Obama Rossiyaga qarshi Turkiyani qo’llab-quvvatladi

526
0

AQSh Prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdug’on bilan Frantsiya poytaxti Parij shahrida tashkil qilingan iqlim o’zgarishi sammitida uchrashdi. Uchrashuv taxminan bir soat davom etdi.

Uchrashuvdan so’ng matbuot vakillariga bayonot bergan Obama Rossiya va Turkiya o’rtasidagi keskinlikda Turkiyaning yonida ekanligiga ishora qilib o’tdi. Turk havo sarhadlarini buzgan Rossiya samolyotining urib tushirilishi hodisasiga to’xtalgan Obama Turk hukumati o’z havo hududini himoya qilish huquqiga ega ekanligiga urg’u berdi.

“AQSh Turkiyaning chegaralarini va havo sarhadlarini himoya qilish huquqiga ega ekanligini har doim tan olgan. Biz Turkiyaning o’z havo hududini himoya qilish huquqiga ega ekanligini qo’llab-quvvatlaymiz”, dedi AQSh Prezidenti.

Erdug’on bilan Turkiya-Rossiya o’rtasidagi keskinlikni kamaytirish masalasi haqida ham gaplashib olganligini aytib o’tgan Obama muammolarni diplomatik va siyosiy vositalar orqali hal etilishi lozimligini bildirdi. Obamaga ko’ra, Rossiya va Turkiya o’zaro kuchlarini birlashtirib mintaqadagi umumiy dushmanga qarshi kurashishlari lozim.

“Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi taranglikni kamaytirish uchun birgalikda qanday harakat qilish kerakligini muhokama qildik”, “Turkiya va Rossiya o’rtasidagi taranglikni kuchayishi yo’l qo’yib bo’lmaydi”, “Biz taranglik kuchayishini istamaymiz”, “Bizning maqsadimiz koalitsiya kuchlari bilan birgalikda umumiy dushmanimiz bo’lgan IShIDni to’xtatishdir. Turkiya bu borada har doim bizni qo’llab-quvvatlab kelmoqda”, dedi Obama.

Obamadan so’ng so’zga chiqqan Erdog’an Turkiya-Rossiya munosabatlari haqida so’zlab “Biz ham notinchlikni istamaymiz. Aksincha, bizning maqsadimiz mintaqada tinchlikni yuzaga keltirish uchun hissa qo’shishdir va diplomatik shaklda natijaga erishishdir. Zero mintaqadagi keskinlik bizni ham qayg’uga soldi”, dedi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.