Har gal bir xil pichoq

393
0

Isroil harbiylari o’zlari o’ldirgan falastinlik musulmonlarning yoniga pichoq tashlab qo’ymoqda. Xuddi shunday da’vo bilan Falastin ma’muriyati bayonot chiqardi. Isroil harbiylarining bunday qilishdan maqsadi “falastinliklar pichoq bilan hujum qilganligi uchun o’ldirilmoqda”, deb o’zlarini oqlashdir.

“Isroilliklardan birining falastinlik musulmon yonida turib “terrorist bor”, deb hayqirishining o’zi falastinlikning otib o’ldirilishiga yo’l ochadi. Uning rost yoki yolg’on aytayotganligiga qaralmaydi yoki falastinlikni qo’lga olishga ham harakat qilinmaydi”, deyiladi Falastin tashqi ishlar vazirligi tarafidan chiqarilgan yozma bayonotda.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga qaratilgan bayonotda mazkur tashkilotlardan xalqaro huquq doirasida bu da’volar ko’rib chiqilishi talab qilindi. Bayonotda ta’kidlanishicha, har gal qotillik jinoyati sodir etilganda o’ldirilgan falastinliklarning yonidan bir xil pichoq topiladi.

“Falastinliklar yahudiylarning hujumiga duchor bo’lishi yoki otib tashlanishini oqlash uchun bir yahudiy fuqarosi yoki askarini pichoqlashga uringanlik da’vosining o’zi kifoyadir. Har gal jinoyat sodir etilganda bir xil pichoq sahnalashtirilidi. Go’yoki isroilliklarni pichoqlab o’ldirishni rejalashtirgan har bir falastinlik bir xil pichoq sotib olayotgandek yoki bu pichoqlar har kimga bekorga tarqatilayotgandek”, deyiladi jumladan bayonotda.

Oxirgi olingan xabarlarga ko’ra, Isroil askarlariga pichoq bilan hujum qilganlikda ayblanib otib tashlangan navbatdagi yosh qiz halok bo’lgan. Falastin sog’likni saqlash vazirligi tarafidan chiqarilgan yozma bayonotda aytilishicha, Nablus shahrining janubidagi Huvara nazorat punktida Isroil askarlarining hujumiga uchragan 16 yoshli Ashraqat Katnani ismli yosh qiz hayotdan ko’z yumgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.