Musulmonlar qachon mustaqil bo‘lishadi?

18
0

Musulmonlar qachon mustaqil bo‘lishadi?

Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Markaziy Osiyoda bir qancha milliy davlatlar vujudga keldi. 1991 yil 31 avgust kuni o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Qirg‘iziston ham shular jumlasidan.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, musulmonlar 1924 yilda Xalifalik davlati qulashi bilan haqiqiy mustaqilligini yo‘qotdi. Angliya va Fransiya arab o‘lkalarini va Afrika davlatlarini Xalifalik davlatidan ajratib olish va mustamlaka qilish uchun «mustaqillik» shiorini ko‘tarishdi, ayniqsa, arabchilik, turkiylik kabi millatchilik zaharlarini keng tarqatishdi. Shunday qilib, milliy davlatlar vujudga kela boshladi.

Undan so‘ng Birinchi jahon urushi yuz berib, uning ortidan xalifalik davlati qulatildi. Mustamlakachi davlatlar o‘zlari bosib olgan yerlardan qanoat qilmay, ikkinchi jahon urushini boshlashdi. Ushbu Ikkinchi Jahon urushi ortidan dunyoni boshqarishga intilgan Amerika «mustaqillik» tashabbusini ilgari surdi. «Mustaqillik» atamasi AQSH tomonidan boshqa davlatlarning mustamlakalarini egallab olish uchun o‘ylab topilgan loyiha edi. Chunki, Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro maydonda yetakchilikni qo‘liga olgan Amerika boshqa davlatlarning mustamlakalariga ko‘z olaytira boshlagan edi. Natijada dekolonizatsiya (mustamlakadan qutulish) harakatlari boshlanib, 1947 yilda Hindiston “mustaqillik”ka erishdi. Aniqrog‘i, AQSH “mustaqillik” shiori ostida Hindistondagi qo‘zg‘olonlarni qo‘llab-quvvatlay boshlaganida, Britaniya Hindiston va Pokistonga sun’iy mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. Bu mintaqada AQSH va Britaniya o‘rtasidagi «mustaqillik» uchun kurash bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Aniqrog‘i, Britaniya Hindistondagi “Hindiston milliy kongressi” partiyasi orqali, Amerika esa “Hindiston xalq partiyasi” orqali “mustaqillik” shiorini ko‘tarib kelmoqda. AQSH Pokistonni Britaniyadan butunlay tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. Dekolonizatsiya jarayoni har bir mintaqada eski va yangi mustamlakachilar orasida shu tarzda davom etdi. 1960 yillarda «dekolonizatsiya» BMT tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlandi va rag‘batlantirildi. BMT o‘sha yilda “Mustamlaka qilingan mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risida deklaratsiya” qabul qildi. 1961 yilda AQSH prezidenti Kennedi va SSSR rahbari Xrushchev Venada mustamlakalarni o‘zaro taqsimlab olish haqida kelishib olishdi. Natijada, “mustaqillik” kurashlari orqali AQSH va SSSR uchun Angliya, Fransiya va boshqa mustamlakachi davlatlarning mustamlakalariga kirib borishga yo‘l ochildi. Shuningdek, ular ham o‘zlariga tobe mustamlaka davlatlarda o‘z ta’sirini saqlab qolishga va yangi mustamlakachilarni kiritmaslikka harakat qilishdi. Masalan, Angliya “Xalqlar Hamdo‘stligi” tashkiloti orqali mamlakatlarni o‘z qo‘lida saqlab qolishga harakat qildi. Fransiya «Fransuz hamjamiyati» tashkiloti orqali harakat qildi. Sovet ittifoqi qulaganidan keyin uning o‘rnini egallagan Rossiya MDH tashkiloti orqali o‘z ta’sirini saqlab qolishga harakat qildi. Biroq, u o‘z mustamlakalarini to‘liq ushlab qololmadi va uning ta’siri torayishda davom etdi. Keyin u harbiy jihatdan ODKB tashkilotini va iqtisodiy jihatdan YEOII tashkilotini tuzdi. Uning qo‘l ostidagi mustamlaka davlatlar boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lganligi va bu bilan boshqa mustamlakachi davlatlarning ularga kirib kelish yo‘li ochilganligi sababli uning ta’siri yanada kamayib bormoqda.

Hozirda Qirg‘izistonda eski mustamlakachi Rossiyaning ta’siri hukmron bo‘lsa-da, AQSH bizning ichki ishlarimizga aralasha oladigan darajada kirib keldi. Xususan, u axborot sohasida, kadrlar tayyorlashda qator muvaffaqiyatlarga erishdi. “Uzengu-Kuush”ni qo‘lga kiritish bilan neokolonizatorligini boshlagan Xitoy esa, bugungi kunga kelib, Qirg‘izistonda asosiy qarz beruvchi va investor sifatida katta iqtisodiy ta’sirga ega bo‘ldi. “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li” kabi strategik loyihalarning boshlanishi uning ta’sirini yanada oshirmoqda. Qimmatbaho metallar va xomashyoning ahamiyati ortib borgani sari Yevropa ham Markaziy Osiyoning mineral resurslariga qiziqishi ortib, yangi-yangi strategiyalar bilan mintaqaga kirib kelishga harakat qilmoqda.

Demak, 31 avgust Qirg‘iziston xalqi uchun mustaqillik kuni emas, balki yangi mustamlakachilik, to‘g‘rirog‘i, mustamlakachilar mamlakatimiz ustidan nufuz talashish uchun kurash boshlagan kundir. Zero, mustaqillikning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan yuqorida tilga olingan mustamlakachilarga qaramlik hali ham davom etib kelmoqda.

Shunday ekan, biz uchun eng avvalo musulmon xalq sifatida mustamlakachilikdan qutulish yo‘li Islomda ekanligini anglab yetishimiz zarurdir. Buning uchun keling, barchamiz Islomni birgalikda o‘rganib, unga amal qilishga shoshilaylik. Shunda biz 1924 yilda qo‘ldan boy bergan mustaqilligimizni o‘z qo‘llarimiz bilan qaytarib olish sharafiga muyassar bo‘lamiz. Buning uchun Islomiy o‘lkalar sun’iy chegaralarni tan olmasdan va milliy «suveren» davlatlarga aldanmasdan harakat qilishimiz lozim. O‘zaro ixtiloflarimizni bir chetga surib, musulmonlar sifatida birlashish vaqti keldi. Mana shunda G‘azo, Sharqiy Turkiston, Rohingya, Sudan va boshqa mazlum hududlarni yolg‘iz tashlab qo‘ygan rahbarlarni muhosaba qila olamiz. Mana shunda biz uning ortida turib jang qilinadigan va u bilan himoyalaniladigan Xalifalik davlatini barpo etish orqali haqiqiy mustaqillikka erishamiz.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.