Matbuot bayonoti
Avstraliyaning Falastinni shartli ravishda tan olishi mazlumlar uchun g‘alaba emas, balki yahudiy vujudiga genotsidi uchun berilgan mukofotdir
Bosh vazir Entoni Albaniz Avstraliyaning Falastin davlatini rasman tan olishga tayyorligini bildirdi. Qarorni qabul qilishdan oldin u Mahmud Abbos va Binyamin Netanyaxu bilan shaxsan telefon orqali muloqot qilib, go‘yo o‘nlab yillar davom etgan jinoyatlar uchun mas’ul jinoyatkorlardan oldindan rozilik olishga urindi.
Yaqindagi bayonotida Albaniz Falastin davlatini rasman tan olish quyidagi shartlarga bog‘liqligini ta’kidladi: bosqinchilikni ham e’tirof etish bilan birga Falastinni tan olish; yakuniy chegaralarni rasman qabul qilish; kelgusi Falastin davlatini to‘liq qurolsizlantirish; Hamas hamda shu kabi barcha qarshilik harakatlariga butunlay barham berish.
Avstraliya hukumatining bu taklifi shubhasiz yahudiy vujudini sodir etgan genotsidi uchun mukofotlashdan boshqa narsa emas. Taklif etilayotgan «Falastin davlati» esa o‘zini himoya qilish qobiliyatidan mahrum, ishg‘ol etilgan yerlaridan voz kechishga majbur, rahbarni tanlashda G‘arb davlatlari vasiyligi ostida qolgan va yovuz, jinoyatkor vujud bilan munosabatlarni normallashtirishdan o‘zga chorasi qolmagan g‘ovak, soxta «davlat» bo‘ladi, xolos.
Shuningdek, bu adolat mezonlari emas, aksincha, ikki yilga yaqin vaqtdan beri davom etayotgan genotsiddan so‘ng yahudiy vujudi va AQSH ko‘zlayotgan maqsadlarning aynan o‘zidir. Shu tariqa Avstraliya bosqinchi vujud jangovar yo‘l bilan amalga oshira olmagan ishni Falastin ma’muriyatining diplomatik taslimiyati orqali ta’minlashga yordam bermoqchi. Ular genotsid kaltagidan keyin «Falastin davlati» degan ertak orqali aldash bilan maqsadlariga erishish umidida.
Eng g‘alati tomoni shundaki, Avstraliya Falastin davlatini tan olish niyatini e’lon qilar ekan, falastinliklarning o‘zini tan olishni istamayapti. Avstraliya hukumatining insoniylikdan voz kechish va jabrlanuvchini ayblashga asoslangan bugungi siyosati falastinliklarning azob-uqubatlariga ko‘z yumdi, bosqinchining jinoyatlarini esa mutlaqo jazosiz qoldirdi. Avstraliya Falastinni tan olishga faqat falastinliklarning ko‘pchiligi o‘ldirilgan yoki qochqinga aylantirilganidan keyin, ya’ni tan olinishi mumkin bo‘lgan hech narsa qolmagan paytdagina harakat qildi.
Butun dunyo haqiqatan ham dahshatda. Zero bosqinchi vujud hozir Falastinda «so‘nggi yechim»ni amalga oshirish arafasida turibdi. Avstraliya esa jinoyatdagi hamkorligini go‘yo yashirish uchun shoshilinch qadamlar tashlamoqda. Ammo bu faqat o‘z aybini yanada fosh etmoqda. Sionist-G‘arbiy ittifoq butun dunyo oldida fosh bo‘ldi, hech qanday nutq yoki ramziy ishora uning haqiqiy, jirkanch basharasini yashira olmaydi.
Hizb ut-Tahrirning Avstraliyadagi
matbuot bo‘limi