Suyunbek Umurzaqov: yaxshi terrorchi va ekstremistlar bo’lmaydi

503
0

Parijda atayin uyushtirilgan portlashlardan so’ng Qirg’izistonda terrorizm va ekstremizm muammosi asosiy mavzuga aylanib qoldi. Qaerda, qanday yig’in o’tkazilmasin kun tartibidagi asosiy masala xavfsizlikni kuchaytirish, terorchilik hurujlariga yo’l qo’ymaslik, chegaralarni kuchaytirish…ga qaratilmoqda. Hatto Yevropaga qaraganda Markaziy Osiyo Suriya va Afg’onistonga yaqinligi uchun ham bizda terror tahdidi kuchli ekanligi to’g’risidagi vahimali so’zlar OAVlar tomonidan tarqatilmoqda.

O’sh shahrida bo’lib o’tgan kuch organlari yig’ilishida IIV Bosh boshqarmasining O’sh viloyati bo’yicha boshlig’i Suyunbek Umurzaqov, “Yaxshi terrorchi va ekstremistlar bo’lmaydi, biz ularning barchasini jamiyatdan ajratishimiz lozim”, – dedi.

Shuningdek, Suyunbek Umurzaqov jamoat joylaridagi qoidabuzarlikni tezkorlik bilan bartaraf etish guruhlari va naryadlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash zarurligini ta’kidlab o’tdi.

“Yaqin Sharqda diniy ekstremistlar va terrorchilarga qarshi keng miqyosli kurash ketmoqda. U erga jang qilishga ketgan fuqarolar yaqinda o’z yurtlariga qaytishga majbur bo’lishadi. Biz ularning har birini bilishimiz hamda jamiyatdan cheklash bo’yicha tegishli choralarni ko’rishimiz lozim. Ko’p qon ko’rgan, ruhiyati buzilgan, diniy ekstremizm tarafdori bo’lgan odamlardan yaxshilik kutish befoyda”, – dedi Umirzaqov.

Turkiston:

Diniy ekstremizm yoki terrorizm atamalarining o’zi kufr atamalari bo’lib, Musulmon odam bu atamalardan foydalanishi durust emas. Bundan tashqari, bir atama ostida bir guruh insonlarning barchasiga qarshi ommaviy qirg’in yoki boshqa zulm qilish amaliyotlarining o’zi harom. Bu har qanday sistema, mamlakatlar qonuni yoki xalqaro qoidalarning birorta bandiga to’g’ri kelmaydi. Buni ommaviy qirg’in (repressiya, genotsid) kabi atamalar bilan atashadi.

Aslida esa, ota farzandi uchun, farzand otasi uchun javobgar emas. Bu birorta mamlakat inkor etmaydigan va olamning birorta mamlakati o’z qonun dasturlariga kiritmay qo’ya olmaydigan darajada mustahkam qoida. Bu hatto bularning demokratik mafkurasining asoslaridan bo’lgan inson erkinligining himoyasiga ta’luqli mavzu hisoblanadi. Dunyo hamjamiyati hatto bir millat vakillaridan biri yoki minggi bir bo’lib biror jirkanch amal bajarishganlarida ham, ular uchun boshqa bir o’sha millat vakilining zulmlanishini qattiq inkor qiladi.

Lekin, Musulmonlar mavzusida, 11 sentyabr voqeasida, 1999 yildagi Rossiyada bo’lib o’tgan qonli sentyabr voqe’alari, 16 fevraldagi Toshkent voqe’alari, yaqinda bo’lib o’tgan Frantsiyadagi qo’poruvchilik amaliyoti va unga nisbatan Olandning va butun dunyoning munosabati… va hokazo, munosabatlar butunlay o’zgacha. Ular bir shaxs yoki guruh tomonidan olib borilayotgan ish harakatlar uchun, butun Musulmonlarga qarshi repressiya va qatog’on (tinch aholiga zarar etkazish yoki qo’rquvda ushlab turish) qila boshlashadi.

Oxirgi voqealarni hammamiz ko’rib turibmiz. Frantsiya, Parijdagi qo’poruv amaliyotlarining haqiqiy ijrochilari kim ekanini hatto sezib turib ham, hech qanday dalil yoki tergov olib bormay turib bu amaliyotni butun bir din vakillariga yuklab yubordi. Natijada, bu amaliyotdan foydalanib, o’ldirib yuborilgan bir necha odamlarning alamini, bir guruhga to’nkab, butun bir millatni qira boshladi. Shu ish to’g’ri bo’lishi mumkinmi?!

Yuqorida, militsiya genirali ham o’sha kofirlarning zulmlaridan o’rnak olib, ekstremist va terroristlarga qarshi targ’ibot ishlarini olib borayapti. Butun Qirg’iziston hukumati, Umurzakov singari propaganda ishlarini olib borishayapti. Ular, ekstremistik yoki terroristik fikrlarga qarshi kurash olib borishganlarida tushunsak bo’lar edi. Chunki bu fikrlarni inkor qilish, ularning yoki dunyo qonun qoidalariga muvofiq keladigan ish deb qabul qilinar edi. Lekin e’tibor berilishi lozim bo’lgan narsa, ular shaxslarni nazarda tutishayapti.

Etiborlisi shundaki, kufr olami o’z printsiplarini oyog’ osti qilib, qolgan etalanib yurgan zaif davlatlarni ham shu mafkura va qonunlarini buzushlariga ochiq chaqira boshladi. Bu sistemaning parchalanib borishi. Bu kapitalistik sistemaning, dunyoni boshqarishidagi o’zining demokratiya asosidagi mafkurasining asosi buzuq ekanligining yana bir dalili.

Bo’lmasa, qanday qilib bir necha shaxsning jinoyati uchun, boshqa hali u jinoyatni sodir etmagan boshqa insonlarni aybdor deb hukm qilish mumkin? Unday bo’lsa, nega Albanlarini qirgani uchun Serb millatini terrorist deb qaramadik. Nega Muslimalarni ko’chalarda ochiq otib yuborayotgani uchun Izroilni nega terroristlar deb hatto ayta olmaymiz. (antisimmist deb jazolashadi?)

Ular bizlarni bir necha bo’laklarga bo’lib yuborishmoqchi. Kufr va uning malaylari, Musulmonlarni har xil yolg’on atamalar bilan atab, ularning nomidan qo’poruv amaliyotlari yasashib, ichimizdan kuch organ xodimlarini kufrning xizmatchilari qilib tortib olishmoqchi. Kufr malaylari vositasida ular “takfir” kabi islomiy tushunchani noto’g’ri talqin qilib, organ xodimlarini Musulmonlarga qarshi nafratlantirmoqchi bo’lishdi. Endi Frantsiyadagi kofirlar uyushtirgan bir qator qo’poruv amaliyoti uchun, Qirg’iziston fuqorolarini javobga tortish haqida targ’ibot borayapti.

Organ xodimlariga

Islom dinida “takfir” yoki “qasos” kabi tushunchalar bor va ular islom davlati qaytishi bilan hayotda o’z o’rinlarida ishlay boshlashadi. Lekin bu ahkomlar ijrosi, kufr sizlarga tushuntirayotgani yoki kufr olami amalda “terrorizm, ekstremizm”ga qarshi ommatan, ya’ni bir millatni yoki bir guruhni barchasini o’sha atama bilan atab, ularni hammasini birato’la jazolab borishayotgani singari qilinmaydi. Bunga Ikrima ibn Hakam misol bo’la oladi. U abu Jahlning o’g’li edi. Xolid RA (sayfulloh) esa Valitning o’g’li bo’lgan. Ular otalarining eng iflos qilmishlari uchun hatto tanbeh ham olishgan emaslar. Islomda bu kabi misollar juda ko’p.

Lekin har bir odam o’z qilmishi uchun yoki bir shaxs ikkinchi bir shaxsga qarshi olib borgan zulmi uchun albatta jazolanadi. Agar bu zulmlarni qilgan inson Musulmon holida qilgan bo’lsa jazo kuchliroq bo’ladi. Bu jazo choralari albatta islomiy davlat ostida va shariy hukmlar asosida amalga oshirilishi shart.

Xotirjam bo’lishimiz lozim bo’lgan narsa shuki, Islom, birorta odamga zulm qilib, uni boshqa insonning qilmishi uchun jazolamaydi.

Lekin ehtiyot bo’lishimiz lozim bo’lgan ish ham bor. Biz zolimlarning qatorida turib, ularga sherik bo’lib qolishimiz mumkin. Masalar Musulmonlarga qarshi zulm yoki qalbaki amaliyotlar uyushtirilish guruhlarida ishtirok etish kabi.

Biz Hizb ut Tahrir a’zolari, ummatning har qanday qatlami vakillarini bo’linib ketishlariga qarshimiz. Biz ularni, kufrning nayranglaridan ehtiyot bo’lishga chaqiramiz. Bu nayranglar asosidagi propoganda ishlari, kufr sistemasi tomonidan Musulmonlarni ko’r ko’rona bir birlariga zulm qilishlari uchun sharoit va vaziyatlar paydo qilib olish uchun olib borilayapti. Musulmonlar, shularni anglagan holimizda, kufrning manfaatlarini hayotimizda amalga oshirib berishdan ehtiyot bo’laylik. Arzimas dunyo manfaatlari uchun, oxirat azobi ostida qolib ketishdan Ollohning o’zi asrasin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.