Yahudiy vujudini halokatdan na Bogota bayonnomasi, na Nyu-York bayonnomasi qutqara oladi!

7
0

Matbuot bayonoti

Yahudiy vujudini halokatdan na Bogota bayonnomasi, na Nyu-York bayonnomasi qutqara oladi!

G‘azoda qirg‘in va ochlik siyosati butun vahshiyligi bilan dunyo hamjamiyatining ko‘z o‘ngida davom etayotgan bir paytda, Turkiya mamlakat ichida kuchayib borayotgan jamoatchilik noroziliklariga faqat rasmiy va yuzaki choralar bilan javob berib kelmoqda. U 15–16 iyul kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida Gaaga guruhi tayyorlagan bayonnomaga dastlab imzo chekmadi. Ammo e’tirozlar kuchayganidan so‘ng, Turkiya tashqi ishlar vazirligi mazkur bayonnomani 20 sentyabrgacha imzolash mumkinligini ma’lum qildi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan BMTning dengiz huquqi konvensiyasiga nisbatan ayrim e’tirozlar borligini ta’kidladi. Biroq, Turkiya bayonnomaga – ayrim e’tirozlar bilan bo‘lsa ham – imzo qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Shubhasiz, xalqaro tizimning obro‘sini saqlab qolish maqsadida uchinchi dunyo davlatlari tomonidan tashkil etilgan Gaaga guruhining ushbu bayonnomasi, aslida, amaliy kuchga ega bo‘lmagan, haqiqiy hayotda tatbiq etib bo‘lmaydigan quruq bir hujjat, xolos. Uning hech qanday majburlovchi ta’siri yo‘q. Biroq Turkiya ikki hafta o‘tgach, majburiy ravishda unga imzo chekishi turk tashqi siyosatining qay darajada bo‘ysunuvchan va mute’ holga kelganini yaqqol namoyon qildi. Bu bo‘ysunuvchanlikning yana bir yorqin namunasi Nyu-York bayonnomasiga Turkiyaning Yevropa Ittifoqi, Arab davlatlari Ligasi va yana o‘n olti davlat bilan birgalikda imzo qo‘yganidir. Ushbu bayonnoma orqali G‘azodagi mujohidlardan qurollarini tashlash, G‘azoni tark etish va hokimiyatni Abbosning xoin ma’muriyatiga topshirish talab qilindi. Hatto Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan Noel Baro quyidagicha bayonot berdi: «Arab davlatlari va Yaqin Sharq mamlakatlarining Hamasni va 7 oktyabr voqealarini qoralab, Hamasni qurol tashlashga va Falastin hokimiyatidan voz kechishga chaqirishlari, shuningdek, kelajakda Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish niyatini ochiq bildirishlari – bu birinchi marta bo‘lmoqda». Gaaga guruhi bayonnomasi Amerikaning mintaqamizdagi hukmdor tuzumlarni mustamlakachi vasiylar sifatida ishlatishini yanada yaqqol namoyon qildi. Keyingi e’tirozlardan so‘ng, Turkiya bayonnomaga imzo qo‘yishga majbur bo‘ldi. Biroq qurol tashlash haqidagi moddaga «qurollar tashlansin, ammo bu faqat ikki davlat yechimi asosida yoki falastinlik fraksiyalar o‘zaro yarashgach amalga oshsin», degan shart qo‘ydi. Holbuki, xiyonatlarning eng kattasi aynan shu «ikki davlat barpo etish» degan ertakdir. Qolaversa, aytishlaricha, sentyabr oyidagi BMT yig‘ilishida bir qator davlatlar «Falastin davlatini» tan olishini e’lon qiladi. Lekin 1967 yilgi chegaralarni tan olib, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan holda «mustaqil Falastin» tuzilishi haqidagi gaplar ochiqdan-ochiq aldash va musulmonlarning tuyg‘usi bilan o‘ynashishdir, bundan boshqa narsa emas.

Haqiqat shuki, yahudiy vujudi haligacha G‘azo botqog‘idan qutula olmadi va yuz minglab begunoh musulmonlarning qoni bilan qo‘lga kiritilgan va kutilgan g‘alaba ta’mini hanuz tota olmadi. Hatto uning xo‘jayini Amerika va mintaqadagi xiyonatkor hukmdorlar ham uni bu xorlikdan qutqara olishmadi. G‘azoda ochlik, qashshoqlik, himoyasizlik va yolg‘izlikka tashlab qo‘yilgan birodarlarimizga bir qultum suv ham yetkaza olmagan xiyonatkor hukmdorlar kunu-tun kofir G‘arb davlatlari va ularning iflos ishlarini amalga oshirayotgan yahudiy vujudidan iborat xo‘jayinlarining manfaatlarini himoya qilish bilan band. Ammo qancha urinishmasin, bu ular uchun faqat nadomat bo‘lib qoladi; Allohning yordami bilan bu dunyoda mag‘lub bo‘lib, oxiratda qattiq azobga duchor bo‘ladilar.

﴿وَإِذَا رَأَيۡتَهُمۡ تُعۡجِبُكَ أَجۡسَامُهُمۡۖ وَإِن يَقُولُواْ تَسۡمَعۡ لِقَوۡلِهِمۡۖ كَأَنَّهُمۡ خُشُبٞ مُّسَنَّدَةٞۖ يَحۡسَبُونَ كُلَّ صَيۡحَةٍ عَلَيۡهِمۡۚ هُمُ ٱلۡعَدُوُّ فَٱحۡذَرۡهُمۡۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴾

«Qachon siz ularga boqsangiz ularning jismlari (ko‘rinishlari, kiygan kiyimlari) sizni hayratga solur, so‘zlaganlarida esa so‘zlariga quloq solursiz. (Lekin ularning dillari iymon va yaxshilikdan xoli bo‘lgani uchun) ular go‘yo (devorga) yo‘lab qo‘yilgan (chirik) yog‘ochlarga o‘xshaydilar. Ular (yuraksizliklari sababli) har bir qichqiriq-ovozni ustlariga (tushayotgan biron balo-ofat deb) gumon qiladilar. Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot bo‘ling! Ularga Allohning la’nati bo‘lsin! Qanday adashmoqdalar-a!»                                                                                         [Munafiqun 4]

Hizb ut-Tahrirning

Turkiya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.