Netanyaxuning «Buyuk Isroil» haqidagi bayonotlari urush e’lonidir

7
0

Matbuot bayonoti

Netanyaxuning «Buyuk Isroil» haqidagi bayonotlari urush e’lonidir

Bu e’londan so‘ng mavjud barcha kelishuvlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va qo‘shinlar harakatga kelishi shart bo‘ladi

Boshqa yo‘lni tanlash esa xiyonatdir

Mana, urush jinoyatchisi Netanyaxu urush e’lon qildi. Uning ibroniy tilda efirga uzatiluvchi «i24news» telekanaliga bergan bayonoti shu darajada ochiq-oydin bo‘ldiki, hech qanday izohga hojat qolmadi. Netanyaxuning quyidagi gaplari arab hukmdorlarining qo‘rqoqligini yana bir bor fosh qildi: «Men avlodlar missiyasini yetkazyapman hamda tarixiy va ma’naviy vakolat bilan harakat qilyapman. Men «Buyuk Isroil» g‘oyasiga qattiq ishonaman. Bu g‘oya tarkibiga tarixiy Falastin bilan birga Iordaniya va Misrning ayrim hududlari ham kiradi». Undan avval jinoyatchi Smotrich ham shunga o‘xshash bayonot berib, hatto Falastin atrofidagi arab davlatlaridan, jumladan Iordaniya hududlarini o‘z ichiga oluvchi rejani ochiq bayon qilgan edi. Shu nuqtayi nazardan, Islom va musulmonlarning birinchi raqamli dushmani bo‘lmish AQSH prezidenti Tramp ham quyidagi bayonoti bilan yahudiy vujudining bosqinchiligini yanada kengaytirishiga ochiqdan-ochiq «yashil chiroq» yoqib berdi: «Isroil ulkan yer hududlari bilan taqqoslaganda juda kichik bir nuqta, xolos. Men uning yana ko‘proq yerga ega bo‘lishi mumkinmasmikin, deb o‘ylab qoldim. Chunki u haqiqatda juda kichik».

Bu bayonot yahudiy vujudi G‘azo sektoriga bosqinchilik niyatini e’lon qilganidan so‘ng yangradi. Shu bilan birga, Knesset G‘arbiy sohilni o‘z ichiga qo‘shish va kelgindi yahudiylarning yangi turarjoylarini kengaytirish haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa, «ikki davlatli yechim» g‘oyasi amalda mutlaqo barbod etildi. Bugun esa Smotrich «E1» hududida yirik turarjoy qurish rejasi haqida bayonot berib, Falastin davlati barpo etilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ochiqdan-ochiq gapirdi. Bu esa har qanday Falastin davlatiga oid umidlarni mutlaqo yo‘qqa chiqarmoqda.

Shunday ekan, bu bayonotlar urush e’lonidir. Agar mustamlakachi G‘arbning yordami va musulmon hukmdorlarining xiyonati orqali tashkil topib, kengayib kelayotgan bu jirkanch vujud rahbarlariga jazosini berib, ularning takabburlarini sindiradigan va uzluksiz jinoyatlariga chek qo‘yadigan kishilar topilganida, yahudiylar hech qachon bunday jur’at qila olmas edilar.

Endi hech qanday bayonotning ham zarurati yo‘q, chunki yahudiy vujudining siyosiy basharasi kundek ravshan bo‘ldi. Uning Falastinda to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali barchaning ko‘z o‘ngida, amalga oshirilayotgan tajovuzlari, shuningdek, Falastin atrofidagi Iordaniya, Misr va Suriya kabi musulmon diyorlaridan ma’lum hududlarni bosib olish bilan tahdid qilishlari va uning jinoyatchi rahbarlarining bayonotlari jiddiy xavf-xatarni ochiqdan-ochiq ko‘rsatmoqda. Bu xavf-xatarni yahudiy hukumatidagi mutaassib a’zolar qo‘llab kelayotgan behuda iddao deb ham, yoki uning krizisdagi ahvolini aks ettiruvchi oddiy gap sifatida ham qabul qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, Iordaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilganidek, mamlakat yana odatdagidek faqat qoralash bilan cheklandi. Qatar, Misr va Saudiya kabi ayrim arab davlatlari ham shu yo‘lni tutdi.

Yahudiy vujudining tahdidlari, hatto uning G‘azoda amalga oshirayotgan qirg‘in urushi, G‘arbiy sohilni anneksiya qilishi va kengayish niyatlari Iordaniya, Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya va Livan hukmdorlariga ham, shuningdek, bu mamlakatlar xalqlariga ham qaratilgandir. Biroq hukmdorlarga kelsak, Ummat ularning eng yuqori reaksiyalari qoralash, keskin norozilik bildirish va «xalqaro tuzum»ga murojaat qilib yolvorishdan iborat ekanini allaqachon ko‘rib bo‘ldi. Ular mintaqa uchun Amerika tuzib bergan bitimlarga to‘liq moslashib olmoqdalar, garchi AQSH va Yevropa yahudiy vujudi bilan birgalikda Falastin ahliga qarshi urushida sheriklik qilib kelayotgan bo‘lsa ham. Ular G‘arbga bo‘ysunishdan boshqa narsaga qodir emaslar: hatto G‘azoda bitta bolaga bir qultum suvni ham yahudiy vujudi iznisiz kirita olmayaptilar.

Xalqlar yahudiy vujudining bu tahdidlarini Iordaniya va boshqa arab davlatlari tashqi ishlar idoralari zarur bo‘lgan haqiqiy va amaliy javobdan bo‘yin tovlash maqsadida da’vo qilayotganidek «bema’ni xayol» emas, balki haqiqiy xavf sifatida his qilmoqdalar. Shu bilan birga, G‘azoda bu vujudning vahshiy mohiyatini yaqqol ko‘rib turibdilar. Shu bois, mazkur xalqlarning – ayniqsa ular orasidagi kuch-qudrat sohiblari, xususan armiyalarning – yahudiy vujudi tahdidlariga javob qaytarish masalasida sukut saqlashiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zotan, armiyalarning asl mandati – o‘z bosh shtablari ta’kidlaganidek – mamlakat suverenitetini himoya qilishdir. Ayniqsa, hukmdorlari yurtni ishg‘ol qilish bilan tahdid qilayotgan dushmanlar bilan til biriktirayotganini ko‘rgan paytlarida, buni ado etishlari albatta zarurdir. To‘g‘rirog‘i, armiyalar 22 oy avvaldanoq G‘azodagi birodarlariga nusrat berib, amaliy yordam ko‘rsatishlari shart edi.

Yahudiy vujudi tahdidlariga qarshi harakatlar va qabilalarning ommaviy chiqishlari shov-shuvi to‘xtagunicha bir oz davom etyapti, ammo tez orada so‘nib ketmoqda. Ayniqsa, ular tashqi ishlar idoralarining soxta qoralash bayonotlari va rejimni qo‘llab-quvvatlashi bilan uyg‘unlashib ketganda, umuman samarasiz bo‘lib qolmoqda. Agar rejimni amaliy tarzda to‘xtatadigan qat’iy choralar ko‘rilmasa – ya’ni dushmanni o‘z yurtida kutib o‘tirmay, balki uning ustidan borib, uni hamda xalq bilan o‘rtani to‘sib turgan to‘siqlarni yo‘q qilmasa – bu nutqlar hech qanday samara bermaydi. Alloh taolo bunday degan:

﴿وَإِمَّا تَخَافَنَّ مِن قَوۡمٍ خِيَانَةٗ فَٱنۢبِذۡ إِلَيۡهِمۡ عَلَىٰ سَوَآءٍۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡخَآئِنِينَ﴾

«Agar (o‘rtalaringizda ahd-paymon bo‘lgan) biron qavm tarafidan xiyonatni sezsangiz, ularga (qilgan ahd-paymonlarini) bab-barobar qilib tashlang. Albatta, Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas»                           [Anfol 58]

Shu bois, yahudiy vujudi va uning tahdidlariga qarshi turishni da’vo qilayotgan har qanday kimsa, hech bo‘lmaganda rejimni xiyonatkor «Vodiy Araba» bitimini bekor qilishga majbur etsin hamda bosqinchi vujud bilan bog‘liq barcha munosabat va kelishuvlarni mutlaqo uzsin. Agar bundan bosh tortsalar, Alloh va Rosuli ﷺga va barcha musulmonlarga xoin bo‘ladilar. Nima bo‘lganda ham, musulmonlar masalalarining asosiy yechimi – Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Islom davlatini barpo etishdir. Chunki bu faqat islomiy hayotni qayta boshlash uchun emas, balki mustamlakachilar va ularga hamkor bo‘luvchilarga barham berish uchun ham zarur.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ بِطَانَةٗ مِّن دُونِكُمۡ لَا يَأۡلُونَكُمۡ خَبَالٗا وَدُّواْ مَا عَنِتُّمۡ قَدۡ بَدَتِ ٱلۡبَغۡضَآءُ مِنۡ أَفۡوَٰهِهِمۡ وَمَا تُخۡفِي صُدُورُهُمۡ أَكۡبَرُۚ قَدۡ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِۖ إِن كُنتُمۡ تَعۡقِلُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgizsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik»

                                                                                           [Oli Imron 118]

Hizb ut-Tahrirning

Iordaniya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.