Musulmon, zolim rahbarlarni la’natlasa bo’ladimi

726
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Musulmon, zolim rahbarlarni la’natlasa bo’ladimi

Agar rahbar la’natga loyiq bo’lsa, uni la’natlash joiz, lekin undan uzoq bo’lgan ma’qul. Chunki biz har bir ishimizga ham, gap-so’zlarimizga ham javob beramiz. Alloh Taolo aytadi:

إِذْ تَلَقَّوْنَهُ بِأَلْسِنَتِكُمْ وَتَقُولُونَ بِأَفْوَاهِكُمْ مَا لَيْسَ لَكُمْ بِهِ عِلْمٌ وَتَحْسَبُونَهُ هَيِّنًا وَهُوَ عِنْدَ اللَّهِ عَظِيمٌ

“O’shanda sizlar uni tildan tilga olib, og’izlaringiz bilan o’zlaringiz aniq bilmagan narsani so’ylar va buni engil ish deb uylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug’ (gunohdir)”. [24:15]

Abu Hurayra(r.a) Payg’ambarimiz(s.a.v)dan rivoyat qiladi: “kimiki egalarini iznisiz bir qavmga sayyid bo’lib olsa, unga Allohning, farishtalarning va insonlarning; hammalarining la’nati bo’lsin. Ulardan qiyomat kuni adolati ham, tasarruflari ham qabul qilinmaydi”. Abu Dovud rivoyati.

Payg’ambarimiz(s.a.v) dedi: “Ular Robbilariga yolg’on to’qidilar. Ogoh bo’linki, zolimlarga Allohning la’nati bo’lsin”. Termiziy rivoyati.

Yazid ibn Abu Sufyon aytadi: meni Abu Bakr(r.a.) Shomga yuborganda shunday dedi: ey Yazid, albatta, seni qarindoshchiliging bor, ehtimol ularga amir tayinlashingda ta’sir qilar. Bu narsa sen uchun qo’rqayotgan narsalarimning eng kattasidir. Chunki Rosululloh(s.a.v) “kimiki musulmonlarning ishidan biror narsaga ega bo’lib, ularga shu olgan narsasini e’tiborga olib, birortasini amir qilsa, bas unga Allohning la’nati bo’lsin. Alloh undan adolatini ham, tasarrufini ham qabul qilmaydi, hatto uni jahannamga dohil qiladi. Kimgaki Allohnng himoyasidagi joyi berilsa, nohaqdan undagi narsadan biror narsani barbod qilsa, unga Allohning la’nati bo’lsin yoki Alloh Azza va Jalla undan o’z zimmasini olib qo’yadi” – degan. Imom Ahmad rivoyati.

Abu Musabbeh al-Himsiydan Rosululloh(s.a.v) ashoblarining ichida o’tirib aytgan so’zini rivoyat qilinadi: “albatta bir kishi yaxshiliklardan falon-falon ishlarni qiladi va albata u munofiqdir.” Shunda ashoblari; qanday munofiq bo’lsin, vaholanki u sizga iymon keltirgan?- deb so’rashdi. “u imomlarni(ya’ni rahbarlarni) la’natlaydi va ularga la’nat o’qiydi”– dedi. Tabaroniy rivoyati.

Abu Dardodan rivoyat qilinadi: “la’natlovchi shahid bo’lmaydi va Qiyomat kuni shafoatchi ham bo’lmaydi”. Ibni Hibbon rivoyati. Ibni Abbos(r.a)dan rivoyat qilinadi: bir kishi shamolni la’natlaganda, “shamolni la’natlama, chunki u buyurilgan. Kimki nohaqdan biror narsani la’natlasa, bu la’nat o’ziga qaytadi”. Ibni Hibbon rivoyati.

La’natga haqli bo’lgan insonlarni la’natlagan hujjatlar bo’lsa-da, biz amirlarimizni la’natlash o’rniga ularni muhosaba va amri ma’ruf, nahi munkar qilishimiz kerak. Chunki amri ma’ruf va nahi munkar har bir voqe’likka aloqador shar’iy hukmni bilib, unga rioya qilmayotgan musulmonlarga nisbatan, hatto amirlarga nisbatan ham qo’llanadi va ularni haqqa burilishga majbur qiladi. Ammo noshar’iy ishlarga rozi bo’lib, shu holda davom etishimiz, sukut saqlashimiz Alloh Taoloning la’natiga va g’azabiga duchor bo’lishimizga, ular sababli Alloh Taolo ommaviy azob yuborishiga va kecha-yu, kunduz qilayotgan duolarimizni qabul bo’lmasligiga sabab bo’ladi, Alloh saqlasin. Zotan, Rasululloh(s.a.v) Abu Mas’ud(r.a)dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki: «Bani Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo’liqqan paytda: «Ey falonchi, Allohdan qo’rqqin va bu qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas», der edi. So’ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o’sha holatda ko’rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga eb-ichishdan, birga o’tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba’zilarining qalblarini ba’zilari bilan urdi». So’ngra Rasululloh(s.a.v) ushbu oyatni tilovat qildilar: “Bani Isroildan kofir bo’lgan kimsalar Dovud va Iso binni Maryam tilida la’natlangandir. Ularning la’natlanishiga sabab qilgan isyonlari va tajovuzkor bo’lishganidir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko’plari kofir bo’lgan kimsalarni do’st tutganlarini ko’rasiz. Ularga havoyi nafslari naqadar yomon narsani – Allohning g’azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qoluvchidirlar. Agar Allohga, Payg’ambariga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni do’st tutmagan bo’lur edilar. Lekin ulardan ko’plari itoatsiz kimsalardir“. [5:78-81] So’ngra shunday dedilar:«Yo’q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo’lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa mahkam bog’lab qo’yasizlar. Yoki albatta Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, so’ngra ularni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi».

Abu Said al-Xudriy(r.a)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Sizlardan kimingiz munkarni ko’rsa, uni qo’li bilan qaytarsin. Qodir bo’lmasa tili bilan, bunga ham yaramasa, dili bilan o’zgartirsin. Bu iymonning eng zaifidir».

Adiy ibn Umayr(r.a)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Albatta Olloh xos odamlarning amali tufayli ommani azoblaydi. To ular o’z oralarida munkarni ko’rsalar, ularni inkor etishga qodir bo’la turib inkor etmasalar, shunda Olloh xosni ham, ommani ham bir hil azoblaydi».

Xuzayfa ibn Yaman(r.a)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Jonim Uning qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, albatta sizlar ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar yoki Olloh sizlarga O’zi tomonidan azob yuboradi. Shundan so’ng sizlar Unga duo qilasizlar, U esa ijobat etmaydi».

Ushbu hadislarning barchalari amri ma’ruf, nahi munkarning vojibligiga dalolat qiladi. Bular hokimni ham amri ma’ruf, nahi munkar etish vojibligiga dalolat etadi. Darhaqiqat, Rasululloh(s.a.v) hokimning hato ishlarini inkor etishga amr etdilar va bu inkorni qodir bo’lgan har qanday vosita bilan – qilich ko’tarish darajasiga bormaslik shartiga ko’ra qo’l bilan, mutlaqo til bilan ya’ni har qanday so’zlar bilan va agar qo’l va tildan ojiz bo’lsa, qalb bilan inkor etishi(tabassum bilan qarshi olish emas, balki loaqal undan hafaligini, uning ishlariga rozi emasligini ko’rsatishi)ni vojib qildi. Kim inkor qilmasa, gunohda hokimga sherik dedi. Chunki, aytdilarki, bas kim hokimlar qilayotgan ishlarga rozi bo’lsa, ularga ergashsa, gunohdan pok ham, salomat ham bo’lmaydi. Shuning uchun u farz. Munkar bor ekanmi, demakki zimmamizda asosi ham turibdi. Musulmonlarning ishi zimmasida bo’lgan “imom”(ya’ni rahbar)ni amri ma’ruf va nahi munkar qilish esa, amri ma’ruf va nahi munkarning, hatto shar’iy hukmlarning “toji”dir. Chunki bu ishni Allohga tavakkul qilgan haqiqiy “rijol”largina qilishi mumkin. Zero bunda Ummatning orasida munkarlar yo’q bo’lishiga, ishlarini tartibga tushishiga va taraqqiyot etishiga, hamda o’zining olam oldidagi vazifasini chiroyli ado qilishga kafolat bor. Shuning uchun Alloh Taolo bunday mo’minga eng buyuk mukofotni va’da qilyapdi.

Rasululloh(s.a.v) dedilar: “Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttalib va jabr-zulm qiluvchi imomga qarshi chiqib, uni yaxshilikka buyurgani va yomonlikdan qaytargani uchun imom uni o’ldirgan kishidir”.

Islom Ummatini yaxshi ummat bo’lishidagi asosiy sifati ham iymon bilan birga amru-ma’ruf va nahiy-munkardir. Bu sifat bizda yo’qolishi, fosiqlarni qo’limiz bilan munkarlarini to’xtatish yoki ularni munkarlaridan to’xtatadigan gaplarni gapirish, loaqal qalbdan yomon ko’rish o’rniga, ko’rishganda quchoqlashib ko’rshiib, qalblarimizning to’risidan joy berishimiz oqibatida xor bo’ldik. La’nati yahudlardan farqimiz qolmayapdi. Alloh Taolo aytadi:

 كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ

“(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo’ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz”. [3:110]

Alloh Taolo dedi:

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ وَيَكُونَ الرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًا

“Shuningdek (ya’ni haq yo’lga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo’lishingiz va payg’ambar sizlarning ustingizda guvoh bo’lishi uchun o’rta (adolatli) bir millat qildik”. [2:143]

Ozgina fikr qil, boshqa yaqinlaringa etkazish seni zimmangda! Bilganimcha etkazdimmi?! Allohim O’zing shohid bo’l.

Muttaqiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.