Xiyonatkor rejimlar ko‘z o‘ngida Aqso masjidi yahudiylar uchun muqaddas maskanga aylantirilmoqda!!

5
0

Matbuot bayonoti

Xiyonatkor rejimlar ko‘z o‘ngida Aqso masjidi yahudiylar uchun muqaddas maskanga aylantirilmoqda!!

Yahudiylar, musulmon hukmdorlarining ko‘z o‘ngida, Aqso masjidi hovlisiga navbatma-navbat bostirib kirishni kun sayin kuchaytirmoqda. Kecha, yakshanba kuni, Allohning dushmani Ben Gvir va eng ashaddiy yahudiylar yetakchiligida navbatdagi eng yirik bostirib kirish amalga oshirildi.

Iordaniya qiroli, Sisiy va Erdogan yahudiylar «ibodatxona vayronasi» deb da’vo qilishgan sanada, ularning Aqso masjidiga kirib, uni oyoq-osti qilayotganini befarq tomosha qilishdi. Shu paytda Ben Gvir yuzsizlik bilan «Isroilning Quddus va ibodatxona tepaligida nazoratni kuchaytirishi»ni ochiq ta’kidladi. O‘sha kuniyoq, Aqso masjidini yahudiylar uchun «muqaddas joy» sifatida egallash niyatini ham rasman e’lon qilishdi.

Bu xoin rejimlar esa Rosululloh ﷺ Ummatining ko‘z o‘ngida faqat qoralovchi bayonotlar bilan cheklanib, qiymati yo‘q, mazmunsiz va zaif noroziliklar bildirishdan boshqa ish qilmayapti. Masalan, «Isroilning Aqso masjidi ustidan hech qanday suvereniteti yo‘q» degan gaplardan nima naf? Yoki BMTni aralashishga, tajovuzlarni to‘xtatish va kelgindi yahudiylarning yangi turarjoylarga kirishini cheklashga chaqirishdan qanday foyda bor?! Axir, ish shu darajada murakkablashdiki, endi Aqso masjidi yahudiylar ibodatxonasiga aylanib, unda o‘z marosimlarini o‘tkazish uchun amaliy qadamlar tashlanmoqda.

Ey Muhammad ﷺ ummati! Ey insoniyat uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat!

Mana shu xoin hukmdorlar yahudiylarga G‘azoni vayron qilish, uning ahlini qirib tashlash va ochlikka mahkum etish uchun yo‘l ochib berishdi. Endi esa ularga Aqso masjidini o‘z marosim va ibodatlarini o‘tkazadigan ibodatxonaga aylantirishlari uchun himoya va sharoit yaratib berishmoqda. Bas, siz nima qilyapsiz?!

Shu narsa kundek ravshan bo‘ldiki, Aqso masjidi, Baytulmaqdis va muborak zamin ahlining qoni faqat Alloh va Uning Rosuliga iymon keltirganlarning qalbini junbushga keltiradi. Faqat Allohni, Uning Rosulini va oxirat hayotini maqsad qilganlargina bu yo‘lda harakatga keladi. Bu muborak zaminga yordam berish masalasida faqatgina Allohga qullik qilishni eng oliy maqsad qilib belgilagan kishilarga suyaniladi.

Alloh taologa sodiq mo‘minlargina xoin taxtlarni ag‘darib-parchalaydigan bolta, Islomning ulug‘ binosini barpo etuvchi qudratli qo‘l bo‘ladilar.

Bu boltalar va qo‘llar, Ummatni bo‘lib tashlash, G‘azo va Aqso masjidiga yordam berishga to‘sqinlik qilish hamda faqatgina fitna, xiyonat va qoralovchi bayonotlar berishdan boshqa hech qanday ishga yaramaydigan rejimlarni ag‘darib tashlaydi.

Islomning buyuk qasrini barpo etuvchi qudratli qo‘llar bilan Ummati Islom birlashadi, armiyalar qo‘zg‘aladi, Aqso masjidi va muborak zamin ozod etiladi, G‘azo ahliga esa haqiqiy yordam beriladi. Baytulmaqdis ozodligi Islom Ummati o‘z taqdirini o‘zi hal qiladigan va malay tuzumlar ag‘darilgan kunga bog‘liq. Ushbu maqsadga qaratilmagan har qanday da’vat esa faqat odamlarning ko‘zini bo‘yaydi, ozodlik va yordamni esa kechiktiradi.

﴿فَإِذَا جَآءَ وَعۡدُ ٱلۡأٓخِرَةِ لِيَسُؤُواْ وُجُوهَكُمۡ وَلِيَدۡخُلُواْ ٱلۡمَسۡجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٖ وَلِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوۡاْ تَتۡبِيرً﴾

«Qachon keyingi (buzg‘unchilikning) vaqti-soati kelganida, (ular yana) yuzlaringizni qaro qilishlari, avvalgi safar kirganlari kabi Masjidul (Aqso)ga kirib, (uni toptashlari) uchun hamda o‘zlari egallab olgan (barcha) yerlarni vayron etishlari uchun (yana dushmanlaringizni sizlarning ustingizga yuborurmiz)»                                                                                     [Isro 7]

Hizb ut-Tahrirning

muborak Falastin

zaminidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.