Har kim o‘ziga tegishli shar’iy hukmlarga amal qilishi lozim
O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari aprel oyidan buyon reydlar o‘tkazib, jamoat joylarida niqob kiyib yurgan 22 nafar muslimaga Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan 20 ming somdan jarima soldi. Bundan tashqari, 140 nafar opa-singillarimiz ogohlantirildi.
Bundan avval Jalolobod shahar ichki ishlar boshqarmasi ham yetti nafar muslimaga 20 ming somdan jarima solgan edi.
Shu o‘rinda Islom dinimiz har bir musulmonga o‘z sohasi bo‘yicha yuklagan shar’iy hukmlarni tilga olib o‘tish zarurdir.
Birinchidan, davlat rahbarlari Islomiy qadriyatlarni cheklash o‘rniga, unga keng sharoit yaratib berishlari, kufr hukmlari bilan emas, shar’iy hukmlar bilan boshqarlarishi lozim. Alloh Taolo aytadi:
وَأَنِ احْكُم بَيْنَهُم بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَن بَعْضٍ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِن تَوَلَّوْا فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعْضٍ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيراً مِّنَ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ
“(Ey Muhammad), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling! Agar (Sizning hukmingizdan) yuz o‘girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat yetkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan ko‘plari itoatsizdirlar. Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?!” (5: 49-50).
Ikkinchidan, shariat niqobga qarshi qonunni ijro qilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga ham amal qilishi lozim bo‘lgan hukmlarni belgilab bergan. Unga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari muslimalarni shariatga muvofiq harakat qilishdan to‘sib, ularni jarimaga tortmasliklari, aksincha, o‘z rahbarlarining hukmlaridan shariat hukmlarini ustun qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:
﴿اتَّبِعُوا مَا أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءَ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ﴾
“(Ey insonlar), sizlarga Parvardigoringizdan nozil qilingan narsaga (Kitobga) ergashingiz, undan o‘zga «do‘stlarga» ergashmangiz! Kamdan-kam pand-nasihat olursizlar”. [7:3]. Yana aytadi:
إِنْ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ
“Hukm yolg‘iz Allohning izmidadir”. [12:67].
Musulmonlarning yo‘lini yorituvchi ulamolar esa, hukumatning noto‘g‘ri ishlarini ochiqlab, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashlari lozim. Chunki Alloh Taolo ularning jamiyatdagi mavqeini alohida qayd etgan:
﴿قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ﴾
“Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar”. (39:9).
Payg‘ambarimiz ﷺ bunday dedilar:
«صِنْفَانِ مِنَ النِّاسِ إِذَا صَلَحَا صَلَحَ النَّاسُ وَإِذَا فَسَدَا فَسَدَ النَّاسُ: الْعُلَمَاءُ وَالأُمَرَاءُ»
“Ikki toifa odamlar borki, agar ular tuzalsa insonlar ham tuzaladi, agar ular buzilsa insonlar ham buziladi: olimlar va amirlar”. (Abu Nuaym “Xila”da Ibn Abbosdan rivoyat qilgan, Suyutiy esa “Jomi us-Sag‘ir”da keltirgan).
Zulmni to‘xtatish va zulmga uchraganlar uchun adolatni ta’minlash birinchi navbatda ulamolarning vazifasidir. Payg‘ambarimiz ﷺ bunday dedilar:
سيِّدُ الشُّهداءِ حمزةُ بنُ عبدِ المطَّلبِ ، ورجلٌ قام إلى إمامٍ جائرٍ فأمره ونهاه فقتله
“Shahidlar sayyidi – Hamza ibn Abdulmuttolib va zolim hokimga qarshi turib, uni (ma’rufga) buyurib, (munkardan) qaytargan, natijada o‘sha zolim hokim tomonidan qatl qilingan kishidir”. (Hokim, Bayhaqiy). Yana bir hadisi sharifda:
أَفْضَلُ الْجِهَادِ كَلِمَةُ حَقٍّ عِنْدَ سُلْطَانٍ جَائِرٍ
«Eng afzal jihod zolim hukmdor huzurida aytilgan haq so‘zdir», dedilar (Abu Dovud, Tirmiziy).
Afsuski, yuqoridagi toifalar niqobni ta’qiqlovchi qonun qabul qilinishiga qarshi turishda ojizlik qilishdi. Shunday ekan, asosiy vazifa Qirg‘izston musulmonlari zimmasiga tushadi. Ya’ni, biz musulmonlar nomusimiz bo‘lgan har bir ishda huquq-tartibot idoralari xodimlarini va hukumat vakillarini yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishimiz shart. Hatto qonun bahonasida muslima ayollarni jarimaga tortayotgan amaldorlar bilan ham qarindosh-urug‘chilik, qo‘shnichilik munosabatlarini uzib, ularni bu illatdan qaytarishimiz lozim. Chunki Rasululloh ﷺ aytdilar: “Banu Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo‘liqqan paytda: Ey falonchi, Allohdan qo‘rqqin va bu qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas, – der edi. So‘ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o‘sha holatda ko‘rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga yeb-ichishdan, birga o‘tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba’zilarining qalblarini ba’zilari bilan urdi”. So‘ngra Rosululloh ﷺ ushbu oyatni tilovat qildilar:
لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ -78, كَانُوا لَا يَتَنَاهَوْنَ عَنْ مُنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ -79, تَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَنْ سَخِطَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِي الْعَذَابِ هُمْ خَالِدُونَ -80, وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالنَّبِيِّ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاءَ وَلَكِنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ فَاسِقُونَ-81,
“Banu Isroildan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilida la’natlangandir. Ularning la’natlanishiga sabab qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lishganidir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st tutganlarini ko‘rasiz. Ularga havoyi nafslari naqadar yomon narsani – Allohning g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qoluvchidirlar. Agar Allohga, Payg‘ambariga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz kimsalardir”. [5:78-81].
So‘ngra shunday dedilar: “Yo‘q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo‘lidan ushlab, uni majburan haqqa bo‘ysundirib, haqqa cheklab qo‘yasizlar. Yoki Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, so‘ngra ularni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi”.
Shuning uchun, hukumat va huquq-tartibot idoralari xodimlarini yomonlikdan qaytarishdan hech qachon to‘xtamasligimiz lozim. Chunki biz ijtihodga ergashib niqob kiyganlarga, Islomiy fikrga ergashuvchilar sifatida qaraymiz. Demak, bu mujtahidlar o‘rtasidagi bahs mavzusi bo‘lib, Islomiy qadriyat sifatida uni kufr qonunlari tomonidan oyoq osti qilinishidan asrash barcha musulmonlarning burchidir!
Mumtoz Mavronahriy