Erdug’onning Rossiyaga qarshiligi

745
0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on 23 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Putin bilan Moskvadagi qayta ta’mirlangan masjidning ochilish marosimida ishtirok etdi. Undan so’ngra Suriya masalasida Turkiya, Rossiya va Amerika davlatlari o’rtasida mushtarak guruh tashkil qilish borasida hamfikr ekanliklari bildirildi.

Erdug’on Rossiyadan qaytgandan so’ng “Bu erda Asadsiz jarayonning davom etishi yoki o’tish davri Asad bilan davom etishi mumkin”, deya gapni aylantirdi. Manyovr qilish uchun boshqa bayonotlaridagi kabi aniq-tiniq gapirmadi. To’g’risini aytganda, Erdug’on “Muvaqqat hukumat tarkibida bundan buyon Asad ham bo’lishi mumkin”, demoqchi edi.

“Adolat va taraqqiyot” partiyasi vakillaridan biri Yasin Aktay esa “Hatto Assadning qo’li insonlarning qoniga belangan bo’lsa ham Turkiya unga imkoniyat bermoqda”, deya Suriya masalasida o’zlarining qanday qarashga ega ekanliklarini isbotlashga harakat qildi.

BMT bosh assambleyasida esa Obama-Putin uchrashuvi ortidan soxta qarshilik ko’rsatish bilan birga hamkorlikda harakat olib borishga kelishib olindi. Buning ortidan Rossiya kemalari Turkiyadagi bo’g’ozlardan tez-tez o’ta boshladi. Uzunligi 112,5 metr bo’lgan Rus harbiy kemasi Chanaqqala bo’g’ozidan o’tganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Birinchi oktyabrda esa Rossiya hujumni boshladi va bu haqida AQShga ma’lumot berdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar oqibatida Hama, Hums va Halabda hozirgacha bir qancha tinch fuqarolar halok bo’ldi.

Buning ortidan AQSh va ayrim G’arb davlatlari og’zaki “qayg’uda” ekanliklarini izhor qilishdi. Erdug’on esa “Putinga qo’ng’iroq qilaman”, “Rossiyaning Suriya bilan chegaradosh eri bor ekanmi?”, “Ularda qancha qochqin bor? Bizda ikki million”, “Modomiyki do’st o’lakalar ekanmiz, bu borada tashlagan qadamlarini, qilayotgan ishlarini qayta ko’zdan kechirib chiqishlarini talab qilaman”, deya Rossiyaning hujumlariga qarshilik bildirdi.

Bundan avval Turkiyani ham o’z ichiga olgan koalitsiya tarkibidagi AQSh, Frantsiya, Britaniya kabi davlatlarning qaysi biri Suriya bilan chegaradosh?! Birortasi ham Suriya bilan chegaradosh emas. Shunday ekan, AQSh boshchiligidagi koalitsiya bir yil ichida minglagan musulmonni qatl etar ekan, nima uchun Erdug’on biror marta bo’lsa ham ovozini chiqarmadi.

Erdug’on Rossiyaning uzoq vaqtdan buyon qotil Asadni dastaklab kelayotganini bilmasmidi? Qurol yaroq yuklangan Rossiyaning kemalari Turkiya bo’g’ozlaridan o’tayotganini va bu borada AQSh-Rossiya o’rtasida kelishuv borligini bilmasmidi? Albatta hammasini bilardi.

Bularning barchasidan xabardor bo’lishiga qaramay, Putin haqida gapirganda uni “do’stim” deya atadi va ayni paytda Rossiya bilan har qanday aloqalar davom etayotgan edi. Uch kun avval qadah urishtirib nishonlangan bitimga berilgan qarshiliklar esa soxta qarshilik ko’rsatish uchundir xolos.

Suriya muxolifati AQShning rejasiga rozi bo’lishi uchun Rossiyaning hujumlariga ko’z yumilmoqda. Ya’ni bu ishlar muvaqqat hukumat tarkibida Asad ham ishtirok etishiga muxolifatni rozi qilish uchun amalga oshirilmoqda.

Erdug’on ichki siyosatda amalga oshirgani kabi, tashqi siyosatda ham aybni boshqaga yuklamoqchi bo’lyapti. Aslida bularning hammasi xalqaro tizimning bir bo’lagi va o’ziga berilgan rolni bajarmoqda.

Suriyada besh yildan buyon qatliom davom etib kelmoqda. Hech kim amalga oshirilayotgan jinoyatlar mas’uliyatini bo’yniga ham olmayapti, yordam ham bermayapti.

Islom ummati barchangizning asl basharasini ko’rdi. Hech narsani yashira olmaysiz. Bu jinoyatlarda barchangiz sheriksiz. Osman Yulduz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.