بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Butun insoniyat uchun Islomni tatbiq etishdan boshqa najot yo‘li yo‘q
Albatta, insoniyat uchun payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islomni tatbiq etishdan boshqa najot yo‘q. Zero, Xalifalik iqtisodiy muammolarga sog‘lom va adolatli nazar bilan yondashib, ularga to‘g‘ri yechim topa oladi. U o‘z siyosatini inson ehtiyojlari cheklangan, ammo resurslar — shu jumladan oziq-ovqatlar — cheklanmagan, degan asosga qurgan holda amalga oshiradi. Alloh taolo aytadi:
﴿وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِيَ مِن فَوۡقِهَا وَبَٰرَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَآ أَقۡوَٰتَهَا فِيٓ أَرۡبَعَةِ أَيَّامٖ سَوَآءٗ لِّلسَّآئِلِينَ﴾
«U zot (Yerning) ustida tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (yer)da uning yemishlarini (ya’ni yer ahlining rizqu ro‘zlarini) to‘la to‘rt kunda belgilab-taqsimladi. (Bu tafsilot) so‘raguvchilar uchundir» [Fussilat 10]
Shu tariqa, Xalifalik mulk va boyliklarni adolatli taqsimlaydi: mol-mulk faqat boylar qo‘lida qolmaydi, zaxira qilib monopoliya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, har bir haq egasiga haqqi ado etiladi. Bepoyon yerlarga ham faqat boylar egalik qilmaydi, balki uni tiriltirgan shaxsga beriladi va davlat uning tiriltirishi uchun yordam ko‘rsatadi. Zero, Payg‘ambar ﷺ shunday deganlar:
«مَنْ أَحْيَا أَرْضًا مَوَاتًا فَهِيَ لَهُ»
«Kim o‘lik yerni tiriltirsa, u yer unga tegishlidir».
Islomiy muolajalar iqtisodiy inqirozlarning yagona, to‘g‘ri va muvaffaqiyatli yechimi bo‘libgina qolmay, balki inson fitratiga — uning ojizligi va tadbirkor Yaratuvchiga muhtojligiga ham to‘la mos keladi. Bugun butun insoniyat kapitalizmning kulfatlari va ochko‘zligidan qutqaruvchi najotkorni intizorlik bilan kutmoqda.
Xalifalik adolat bilan hukm yuritib, insoniyat muammolarini hal etishda eng go‘zal va muvaffaqiyatli namuna bo‘lgan. Xalifalardan biri hatto «Musulmonlar yurtida biron qush och qoldi, deyilmasligi uchun tog‘ tepalariga don sochinglar», deb amr etgan edi. Shuningdek, Foruq (roziyallohu anhu) Ramoda yilida qahatchilik yuz berganda, kechalari juda kam uxlar edi. Odamlar to‘ymagunlaricha, och qolganlarning ilk, to‘yganlarning oxirgisi o‘zi bo‘lar edi. Usmoniy xalifalar esa sarson qushlar uchun maxsus vaqf tashkil etib, ularga uya qurish va ozuqa bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yganlar. Agar Xalifalik davlatining qushlarga qilgan g‘amxo‘rligi shu darajada bo‘lgan bo‘lsa, insonlarga qanday marhamat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatganini tasavvur etish qiyin emas!
Roya gazetasining 2025 yil 27 avgust, chorshanba kungi 562-sonidan