Iqtisod soliq va to‘lovlarni ko‘paytirish bilan emas, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan rivojlanadi

4
0

Iqtisod soliq va to‘lovlarni ko‘paytirish bilan emas, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan rivojlanadi

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi 22 avgustdan boshlab avtomobilda odam tashuvchilar va taksi haydovchilari uchun litsenziya olish majburiy bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Yangi talabga ko‘ra, shaharlararo va viloyatlararo yo‘nalishlarda faqat litsenziyaga ega taksilar faoliyat yuritishi mumkin. 22 avgustdan e’tiboran taksichilik xizmatlari uchun litsenziyalar berila boshlaydi. Yo‘l haqi jismoniy shaxslar uchun 500 som, yuridik shaxslar uchun 1000 somni tashkil etadi. Tegishli ruxsatnomasiz taksichilik bilan shug‘ullangan haydovchilarga 7,5 ming som, yuridik shaxslarga esa 23 ming som miqdorida jarima solinadi. Shuningdek, ruli o‘ng tarafda bo‘lgan avtomobillarga taksichilik qilish taqiqlanadi va 22 avgustdan boshlab reydlar boshlanadi.

Bundan tashqari, 1 sentyabrdan boshlab OSAGO polisini olish majburiyligi to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi va avtomobilini sug‘urta qilmagan haydovchilar 3000 som miqdorida jarimaga tortiladi.

Ma’lumki, Qirg‘iziston budjetining 75 foizi soliqlar va maxsus to‘lovlar hisobidan qoplanadi. Hukumat “o‘sayapti”, deb maqtanayotgan yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi esa, asosan inflyatsiya va mamlakat boyliklarini o‘g‘irlab ketayotgan kapitalistlar mablag‘lari hisobiga o‘sib bormoqda. Qurilish ishlari tashqi qarzlar va “Qusturizatsiya”dan tushgan mablag‘lar hisobiga olib borilayotgan bo‘lsa, yo‘llarimiz har bir litr yoqilg‘i uchun aholidan undirilanayotgan soliqlar hisobiga qurilmoqda.

Yuqorida aytib o‘tilgan to‘lovlar oddiy xalq cho‘ntagiga og‘ir yuk bo‘lib, shundoq ham qimmatchilikdan aziyat chekayotgan xalqning yana-da ezilishiga sabab bo‘lmoqda.

Aslida, davlat iqtisodi ishlab chiqarishning og‘ir sanoatga asoslanishi va pul nizomining faqat oltin-kumush nizomiga tayanishi bilan rivojlanadi. Kuchli sanoat yaratish uchun harbiy sanoatga e’tibor qaratish zarur. Masalan, AQSH va Xitoy dunyodagi sanoat derjavalaridir, chunki ularning ishlab chiqarishi harbiy sanoatga asoslangan. AQSH rivojlangan «stels» samolyotlar, yuqori darajadagi kompyuterlar va kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaradi. Germaniya va Yaponiya Ikkinchi jahon urushi ortidan belgilangan harbiy ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha bugungi kundagi ilg‘or avtomobil, zirhli transport vositalari va reaktiv dvigatellar sanoatiga erishdi. Harbiy va kosmik texnologiyalar iste’moli tovarlarda va qo‘shimcha mahsulotlarda ko‘plab innovatsiyalarning manbai hisoblanadi. Masalan, uy va elektr jihozlari, telefon texnologiyalaridan foydalanish, maishiy texnikani boshqarish uchun internet tizimlaridan foydalanish, bularning barchasi harbiy va kosmik sanoatdan kelgan texnologik yutuqlardir. Soliqlar va to‘lovlar esa, rivojlanish o‘rniga aholi faoliyatini cheklaydi va ularning shaxsiy ehtiyojlarini ham qondira olmaydigan holatga tushirib qo‘yadi.

Bundan tashqari, Islomda pul nizomining oltin-kumush nizomiga tayanishi mahalliy valyutani barqaror qiladi va bugungi kunda bo‘layotgani kabi inflyatsiyaning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday nizomga ega bo‘lgan davlat mustamlakachilikning quroli bo‘lmish xalqaro moliya tashkilotlariga ham, tashqi qarzlarga ham muhtoj bo‘lmaydi. Shunday ekan, qirg‘iz jamiyati Islom dinini faqat yakka shaxslarga tegishli muammolarni hal qiluvchi din sifatida emas, balki bugungi kundagi soliqxo‘r, ochko‘z kapitalistik tuzumga muqobil bo‘la oladigan va jamiyat farovonligini kafolatlaydigan mafkura sifatida o‘rganishi kerak. Islomda foydali qazilmalar va davlatning asosiy xizmatlari umumiy mulk hisoblanadi va uni xususiylashtirishga yo‘l berilmaydi. Ulardan tushgan daromad Ummat manfaati uchun taqsimlanadi. Ribo va monopoliya taqiqlanib, boylik oz sonli qatlam qo‘lida to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ummatning boyligi dunyoning boylariga xizmat qilish uchun emas, balki musulmonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanadi.

Islom oddiy xalqdan har xil turdagi soliq va to‘lovlar undirishni taqiqlaydi. Aksincha, boylardan zakot yig‘ib, shariatda belgilangan o‘rinlar sarflanishini ta’minlaydi. Mana shuning o‘zi qarzga hech qanday ehtiyoj qoldirmay, Ummatning asosiy ehtiyojlarini qoplaydi. Shunday ekan, hozirgi zolim tuzumdan qutulib, Islom hukmlari bilan hayot kechirishga va uni boshqaruvning barcha jabhalarida tatbiq qilishga harakat qilishimiz lozim.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.