Shariat ruxsat bergan narsaga, bandadan “ijozat” so’rash shartmi?

652
0

Tojikiston hukumati qoshidagi din, an’ana va marosimlarni tartibga solish qumitasida yangi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga binoan, kelgusida soqol qo’yishni va Shariatga muvofiq kiyinishni istagan fuqrolar ushbu qumitaning “Ruxsatnomasi”ni olishlari shart hisoblanadi. Aks holda bunday hujjatga ega bo’lmagan odamlar hukumatning maxsus tartibni saqlash organlari tomonidan qo’lga olinib, mahkamaga olib boriladilar va majburan soqollari qirib tashlanadi.

Abdulloh ismli taksi haydovchisining so’zlariga ko’ra, hukumatning bundan tazyiqlari haddan oshgan huquqbuzarlik hisoblanib, aholisi 90 % musulmonlardan iborat yurtning biror urfu odatiga mos kelmaydi. Abdulloh ham bu noto’g’ri siyosatning bir qurboniga aylandi. U boshidan kechirgan holatlarni quyidagicha xotirlaydi:

“Bir kuni o’z ishim payidan mashina haydab ketayotsam, to’satdan DAN xodimlari meni yo’lda to’sishdi va mendan hujjat talab qilishdi. Men bamaylixotir hujjatlarimni ko’rsatdim va aslo bir xavotirga o’rinli sabab topolmadim, chunki hujjatlarim joyida edi, yo’l qoidasini ham buzmagan edim. IIB xodimlari mendan mahkamaga borishni talab qilishdi, ammo sababini aytishmadi. Men haydovchilik xususida biror muammo borga o’xshaydi degan gumonda ularning ortidan ergashdim. Mahkamaga borgach hayratda qoldim, meni u erda biror boshliq emas … balki sartarosh kutib turardi. Xullas, soqolimni qirishdi va “qumitadan ijozatnomang yo’q ekan, bundan buyog’iga o’zinga hushyor bo’l, ruxsatsiz soqol qo’yma , aks holda javobgarlikka tortilasan” deya tahdid qilib qo’yib yuborishdi.

Abdullohning aytishicha, soqol bilan kurashish o’rniga rasmiy hukumat ham va marosimlarni tartibga solish qumitasi ham mamlakatdagi tobora tomir otib borayotgan xurofotlarga, dinimizga yot bid’atlarga qarshi kurashsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Ta’kidlab o’tish joizki bu kabi qonunlar ko’proq Tojikistoning shimol qismida joylashgan Sug’d viloyatida keskin tarzda joriy etilgan. Bu mintaqa ikki qo’shni davlat – O’zbekiston va Qirg’iziston – bilan chagaradosh hisoblanadi. Aholisi Janub qismiga nisbatan tabiatan mafkuraviy jihatdan o’yg’oqdir. Aynan shu mintaqada islomiy guruhga a’zo yoshlar ko’p kuzatilgan. Bundan tashqari masjidlarni istirohatgohlarga aylantirish siyosati, hijobga qarshi tazyiq va islomiy ismlarga nisbatan hukumatning e’tirozi ham aynan shu mintaqada ko’proq kuchga kirgan.

Davlatni bir katta oilaga o’xshatish mumkin. Agar oilangizda Shariatga bir kun rioya qilinmasa, tartib- qoida buziladi. Turmush muvozanati o’zgaradi, oiladan osoishtalik yo’qoladi. Demak jamiyatni ham faqat Din tartibga soladi. Allohning nazdida esa eng maqbul din Islomdir. Islomdan o’zga har qanday botil siyosatlar odamlarning hayot tarzini yanada chigallashtiradi. Islom dini bir butun bino bo’lsa, Shar’iy hukmlar shu binoning poydevori, ustuni va g’ishtlari hisoblanadi, ularsiz bino tik turmaydi. Shunga binan aytish joizki, Shar’iy hukmlarning birortasiga nisbatan loqaydlik qilinsa, komil Dinimizga katta zarar etadi. Tojikiston prezidenti o’z nafsiga qul bo’lib, avval islomiy hizblarga qarshi kurashdi, masjidlarni buzdi, yurt boyliklarini tolon toroj qilishliklari uchun mushriku nasorolarga keng eshik ochib berdi. Endilikda diniy muqaddasotlarimizga qarshi ayovsiz kurashmoqda. Holbuki uni ham Alloh musulmon qilib yaratgan, dinni himoya qilish, unga xizmat qilish uning ham burchi hisoblanadi. Ammo Emomali Rahmon va uning yugurdaklari bandalik vazifalarini unutishib, havoyi nafslariga butkul qul bo’lishdi.

Alloh Taolo aytadi :

“Ular Allohning oyatlarini ozgina qiymatga almashtirib, ( insonlarni ) Uning yo’lidan (ya’ni dinidan) to’sdilar. Darhaqiqat, ular eng yomon ishni qilguvchi bo’ldilar. Ular biron mo’min xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir”. [Tavba 9: 10 ]

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.