Tablig’ ham taqiqlanish arafasidami?

696
0

Qirg’iziston prezidenti ham, hukumati ham Qirg’iziston “mustaqil davlat va siyosatini o’z manfaatlaridan kelib chiqib belgilashi”ni tez-tez qaytarib turishni xush ko’rishlariga qaramay, borgan sari Rossiya xohish istagidan chetga chiqa olmaydigan va qo’yilgan talablarni so’zsiz bajaradigan bo’lib bormoqda.

Prezident Atambaev “menga bosim o’tkazishni foydasi yo’q, men etarlicha toblanganman” degan bo’lishiga qaramay, Rossiya bosimi ostida Qirg’izistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkilotiga olib kirdi. Bu tashkilotga a’zolikning “foydasi” bugungi kunda o’z natijasini berib, Markaziy Osiyoda eng yirik ulgurji bozorlar bo’lgan “Do’rdoy” va “Qarasuv” bozorlaridagi savdo xajmi 70-80 foizga tushib ketgan bo’lsa, mahalliy un zavodlari, parandachilik sohasi inqiroz yoqasiga kelib qoldi… Bu Rossiya talabi bilan qo’yilgan qadamning iqtisod sohasidagi oddiygina ko’rinishi.

Diniy sohada esa Qirg’iziston aholisining qaryib 85 foizini musulmonlar tashkil etishiga qaramay maktablarda o’quvchi qizlarni ro’mol o’rashi, bolalarni esa juma namoziga borishi muammo sifatida ko’tarilmoqda. Chunki Rossiyada ham ayni masala ko’tarilgan va oliy sud qarori bilan muslima o’quvchi qizlarga maktabga ro’mol o’rab kelish taqiqlangan edi.

Islomiy tashkilot va jamoalar faoliyatini taqiqlash bo’yicha ham Qirg’iziston hukumati Rossiya bilan izma-iz bormoqda. 2003 yil fevral oyida Rossiya oliy sudi Hizb ut-Tahrir faoliyatini taqiqlagan bo’lsa, shu yilning oxiriga kelib Qirg’izistonda ham Hizb faoliyat taqiqlangan edi.

Bugunga kelib esa Rossiyada ekstremistik tashkilotlar ro’yxatiga kiritilgan va faoliyati taqiqlangan Tablig’ jamoasi ustida so’zlar paydo bo’lmoqda. Jamoat arbobi Anvarbek Tolomushev 11 noyabr kuni o’tkazgan matbuot anjumanida Diniy ishlar bo’yicha davlat qo’mitasi direktori O’rozbek Moldalievni muftiy lavozimi va o’rinbosarligiga Rossiya va qo’shni o’lkalarda faoliyati taqiqlangan Tablig’ jamoasi a’zolaridan tayinlayotganlikda ayblab, agar bunga e’tibor qaratilmasa, oqibati ayanchili bo’lish mumkinligi haqida ogohlantirib o’tdi.

Bunga javoban Din ishlari bo’yicha davlat qo’mitasi direktorining o’rinbosari Baqtibek Osmonov 13 noyabr kuni Qirg’iziston musulmonlari muftiysi Maqsat Toktomishevni Tablig’ jamoasiga aloqasi bor yoki yo’qligi tekshirilayotganini jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Hozircha Qirg’izistonda Tablig’ jamoasiga taqiq qo’yilmagan. Buni faqat sud xal qiladi. Muftiyning bu jamoaga aloqasi bor yoki yo’qligi o’tgan yili Mudofaa kengashining yig’lishida ko’rib chiqilgan, bu masala bo’yicha MXDQ, IIV va Din ishlari bo’yicha komissiya tekshiruv o’tkazib, xulosalarini chiqargan. Biroq hozircha bu xususida kengroq ma’lumot ayta olmayman. Barcha ma’lumotlar Bosh prokuraturaga jo’natildi”, – dedi Osmonov.

Biz avvallari ham Qirg’iziston hukumati Rossiya va g’arb davlatlari bosimi ostida muayyan islomiy harakatga qarshi emas, balki Islom dini va musulmonlarga qarshi kurashib kelayotganini aytib o’tgan edi. Buni bugun yana qayta aytamiz!

Kufr davlatlarining asl maqsadi Islom dinini hayotga qayta kelishiga yo’l qo’ymaslik bo’lgani uchun ham o’z nufuzi ostida bo’lgan hukumatlardan ham Islomni va uning ko’rinishlarini jamiyat ichidan surib chiqarishni talab qiladi va kerak bo’lsa bosim o’tkazadi. Agar bugun hukumat tomonidan boshlangan bu kurashni to’xtatib qolishga birgalikda qarshi turmaydigan bo’lsak, ertaga O’zbekiston, Tojikiston… va boshqa MDHga a’zo davlatlardagi musulmonlar boshidan kechirayotgan holatlar bizning boshga ham tushadi. Ana undan keyin masjidlarda bemalol ibodat qilish, saqlanishi vojib bo’lgan ayollarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimizni hijoblanib yurishlarini ko’rish orzu bo’lib qoladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.