«Respublika» ag‘darilishi Xalifalik barpo etilishiga olib bormagan bo‘lsa, u holda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikka o‘tish bosqichi bo‘lishi lozim

5
0

Matbuot bayonoti

«Respublika» ag‘darilishi Xalifalik barpo etilishiga olib bormagan bo‘lsa, u holda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikka o‘tish bosqichi bo‘lishi lozim

Afg‘onistondagi respublika boshqaruvining qulashi yigirma birinchi asrda Afg‘oniston xalqi va umuman, Islom Ummati uchun eng muhim hal qiluvchi voqealardan biri hisoblanadi. Bu tuzum nafaqat islomiy aqidaga asoslanmagan, balki yangi mustamlakachilik rejasining mahsuli sifatida chetdan olib kirilgan, shuningdek, fasod, tobelik va zulmni institutsional asosda mustahkamlash uchun barpo etilgandir. Shu sababdan, u paydo bo‘lgan kundanoq islomiy mohiyatdan begona va Islom qiymatlariga zid bo‘lgani uchun, uning qulashi tabiiy va muqarrar natijaga aylandi.

Afg‘onistonda majburan joriy etilgan respublika tuzumi tabiatan tog‘utlik va muvaffaqiyatsizlik namunasi bo‘ldi. U Islom shariatiga zid boshqaruv bo‘lgani sababli oxir-oqibat ag‘darildi. Bu, albatta, musulmonlarning qarshiligi, mujohidlarning ixlosli kurashi va da’vat tashuvchilarning uyg‘onishi orqali amalga oshdi. Biz musulmon afg‘on xalqini, ixlosli mujohidlarni, haq da’vatchilarini va butun Islom Ummatini ushbu tarixiy hamda muborak burilish munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Bu voqeani hal qiluvchi tub o‘zgarish, uyg‘onish va islomiy hukmronlikka qaytish nuqtasi deb hisoblaymiz.

Shunday bo‘lsa-da, respublika va demokratiyani faqat nom yoki tizim ag‘darilishi bilan yo‘qolib ketadigan ramzlar va ko‘rinishlar to‘plami deb qarab bo‘lmaydi. Aksincha, bu ikkisi ichki boshqaruv va tashqi siyosatning muayyan tamoyillari asosida idora qilinadigan asosiy siyosiy tuzum hisoblanadi. Shu bois respublika boshqaruvi quladi, deyilayotgan bo‘lsa-da, uning fikriy asoslari – siyosiy muassasalari, qonunlari, siyosatlari va dunyoqarashi – hanuz katta ko‘lamda butunligicha saqlanib turibdi.

Bugungi kunda afg‘onistonlik hukmdorlar ba’zan mahalliy an’analardan ta’sirlanayotgan bo‘lsalar-da, afsuski, ular siyosiy realizm, kapitalistik pragmatizm va qabilaviy millatchilikka asoslangan asosiy unsurlarni qabul qilishda hamon davom etmoqdalar. Bu esa o‘rnini egalladik, deb da’vo qilayotgan eski respublika modeliga xos belgilardir. Bunga «milliy manfaat»ga doimiy urg‘u berishlari va dunyoviy jahon tartibi bilan kelishishga intilishlari yaqqol misol bo‘ladi. Shu sababli faqat rahbariyatni almashtirish yoki izdan chiqqan ma’muriy apparatni tarqatish respublika tuzumining butunlay yo‘q bo‘lishini anglatmaydi. Afg‘onistonning eng dolzarb va surunkali muammolaridan biri hukumatlarning beqarorligidir. To‘g‘ri, xorijiy aralashuv ma’lum rol o‘ynagan bo‘lsa-da, asosiy va chuqurroq muammo hukmdorlar bilan xalq o‘rtasida haqiqiy va uzviy bog‘lanishning yo‘qligidir. Birin-ketin kelgan rejimlar xalq bilan mushtarak shaxsiyat qurishda yoki keng xalqchil legitimlikni ta’minlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shu bois bu rejimlarning ichki parokandalik yoki tashqi bosim orqali qulashi mutlaqo hayratlanarli holat emas.

Agar hozirgi tuzum haqiqiy barqarorlik va doimiy qonuniylikka erishishni istasa, siyosiy hokimiyatning manbai Islom Ummatidan kelib chiqishini anglamog‘i darkor. Jamiyat hayotida islomiy yechimlarni qaror toptirib, ichki va tashqi siyosatda faqat Islomga amal qilishi lozim. Zero, islomiy dunyoqarashga ko‘ra, hokimiyat o‘z kuchini Islom jamiyatidan oladi, xalqaro tuzumning chaqiriqlari yoki uning muassasalaridan emas. Chunki Islomda qonuniylik xalqaro e’tirof bilan emas, balki mo‘minlardan olingan shar’iy bay’at orqali ta’minlanadi.

Shuning uchun Islomda boshqaruvning asosi islomiy aqida, islomiy siyosat va islomiy risolatga tayanishi kerak. Ushbu risolat hukmdorni millatchilik, iqtisodiy manfaat va betaraflik-loqaydlik kishanlaridan ozod qiladi hamda unga Islom hukmronligini e’lon qilish, shuningdek, uni da’vat va jihod orqali mustahkamlash vazifasini yuklaydi.

Va nihoyat, ta’kidlash lozimki, hozirgi Afg‘oniston hukmdorlari Alloh Taolo tomonidan yuklatilgan katta bir sinov-imtihon oldida turibdilar. Siyosiy o‘zgarish va hokimiyatni qo‘lga kiritgandan keyin, ular uchun avvalo Alloh Taologa shukr qilish lozim edi. Shukr esa faqat og‘izda aytilgan so‘z bilan emas, balki Islomni to‘liq va har tomonlama tatbiq etish orqali ifoda etiladi. Bu esa sun’iy milliy davlat chegaralaridan tashqarida ham jihodni davom ettirishni, islomiy bo‘lmagan barcha qiymatlar, g‘oyalar va tuzumlarni ildizi bilan qo‘porib tashlashni, shuningdek, Xalifalikni qayta barpo etish va uning amaliy hukmronligini darhol o‘rnatish uchun zamin tayyorlashni qamrab oladi. Biroq afg‘on hukmdorlari o‘z pozitsiyalarini sekulyar xalqaro tuzum ishtirokchilari sifatida qayta belgilash yo‘lini tanlasalar, mustamlakachi davlatlar va ularning tashkilotlari tomonidan e’tirof etilish uchun harakat qilsalar, oralarida jihod ruhi so‘nib ketsa yoki Islomni tanlab-tanlab va qisman tatbiq qilsalar, u holda Alloh taoloning ushbu ogohlantiruvi yaqinda amalga oshishi muqarrardir.

﴿وَإِن تَتَوَلَّوۡاْ يَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓاْ أَمۡثَٰلَكُم﴾

«Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangizlar, U zot (o‘rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga toat-ibodat qilurlar)!»                                                                                              [Muhammad 38]

Hizb ut-Tahrirning

Afg‘oniston viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.