Kerri: Besh yil ichida Tojikistonda elektr muammosi hal qilinadi

810
0

AQSh davlat kotibi Jon Kerri O’rta Osiyo safari doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonov bilan uchrashdi. Tojikiston davlat vazirligi binosida tashkil qilingan uchrashuvda Kerri va Rahmonov ikki davlat o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, tijoriy, ta’lim tarbiya va madaniy sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Xususan uchrashuvda xalqaro terrorizmga (Islomga) qarshi kurash va Afg’onistondagi o’zgarishlar xususida muhokamalar olib borildi.

Uchrashuvdan so’ng tashkil qilingan mushtarak matbuot anjumanida AQSh davlat kotibi Tojikistonning elektr energiyasi ta’minotida muammoga duch kelayotganidan va gidroelektro stantsisini qurish masalasida O’zbekiston bilan kelishmovchilik yuzaga kelganligidan xabardor ekanligini qayd etdi. Elektr energiyasi ta’minoti boradasida Raxmonov bilan boshqa variantlarni ko’rib chiqqanligini bildirgan Kerri bu muammo besh yil ichida amalga oshiriladigan loihalar orqali hal qilinishini bashorat qildi.

“Tojikistonda elektr muammosini hal qiladigan boshqa manbalar ustida muzokaralar o’tkazdik. Besh yil ichida amalga oshiriladigan loiha orqali Tojikistonning elektr energiyasiga bo’lgan talabi qondiriladi hamda Afg’onistonga elektr import qila boshlaydi”, dedi Jon Kerri.

Kerri AQShning Tojikiston bilan aloqalari Voshington hukumati uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Kerriga ko’ra buning asosiy sababi Tojikistonning Afg’onistonga qo’shni davlat bo’lganligidir.

Turkiston:

AQSh O’zbekistonni qo’lga olgan uslublar bilan Tojikistonni ham o’z qo’li ostiga olishni rejalayotganga o’xshaydi. Rahmonovning rejimi Islom va Musulmonlarga zulm qilishda Karimovning rejimiga etay deb qoldi. U ham Karimovdek g’arbni rozi qilib olmasa, g’arb matbuot mashinasi unga qarshi ishlay boshlaydi. Natijada Rahmonovni rejimi va oila a’zolari bilan bir chetga surib, o’z mamalakatidan chiqa olmaydigan qamal holatiga olib kelib qo’yishlari mumkin. Karimovga e’tibor bering, qizlari Yevropada O’zbek millatining ko’z yoshlari va peshona teri bilan topilgan pullarni be’malol sochib yurishipti. Kerri hatto Karimovning oldida inson huquqlari haqida og’iz ocha olmadi.

Kerri Karimovni rozi qilish uchun Rahmonovni aldamoqda. U Tojik millati uchun o’ta muhim bo’lgan Rog’un GYeSini qurilishini davom ettirishiga rozilik bera olmaydi. Lekin Rahmonovni o’ziga og’dirish maqsadida balki AES qurib berishi mumkinligiga ishora qilayotgandir. Bu kuruq va’da, uzoq muddatli orzu bo’lib qolsa ham, Rahmonovni Rog’un Gesini qurib bitirish va ishga tushirish masalasidagi mag’lubiyatini yashirishi mumkin. Tojikistonni esa Afg’oniston infrastrukturasini rostlashda va energetika xom ashyolari bilan yordam berishda o’z maqsadlari sari yo’naltirmoqchi. Bu yordam ko’rsatish amaliyoti Tojikiston uchun Afg’onistonda bufer zonasini yaratishida yordam bo’lishi mumkin, deb Kerri Rahmonovni aldamoqchi bo’ladi. Xuddi O’zbekistonni hamon aldab kelayotganidek.

Xulosa qilib aytamizki, mustamlakachi davlatlarning barchasi faqat o’zlarining manfaatlari asosida bizlarga yordam berishayotgandek ko’rinishadi. Ularning yordamlari esa, faqat o’zlariga malaylik qilishga va’da bergan etakchilarimizni hokimiyatda turish muddatini uzoqroqqa surish asosida olib boriladi.

Ulardan umidlarimizni mutloq uzishimiz lozim. Chunki bu kufr sistemasi bundan boshqa asosda ishlay olmaydi. Bu esa, bu sistemaga hatto Mursiy singari olamiy islomiy partiya rahbarlarini olib kelib, o’tirg’azib qo’yganimizda ham, sistema uni o’z ra’yiga tortib ketadi. U ham ularning biriga aylanib qolaveradi. Buni Misr tarixidan ko’rdik.

Shuning uchun biz – Musulmonlar kufr sistemasi ustiga islomiy shaxslarni yurtlarimizga etakchi qilib olib kelish bilan dunyoni yoki mamlakatni isloh qilish tariqatlaridan voz kechishimiz kerak. Balki kufr sistemasini o’zgartirish uchun Islom sistemasini o’rnatish orqali dunyoni isloh qilish maqsadida harakat olib borishimiz vojib. Ollohning nusratini ham xuddi mana shu Payg’ambarimizning davlat tiklashdagi tariqat asosidagi mabdaiy harakatlarimizga berilishiga ishonishimiz va amalda uni harakatlarimiz asosi qilib olishimiz kerak. Aks holda “kerrilar” bizni aldayverishadi. Biz shu “kerrilar”ning sistemasi ichida ularning to’rlik qopqonlariga tushgan baliqlardek samarasiz pitirlayveramiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.