Islomiy tashkilotlarga qarshi Amerika qatag‘on kampaniyasining avj olishi

5
0

Matbuot bayonoti

Islomiy tashkilotlarga qarshi Amerika qatag‘on kampaniyasining avj olishi

Yaqinda AQSH davlat kotibi Marko Rubio radio boshlovchi Sid Rozenbergga bergan intervyusida Ixvonul Muslimin tashkiloti hamda Amerika Islomiy Aloqalar Kengashi (CAIR)ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish jarayoni ketayotganini ta’kidladi. Marko Rubio «Bu ish hozirda tayyorgarlik bosqichida. Chunki Ixvonul Muslimin tashkilotining turli tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning har biri alohida tarzda tasniflanishi talab etiladi», dedi.

Marko Rubio bunday tasnifotlar sud da’volari oldida barqaror turishi uchun qonuniy asoslar zarurligini tan oldi. Biroq, ayni paytda shu narsa ochiq ko‘rinib turibdiki, xorijiy va mahalliy ayrim islomiy guruhlarni AQSH milliy xavfsizligiga tahdid yoki uning tashqi siyosatdagi raqibi sifatida ko‘rsatish harakati tobora kuchayib bormoqda. Bundan oldinroq Oq uy matbuot kotibasi Kerolayn Livitt bergan bayonot ham bu jarayonni tasdiqlaydi. U Mahmud Xalilning nishonga olinishini AQSH tashqi siyosati va milliy xavfsizlik manfaatlariga dushmanona munosabatda bo‘lgani bilan izohlagan edi.

O‘nlab yillardan beri «terrorizmga qarshi kurash» va «milliy xavfsizlikni ta’minlash» niqobi ostida Amerikadagi musulmonlar josus, jinoyatchi yoki terrorist sifatida ko‘rsatilib, turli tahdid va bosimlarga duchor etilmoqda. AQSHda Demokratlar ma’muriyati davrida bo‘ladimi yoki Respublikachilar ma’muriyati davridami, hech farqsiz, Islomga qarshi dushmanona bayonotlar berilishi natijasida Amerika musulmonlari diasporasiga nisbatan nafrat jinoyatlari kuchayib bordi.

Bu jarayon faqatgina Ixvonul Muslimin yoki «CAIR» bilan cheklanib qolmaydi. U bir vaqtning o‘zida barcha islomiy tashkilotlarga, jumladan, musulmonlar diasporasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Islomiy tashkilotlarni – ayniqsa musulmonlar masalalari yoki islomiy boshqaruvni himoya qiluvchi tuzilmalarni – siyosiy sabablar bilan nishonga olish holatiga Islomga qarshi adovatning keng qamrovli yo‘nalishidan ayri holda qarash mumkin emas.

Rosululloh ﷺ va u kishining as’hoblari (roziyallohu anhum) Makkai Mukarramada xuddi shunday siyosiy taqiqlar, badarg‘a va qoralash kampaniyalariga duchor bo‘lganlar. Bu ta’qiblar ular zo‘ravonlikni qo‘llaganlari uchun emas, balki Islomga da’vat qilganlari sababli yuz bergan.

Islom bizga dinimizni himoya qilish, haq so‘zni barcha holatda aytish va Ummat manfaati yo‘lida jamoaviy ravishda uyushish vazifasini yuklaydi. Amerikadagi musulmonlar sifatida bizning zimmamizdagi vazifamiz haq yo‘lida sobitqadam turish, ovozlarimizni birlashtirish, bir-birimizni himoya qilish va qo‘rqitish siyosatini qat’iyat bilan rad etishdan iboratdir. Zero, bu siyosatdan ovozimizni o‘chirish hamda dinimizni jonsiz holatga keltirish ko‘zlangan. Alloh Taolo bizga

﴿إِنَّمَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ إِخۡوَةٞ﴾

«Albatta, mo‘minlar og‘a-inidirlar»                                        [Hujurot 10]

deya eslatgan. Shuningdek,

﴿وَٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَٱلۡمُؤۡمِنَٰتُ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضٖۚ يَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَيَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤۡتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَيُطِيعُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓۚ أُوْلَٰٓئِكَ سَيَرۡحَمُهُمُ ٱللَّهُۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٞ﴾

«Mo‘min  va  mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular ma’rufga buyuradilar, munkardan to‘xtatadilar, namozni to‘kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, Alloh va Uning payg‘ambariga  itoat qiladilar. Ana o‘shalarga Alloh rahm qilur. Shak-shubhasiz, Alloh qudratli, hikmatlidir»                                                                               [Tavba 71]

Biz, Hizb ut-Tahrir a’zolari, barcha islomiy tashkilotlarni bir-birini himoya qilishga da’vat etamiz. Chunki bu masala faqatgina bir tashkilotning taqiqlanishi bilan cheklanib qolmaydi. Masala – Amerikadagi islomiy shaxsiyatimizni asrab-avaylash va himoya qilishdadir.

Hizb ut-Tahrirning Amerikadagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.