Roshod qori Kamolovning turmadagi ahvoli va uni tashqaridagi diniy arboblarga ta’siri qanday?
Roshod qori (Alloh u kishiga chiroyli sabr bersin) turmada ushlab turilgan vaqtda juda katta matonat ko’rsatish bilan bir qatorda tushunmovchilik va xatolarga ham yo’l qo’ydi.
Bizning saytga muxlislardan kelayotgan xabarlar ichida o’zini Roshod Kamolov yaqinlaridan deb aytgan va nomini sir tutishimizni iltimos qilgan muxlisimiz qiziqarli va ibrat bo’lishi mumkin bo’lgan bir qator yangi ma’lumotlar yuboribdi.
Maktubda aytilishicha, Roshod qorining turmadagi hayoti bir qator siyosiy o’yinlar va sarguzashtlari bilan davom etib borayotgan ekan. Avvaliga Roshod qoriga juda mulozamatli muomila ko’rsatilgan, so’ng birdaniga unga qarshi bir qator ta’zyiqlar boshlangan. Organ xodimlari tomonidan olib borilayotgan ta’zyiq va malomatlar bilan bir vaqtda qamoqxonaning tungi xojalari bo’lmish “o’g’rilar” g’oyasi asosidagi jinoiy to’da a’zolari tomonidan ham unga nisbatan bosimlar uyushtirilgan. Biz avval ham quyidagi maqola ostida bu haqda yozgan edik.http://uz.turkiston.info/2015/06/19/roshod-ori-kamolovning-sud-zharayoni-uz/
Qirg’iziston hukumati Islom chirog’ini o’chirish yoki hech bo’lmaganda uning yorug’ini zaiflashtirish maqsadida turmaxona ichini ham o’z qo’liga oldi. Buning uchun ular o’z yo’llariga yurishga rozi bo’lmagan jinoyat olami avtoritetlarini jismonan yo’q qilishdi. Ba’zilarini esa boshqa yurtlarga qochib ketishga majbur qilib, hatto bittasini o’sha erga borib o’ldirib ham kelishdi.
Roshod qorini ham qamoqqa olishganidan so’ng e’tiqodini sindirish uchun bir qator harakatlar olib borishdi. Bu ishning uddasidan chiqa olishmagach, unga nisbatan hiyla va makrlar uyushtirishdi.
Qirg’iziston parlamentiga saylov arafasida bir qator organ xodimlari (hozircha ismlarini yozmadik) va hukumat amaldorlari hamkorlikda Roshod qorini Qorasuv shahridagi bir rasmiy idoraga olib kelishadi. Uni hatto uyiga olib kelib, ma’lum muddatga oila a’zolari oldida bo’lishiga ruxsat berishadi. Bu guruh vakillari Roshod Kamolov obro’sidan foydalanib qolishga intilib, unga Qirg’iziston sotsial-demokratik partiyasi (QSDP) uchun ishlab berishni taklif qilishadi. Buning evaziga esa ular uni sud zalidan ozod qilib yuborishni va’da qilishadi. Maktubda aytilishicha ularning bu takliflaridan yuqori darajali amaldorlar, hatto birinchi darajadagi insonlar ham xabardor va rozi bo’lishgan emish. O’z navbatida sud jaroyonlari ham saylovdan keyinga belgilanadi.
Ammo sud Roshod Qorini ozod qilmadi, aksincha Qorasuv tuman sudi Roshod qorini 5 yilga manzil koloniyasiga hukm qilgan bo’lsa, prokuror arziga binoan bo’lib o’tgan viloyat sudi 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi.
Aslida ham Roshod qorini qamashdan maqsadlari uni osongina qo’yib yuborish emas edi. Ular bu namunali imomni qolgan imomlarni qo’rqitish va o’z yo’llariga yurishga majburlash yoki hech bo’lmaganda buzuq g’ayriislomiy maqsad va harakatlariga so’zsiz itoat qiladigan qilib olishda foydalanish edi. Nafaqat itoat, balki o’z jinoyatlarida sherik qilib olish, Islomga qarshi kurashda oldingi safda yuradigan manqurtlarga aylantirib olishmoqchi edi. Ular shu kunlarda maqsadlarining bir qismiga erishishga muvaffaq bo’ldi desak ham bo’ladi. Ayrim diniy arboblar terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida hukumatning ma’lum guruhi bilan hamkorlik olib bora boshlashdi.
Roshod qoriga ozodlikni va’da qilgan fitnakash to’da esa hech narsa bo’lmagandek, o’z ishlarida davom etib yurishibdi. Bundan tashqari, bizga etib kelgan maktubda turmaxonaning ichki va tashqi muhitlari haqida juda xavotirli va tashvishli xabarlar bor. Bu haqda keyingi maqolalarimizda to’xtalib o’tamiz.
Bizning maqsadimiz ayni vaqtda hukumat olib borayotgan siyosat juda tuturiqsiz va ishonchsiz ekanini eslatib o’tishdan iborat. Hukumat jinoyat otiga minib olib, ko’p odamlarni o’ldirib yuboryapti. Bundan qo’rquvga tushgan ayrim ulamolar Alloh tomonidan farz qilingan da’vat faoliyatlarini mutlaq to’xtatib qo’yishgan bo’lsa, ayrimlari esa Oxirat ne’matini bu dunyoning arzimas matohiga almashtirib, bu kabi qabih va noshar’iy ishlarda hukumatga ko’makchi bo’lishga rozi bo’lishdi.
Boshqa tomondan MXDQning zaxiradagi generali Artur Medetbekov boshchiligida Islom va musulmonlarga qarshi muayyan guruh ish olib boryapti. Bu guruh ishni Tablig’ jamoasiga qarshi jamoatchilik ichida salbiy fikrni paydo qilish bilan boshladi. Medetbekov Islomga qarshi haqiqiy jirkanch basharasini ochiq namoyon qilib, “men Islomga emas, terrorchilarga qarshiman” degan so’zlari bilan Qirg’izistonda da’vatga chek qo’yish kerak deb jar solayapti. Bu xuddi, men insonlarga zulm qilmoqchi emasman, faqat ularning qo’llarini kesib yubormoqchiman xolos, degan telba odamning gapiga o’xshaydi.
Islom dini da’vat ustiga qurilgan. Hatto Xalifalik davlati ham da’vatning yo’li kuch bilan to’sib qo’yilgan taqdirdagina o’sha kuchni kuch bilan bartaraf qilish uchun jihod qiladi. Agar da’vat to’silmasa davlat uchun jihod farz bo’lmaydi. Jihod da’vatning amaliy tariqatidir (ya’ni jihod da’vatni doim ilgarilab borishini ta’minlab turish ta’riqatidir). Ular Allohning nurini (dinini) og’izlari bilan o’chirmoqchi bo’lishyapti. Ular makr qilib “bizlar Islom diniga qarshi emasmiz, biz ham musulmonmiz, biz terroristlarga qarshimiz” degan iddaolar bilan musulmonlarni chalg’itmoqchi bo’lishmoqda.
Turmalarda musulmonlarga qarshi zulmlar kuchaya boshladi. Nafaqat hukumatga xizmat qilayotgan musulmon xodimlar, balki hukumatga tilyog’lamalik qilishga harakat qilayotgan bir qator maxbuslar ham musulmonlarga atayin ta’zyiq o’tkazishayotgani haqida ma’lumotlar kelib turipti.
Ogoh bo’laylik, Allohning nusrati yaqin! Allohning izni bilan yaqin kunlar ichida qayta barpo bo’ladigan Xalifalik davlatida ota bolasini pora evaziga qutqara olmaydi. Barcha – xoh musulmon bo’lsin, xoh g’ayrimusulmon bo’lsin – o’z ulushini oladi. Oxiratda esa yoki mukofot yoki alamli azoblar bo’ladi. Shu sababli ham ayni paytda malomatchilar tomoniga o’tib, o’z birodarlarimizga bir yomon so’z bilan bo’lsa ham ziyon etkazib qo’yishdan o’zimizni tiyib turishimiz vojib.
Birodarlar, hozir kufr qutura boshladi. U o’zining haqiqiy basharasini ochdi va musulmonlarga qarshi bir bo’lib zulm va qatliomlar olib boryapti. Bu kufrning g’alabasi emas, aksincha uning mag’lubiyatidir. Payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning siyratlariga nazar soling! Allohning nusrati yaqinlashgan vaqtda mushriklarning zulmlari ham kuchayishi siyratdan ma’lum.
Kufr olami hiyla-nayranglar ish bermagach, harbiy quvvatini ishga soldi. Kufr olami bir guruh musulmonlarni qatliom qilayotgan vaqtda qolgan musulmonlar sukut saqlab turishlari uchun ularni o’zlari o’ylab topgan terrorist va ekstremist ekanligiga ishontirish, Ummatni xotirjam qilib berish kampaniyasi boryapti. Kufr o’z gumashtalaridan shu g’ayriislomiy kampaniyalarni kuchaytirishni talab qilyapti. Ularga pul va boshqa manfaatlar yaratib beryapti. Buning evaziga esa bizlardan Oxiratdagi manfaatlarimizni garovga qo’yib turishimizni so’rashayapti. Ularga sherik bo’lish orqali Oxiratda ular bilan birga tirilib qolishimiz mumkin, bundan Alloh saqlasin.
Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi