Suverenitet qo‘ldan ketgan…

62
0

Matbuot bayonoti

Suverenitet qo‘ldan ketgan…

Partiyalar esa mansab uchun o‘zaro jiqqamusht bo‘lib, tortishish bilan ovora

Ummatga g‘amxo‘rlik qilish esa ularning xayoliga ham kelmayapti

Hokimiyat partiyalari shu yil 11 noyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan saylovlarda ishtirok etish va ularda g‘alaba qozonish uchun kurashga tayyorgarlik bilan ovora bo‘lib turgan bir paytda, 2025 yil 22 avgust, juma kuni tongda maxsus tuzilmalar tank va zirhli texnika bilan Sulaymaniya shahri markazidagi «Lolazor» mehmonxonasini o‘rab, unga hujum boshladi. «Jabhatush Sha’b» partiyasi raisi Lohur Toliboniyni qo‘lga olishga qaratilgan ushbu maxsus operatsiyada ikki tomon o‘rtasida bir necha soat davom etgan qattiq qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Bir tomonda terrorizmga qarshi kuchlar, «kommandos» maxsus qo‘shinlari va Kurd Milliy Ittifoqiga qarashli «Osoyish» xavfsizlik bo‘linmalari bo‘lsa, ikkinchi tomonda Lohur Toliboniyning qo‘riqchilari turdi. Oxir-oqibat Lohur Toliboniy va uning ukasi Po‘lat qo‘lga olindi. To‘qnashuv oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar ham bo‘ldi.

Bu maxsus operatsiya birinchi marta amalga oshirilgani yo‘q, undan avval ham shunga o‘xshash harakatlar kuzatilgan. Jumladan, 2025 yil 12 avgust kuni «Osoyish» xavfsizlik kuchlari muxolifatchi Liberal Fuqarolik oqimining taniqli yetakchilarini hibsga oldi. Ular orasida eng ko‘zga ko‘ringani — «Yangi avlod» harakati rahbari Shosuvor Abdulloh edi. Shu bilan bir vaqtda, Sulaymaniya sudi tomonidan «xavfsizlikni buzish» degan bahona bilan hibsga olish orderlari chiqarilishi ortidan bunday amaliyotlar tobora ko‘payib, boshqa fuqarolik arboblariga ham yo‘naltirildi.

Sulaymaniyada yuz bergan voqealar butun Iroq bo‘ylab ham takrorlanmoqda. Buning asosiy sababi mansab talashish va bir-biri bilan to‘qnashishdan boshqa narsa emas. Harom boylikka o‘rganib qolgan rahbarlar mamlakat resurslarini shaxsiy manfaatlari yo‘lida sovurmoqdalar. Buning uchun ular raqiblarni zaiflashtirish, neytrallashtirish, chetlatish, hatto yo‘q qilishgacha borishmoqda. Shu bois har kuni saylovdan chetlatilgan nomzodlar ro‘yxatlari e’lon qilinmoqda va bunga «Baasni yo‘qotish qonuni», korrupsiya ishlari yoki turli bahonalar ro‘kach qilinmoqda. Abdulg‘aniy Asadiy ishi bunga yorqin misoldir. U Zi Qor viloyati hokimi, Milliy xavfsizlik xizmati rahbari va terrorizmga qarshi kuchlar qo‘mondoni vazifasida ham xizmat qilgan. Savol tug‘iladi: Asadiy barcha shu lavozimlarda bo‘lgan paytda bu qonun qayerda edi?!

Buning barchasi Iroq tartibsizlik, qo‘rquv va xavotir ichida yashab turgan bir paytda yuz bermoqda. Ular da’vo qilayotgan «suverenitet» esa Amerika aralashuvi va tahdidlari orqali musodara qilinmoqda. Bu harakatlar «Muvofiqlashuv ramkasi» kuchlari qo‘llab-quvvatlayotgan «Hashd» qonuniga ovoz berishni to‘xtatib qolish maqsadida amalga oshirilmoqda. Aslida, ushbu kuchlar parlamentda ko‘pchilikka ega bo‘lgani sababli qonunga ovoz berishga qodir, ammo hanuz uni qabul qilishga jur’at etolmayapti. Aksincha, ular o‘z tarafdorlarining his-tuyg‘ularidan foydalanib, javobgarlikni muxolifat zimmasiga ag‘darishga urinmoqda. Shu bilan birga, axborot manbalarida deputat Hodiy Salamiyning bayonoti tarqatildi. U o‘z bayonotida quyidagilarni ta’kidladi: «Hashdush Sha’biy qonuni loyihasi «Muvofiqlashuv ramkasi» yig‘ilishidan so‘ng qaytarib olindi. Bosh vazir yig‘ilish qaroriga amal qildi, ammo qonun hozirgacha qayta kiritilmadi. Loyiha birinchi va ikkinchi o‘qishdan o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, «Muvofiqlashuv ramkasi» rahbarlari uni qabul qilishda aniq iroda namoyon etmayapti. Buning asosiy sababi esa lavozimlar uchun kechayotgan ixtiloflardir».

Ey Iroqdagi musulmonlar!

2003 yilgi AQSH bosqinidan beri yurtda navbatma-navbat hukmronlik qilgan barcha hukumatlar suverenitetdan ham, xalqqa g‘amxo‘rlikdan ham butunlay voz kechdilar. Ular bosqinchiga xizmat qilish, hokimiyat uchun tortishish hamda yurtning boylik va resurslarini talon-toroj qilish bilan ovora bo‘ldilar. Bu yo‘lda ular har qanday past va arzongarov vositalardan ham qaytmadilar. Natijada, xalq uchun na izzat qoldi va na najot. Najot yo‘li esa faqat shu nopokliklarni ildizi bilan qo‘porib tashlash, yurtni ulardan tozalash, bosqinchi Amerika o‘rnatgan chirik tuzumni bartaraf etish va uning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishdan iboratdir.

Ana shu izzat va sharafli hayot sari sizlarni o‘z ahlini aldamaydigan yetakchi Hizb ut-Tahrir da’vat etmoqda. Bas, Robbingizning amriga itoat eting.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡۖ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَقَلۡبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qiling va bilingki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursiz»                                                                               [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Iroq viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.