni Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etish, Alloh Subhanahu va Taolo nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarish sari etaklash uchun u bilan birga faoliyat olib boradi. Hizb ut-Tahrir siyosiy hizbdir. U zo’ravonlik amaliyotlari bilan shug’ullanadigan qurolli jamoa emas.

2 – Hizb ut-Tahrirning tariqati o’z maqsadini sabot, bardosh va qat’iylik bilan ro’yobga chiqarishida ajralib turadi. Uning tariqati uch bo’sqichga bo’lingan: Birinchi: Ummatga saqofat berish bosqichi. Ikkinchi: Ummatga ta’sir o’tkazish va hokimiyatni qo’lga olish uchun qudrat ahlidan nusrat talab qilish bosqichi. Uchinchi: Islomiy yurtlarning birida hokimiyatni qo’lga olib, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Islomni barchaga to’la tatbiq etish hamda Islomni da’vat va jihod orqali butun dunyoga etkazish. Hizb ut-Tahrir o’z maqsadini ro’yobga chiqarish uchun faoliyat olib borayotgan yurtlarning birortasida zo’ravonlikni o’ziga yo’l qilib olmagan. Uning 1953 yilda tashkil topganidan buyon amalga oshirib kelgan faoliyatlari bunga guvoh.

3 – Hizb ut-Tahrirning butun dunyo bo’ylab o’z rasmiy vakillari bor. Har qanday shaxs ular bilan bog’lanib, Hizb faoliyati haqida ma’lumot olishi mumkin. Bundan tashqari, Hizbning internetda ham rasmiy saytlari bor bo’lib, ularda Hizbning rasmiy adabiyotlari qo’yilgan. Shuning uchun ham har qanday shaxs Hizb ut-Tahrirning maqsad-g’oyalari, faoliyati bilan tanishish uchun turli tillarda ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

Hizb ut-Tahrir o’zining siyosiy faoliyatini ochiq tarzda amalga oshirayotganiga hamda oltmish yildan ziyod vaqtdan beri barchaga siyosiy programmasini ochiq shaklda bayon qilib kelayotganiga qaramay, tog’ut hukmdorlar unga tuhmatlar qilishmoqda. Rejimlar Hizbning islomiy yurtlardagi faoliyatini taqiqlab, a’zolariga terrorist va ekstremist tamg’asini yopishtirishmoqda. Bundan esa xalqning Hizbdan ta’sirlanishini oldini olishni hamda odamlarni haqiqatni bilishdan mahrum etishni ko’zlashmoqda. Shuningdek, hukumat odamlarning Hizb kitoblarida batafsil bayon etilgan haqiqatni olishlariga to’siq qo’yish uchun uning kitoblarini taqiqladi va bu kitoblarga ekstremistik adabiyotlar, degan tamg’a yopishtirdi.

Albatta, Hizb ut-Tahrir odamlarga haqiqatni, ya’ni Islomni etkazmoqda. Islom bashariyatning barcha muammolarini hal etgan. Zotan, bu muammolar inson tomonidan o’ylab chiqilgan tuzumlarning tatbiq etilishi natijasida ulkan falokatlarga sabab bo’lmoqda. Bu botil qonunlar yolg’onchi, qo’rqoq siyosatchilar tomonidan tatbiq qilinmoqda. Zero, siyosatchilar odamlarni talashmoqda, ayollar va bolalarni quvqin qilishmoqda hamda bu musibatlardan qutulishga, ya’ni Islomga da’vat qilayotgan xolis musulmon yoshlar ustidan tuhmat qilishmoqda. Ular da’vat ahlini quvg’in qilib, qamoqqa olib, azoblab, qamoqlarda o’ldirib yuborishmoqda. Biroq ularning Islom va musulmonlarga qarshi urushlari qanchalik kuchaymasin, Alloh Subhanahu va Taolo musulmon bandalariga albatta nusrat beradi. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

 يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

«Ular Allohning nurini og’izlari bilan o’chirmoqchi bo’lishadi, Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O’z nurini to’la yoyguvchidir» [Saf 8]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi0hizb-340x264-300x233

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Bayrut-Livan Pochta qutisi 14­5010

 Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.