Aqso hurlari islomiy armiyalardagi Mo”tasimlarga hamon intizor!!

488
0
4563Falastin rejimiga qarashli sog’liqni saqlash vazirligi qilgan e’longa ko’ra, 2015 yil 3 oktyabrdagi «Quddus intifozasi», deya atalayotgan hodisadan to 9 noyabrga qadar shahid bo’lganlar 80 nafarga, jarohatlanganlar 6000 nafarga etgan. Ayni hisobotda bu shahidlarning to’rtdan biri ayollar va bolalarni tashkil etgani (17 nafar bola shahid bo’lgani) aytiladi.

Shahidalar orasida Bayon Asila, Doniya, Arshid va Rasho Uvaysiy ismli uch nafar qiz hamda uch nafar ayol bor. Ayollarning eng kattasi 72 yoshli Sarvat Sha’roviy edi. Yahudiy kuchlari bu shahida onamizni Xalilda 6 noyabr juma kuni kunduz paytida shafqatsizlarcha otib o’ldirishdi. Uning o’ldirishiga «mashinada bosib ketishga urindi», degan iddioni qilishdi.

Bu yahudiylar har qanday hadni oshib o’tishdi. Ular turli shubha va taxminlar bilan, yoshu qari, qizu yigit, erkagu ayolni ajratmay o’ldirishyapti. Hatto emizikli go’dak ham ularning jinoyatidan omon qolmadi: sakkiz oylik Ramazon Savobita yahudiylarning ko’zdan yosh oqizuvchi gazidan bo’g’ilib shahid bo’ldi. Bu go’dakning nima gunohi bor edi, bu onamiz nima jinoyat qilgandiki, uni shafqatsizlarcha 15ta o’q otib o’ldirishdi!? Nahotki, shular yahudiy davlatiga tahdid qilishgan bo’lsa!?

Bular hali yahudiy bosqinchilarning tahqirlash bilan tintuv qilish, to’siqlardan o’tkazmay qiynash, o’zboshimchalik bilan qamoqqa olish, quvg’in qilish, uylarni buzish, yopib qo’yish, qo’rqitish… kabi kechayu kunduz tinimsiz sodir etayotgan jinoyatlaridan tashqari.

Shahidlaru shahidalar va har kuni yordamga chaqirayotgan hurlar, bularning hammasi Islom Ummati zimmasidagi omonatdir. Shu bilan birga, Ummat hukmdorlari va rahbarlarining ham elkasidagi omonatdir. Bu hukmdorlar yahudiy davlati va uning kelgindi jinoyatchi to’dalari tomonidan Rosululloh Aning Isro eriga va ayollar, bolalar va qariyalarga qilinayotgan adovatlarni tomosha qilib turishibdi. Ammo Ummatning ayanchli ahvoli va asir masjidi uchun Mo”tasim mardligi, Xolid hamiyati, Sa’dning qizg’anishi, Salohiddinning yig’lashi… bu rahbarlarda yo’q!!

Ey qudrat va yordam ahli, ey islomiy armiyalar safidagi qo’mondonu zobitlar! Bu to’kilayotgan pokiza qonlar, berilayotgan jonlar, poymol etilayotgan nomuslaru muqaddas narsalar, vayron etilayotgan uylar… sizga uzoqlik qilyaptimi?! Allohga va uning mo’min bandalariga nusrat-yordam berishingiz vaqti kelmadimi?! Falastin va boshqa islomiy yurtlardagi bechorahol mo’minlar nolasiga quloq solishingiz vaqti kelmadimi?!

Biz Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qanoti bundan avval ham siz zobitlar, qo’mondonlar va askarlarga ko’p marta murojaat qilganmiz. Bugun esa sizga «Roshid Xalifalik Aqso xaloskori va uning hurlari himoyachisidir» nomli kampaniyamiz doirasida murojaat qilyapmiz. Bu kampaniyamizdan aqso masjidiga, uning ayollari, bolalari, keksalari va yoshlariga nusrat-yordam berishni maqsad qilganmiz. Zero, ular qaramlik va xorlik g’uborlarini egnilaridan qoqib tashlab, jinoyatkor malay hukmdorlar hukmronligidan ozod bo’lib, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bersalar. Chunki roshid Xalifalik nomuslar va muqaddas narsalar – avval muhofaza qilingani kabi – muhofaza qilinishining kafolatidir hamda yahudiylar davlati jinoyatlariga chek qo’yib, Falastinni Islom qo’yniga qaytarishga qodirdir. Bas, shunday ekan, qachon murojaatimizni qabul qilasiz?!

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ ۖ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to’planursizlar» [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.