1
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Suvayda voqealari

Savol:

(Axios saytining xabar berishicha, Parij shahrida «Isroil»ning strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer va Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Shaybani o‘rtasida AQSHning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barak vositachiligida yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 2025 yil 25 iyul). So‘nggi bir necha kun ichida, 2025 yil 12 iyuldan boshlab, Suriyaning janubidagi aholisining ko‘pchiligini druzlar tashkil qiladigan Suvayda viloyatida beqarorliklar tezlashib ketdi. Yahudiy vujudi ularning masalasiga aralashishini e’lon qilishi bilan birga Suriyaga o‘z agressiyasi va hujumlarini davom ettirar ekan, Damashqdagi prezidentlik saroyi atrofiga, Mudofaa vazirligi va Qo‘mondonlik shtabiga zarba berdi… Savol shuki, Suvaydada yuz berayotgan voqealar ortidagi haqiqat nimadan iborat? Yahudiy vujudi Suvayda mintaqasi uchun, umuman olganda Suriya janubi uchun nimani rejalashtirmoqda va Amerika uning rejalarini qo‘llab-quvvatlayaptimi? Bularning Suriya rejimi bilan yahudiy vujudi o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish muzokaralariga, xususan, Ozarbayjonda bo‘lgan uchrashuvlar va Parijda bo‘lib o‘tgani aytilayotgan uchrashuvlarga qanday aloqasi bor? Alloh sizni yorlaqasin.

Javob:

Yuqoridagi savollarga javob aniq-ravshan bo‘lishi uchun biz quyidagi masalalarni ko‘rib chiqamiz:

Druzlarga kelsak, Suriyada ularning soni taxminan 700 ming atrofida bo‘lib, Suriyaning janubiy hududlarida, xususan, Suvayda viloyatida yashashadi. Ularning bir qismi Livanda yashaydi va taxminan ular 250 ming kishini tashkil qiladi. Ularning yana bir qismi – taxminan 140 ming kishi, Falastinning shimolida va Jo‘lon tepaligida yashaydi. (Druzlarning) yahudiy vujudi bosib olgan hududlarda yashovchilariga fuqarolik berishi bilan ularning bir qismi uning armiyasiga ham qo‘shilgan… Shu jihatdan yahudiy vujudi Suriyaga aralashishga ularni bahona qilmoqda. Ularni fevral oyining oxiridan boshlab poytaxt Damashq yaqinidagi Jermana va Sahnaya borasida ham gijgijladi… 2025 yil 12 iyuldan boshlab sodir bo‘lgan so‘nggi Suvayda voqealarida yahudiy vujudi druzlarni qo‘llab-quvvatlashini va ulardan foydalanishga harakat qilishini ochiq e’lon qildi, chunki druz guruhlari Suvayda viloyatida yashovchi musulmon badaviylarga qarshi zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirib, yuzlab odamlarni o‘ldirdi. Yahudiy vujudi bosh vaziri Netanyaxu 2025 yil 17 iyulda yahudiy va boshqa telekanallar orqali efirga uzatilgan nutqida shunday dedi: «Biz aniq siyosatni ishlab chiqdik, Damashq janubidagi hudud va Jo‘lon tepaliklaridan to Jabalul Druz hududigacha qurolsizlantirish bu – birinchi yo‘nalish. Ikkinchi yo‘nalish esa Jabalul Druz mintaqasidagi druzlarni himoya qilish». 2025 yil 16 iyulda yahudiy vujudi mudofaa vaziri Israel Kas X platformasida Suriyaga bir qancha tahdid yo‘llab, «Damashqqa signallar tugadi, endi og‘riqli zarbalar keladi… Armiya Suvaydada druzlarga hujum qilgan kuchlarni yanchib tashlash uchun ularni to‘liq chekinmagunicha kuch bilan harakat qilishni davom ettiradi», dedi. Yahudiylar armiyasi notig‘i o‘zining X platformasida: «Armiya Suriya rejimining harbiy nishonlariga zarba berishda davom etadi. Biroz avval Suriya Bosh shtabining Damashq hududidagi qarorgohiga hujum qildi», dedi. Xuddi shu kuni yahudiy vujudi armiyasi radiosi, «kecha tundan beri Suriyadagi taxminan 160 nishonga hujum qilganini, ularning aksariyati Suvaydada «Suriya xavfsizlik kuchlari va badaviylarga qarshi», ba’zilari esa poytaxt Damashqqa ekanligini…» ma’lum qildi va u Damashqdagi bosh shtab bilan birga, yana prezident saroyi va mudofaa vazirligiga ham zarba berilganini e’lon qildi.
Shunday qilib, yahudiy vujudi o‘z maqsadlari va siyosatini aniq ravishda e’lon qildi. Suriya bo‘yicha ushbu siyosatni amalga oshirishda druzlardan foydalanmoqda va uning uchun Suriya rejimi emas, balki ularning (ya’ni, druzlarning) ishlari ahamiyatli, go‘yo u bu hududni Suriyadan xatlab olganu unga o‘zi xo‘jayindek, ish tutmoqda. Ma’lumki, u Bashar Asad rejimi davrida ham Suriyaga hujumlar uyushtirishni to‘xtatgani yo‘q, lekin unda druzlarni emas, balki u yerda Eronning va uning qurolli to‘dalarining mavjudligini bahona qilgandi. Shuning uchun u Eronning (Asad) rejimiga yordam berayotgan qurolli to‘dalari bilan birga, rejimning ko‘plab harbiy markazlariga zarba bergandi va hatto Eronning Damashqdagi konsulligiga ham zarba berib, ko‘plab eronlik harbiy rahbarlarni o‘ldirgandi. Shuningdek, Bashar Asad qochib ketgan kunda, ya’ni 2024 yil 8 dekabrda yahudiy vujudi bir necha kun davomida keng qamrovli hujumlar uyushtirdi va yuzlab Suriya harbiy obyektlariga zarba berdi. Hech qanday javob va qarshilik bo‘lmagach, u yanada rag‘bat olib, o‘z tajovuzlarini davom ettirdi hamda Suriyaning yangi hududlarini bosib oldi, hatto poytaxt Damashqdan taxminan 25 kilometr masofagacha yetib kelib, Xermon tog‘ini ham egalladi va 1974 yilda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzdi. Natijada yahudiy vujudi Suriya janubidagi ozchiliklar, ayniqsa druzlar kartasi bilan o‘ynab, o‘zi uchun xavfsiz, qurolsizlantirilgan bufer zona tashkil etmoqchi.
Bu voqealardan so‘ng Suriya prezidenti Ahmad Shara 2025 yil 17 iyul kuni ertalab Suriya televideniyesi va boshqa arab telekanallarida efirga uzatilgan nutqida shunday dedi: «Biz «Isroil» bilan urishish yoki druzlar shayxlariga kelishuvga imkon berish tanlovi oldida qoldik va biz vatanni himoya qilish yo‘lini tanladik». U yana shunday dedi: «Agar Amerika bilan arab va Turkiya vositachiligi bo‘lmaganida, Isroil Suvaydadagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishga harakat qilayotgandi»… U 2025 yil 19 iyulda Suriya axborot agentligi va televideniyesi orqali so‘zlagan ikkinchi nutqida shunday dedi: («Suriya davlati vaziyatning murakkabligiga qaramay uni tinchlantirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo «Isroil» aralashuvi Damashqdagi hukumat muassasalari va janubni ochiqdan-ochiq bombardimon qilishi natijasida mamlakatni barqarorlikka tahdid soladigan xavfli bosqichga olib keldi. Ushbu voqealar natijasida Amerika va arab vositachiligi vaziyatni tinchlantirishga urinishdi»). U boshqa davlatlarning, xususan, yahudiy vujudiga homiylik qilib, uni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Amerikaning aralashuviga tayanmoqda va buni ularga o‘zining ustiga yo‘l berish (ya’ni, ularning hukmron bo‘lishi) uchun qilmoqda!
So‘ngra voqealar keskinlashdi va yahudiylarning Hikmat Hijriy bilan munosabatlari oydinlasha boshladi, shu yo‘sinda-ki, u Suvaydaning ichkari tomonida o‘z changalini mustahkamladi. «Toifa ichida saflarni birlashtirish va shahidlar oilalariga tasalli berish» nomli saytlar ochilib, Jarbu’, Bal’us, Hanaviy kabi uni qo‘llab-quvvatlamaydiganlar ovozlarini o‘chira boshladi. Agar Hikmat Hijriy otryadi Suvaydadagi eng katta guruh bo‘lib, boshqa guruhlarga ustidan hukmron bo‘lib olgan bo‘lsa, Jarbu’ va Bal’us kabi muxoliflarning ovozlari Suriya davlati ichida qolish talablari borasida jur’atsiz bo‘lib qoldi, bundan tashqari ular uchun maydonda hech bir vazn ham qolmadi. Demak, urushni alanga oldirgan, Damashq bilan tuzilgan kelishuvlardan chiqib ketgan kimsa bu – Hikmat Hijriydir. Shuningdek, Suvayda ustidan nazorat o‘rnatganlar uning tarafdorlari. Jarbu’ va Hanaviy diniy rahnamolarini e’tiborga olmay, druzlar toifasining ruhiy rahbariyati nomidan bayonotlar berayotgan ham uning o‘zi bo‘lyapti. Uning yahudiy vujudi bilan bevosita aloqasi borligi aniq, u yahudiy vujudiga o‘nlab druz ziyoratchilarni yubordi. Hikmat Hijriy druzlar ruhiy rahbariyati nomidan bayonot berib, bunday dedi: («Biz yordam so‘rab erkin dunyoga va undagi barcha nufuzli kuchlarga murojaat qilamiz va janobi oliylari (Amerika) Prezidenti Donald Tramp, (Isroil) Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, (Saudiya) valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Iordaniya Qiroli Abdulloh ikkinchiga, bu dunyoda ovozi va ta’siri bor barchaga murojaat qilamiz… Suvaydani qutqaring»… Anadolu agentligi, 2025 yil 17 iyul). Yahudiy vujudi Suriya ichidagi janglarga qo‘shilish uchun o‘z chegaralarini druzlar uchun ichkaridan ochib qo‘ydi… RT 2025 yil 19 iyulda xabar berishicha, druzlar toifasidan 2000 ga yaqin kishi, jumladan, yahudiylar armiyasida xizmat qilayotgan askarlar bir kun ichida Suriyadagi janglarga qo‘shilish istaklari borligini e’lon qilishdi.
Shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, Damashq hukumati o‘zini Suvayda va Suriya janubini qamrab olgan voqealar zanjirining eng zaif halqasiga aylantirdi. Bundan tashqari u yahudiy vujudi tomonidan unga va qurolli kuchlariga qarshi amalga oshirilayotgan barcha harbiy zarbalarga nisbatan va go‘yo hech bir davlat yo‘qdek Suriya janubiga bostirib kirib, odamlarni o‘ldirishi va hibsga olishiga nisbatan beparvolik va ojizlik ko‘rsatib turibdi. Davlat tomonidan bunga qarshi hech qanday reaksiya bo‘lmaganligining barchasi Amerika prezidentining Damashqning Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi talabini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan Erdoganning maslahatlariga binoan bo‘lyapti. (Sharqul Avsat, 2025 yil 6 iyul). Ma’lumki, Erdogan Shara hukumatining yahudiy vujudi bilan Ozarbayjonda bo‘lgan muloqotlariga homiylik qildi… Shunday qilib, Ahmad Shara hukumati Suvayda inqirozida nihoyatda zaif bo‘g‘inga aylandi. U mintaqadagi to‘qnashuvlarni bartaraf qilish uchun aralashdi va u yerdan – armiya bosh shtabigacha chang solgan va prezident saroyiga yaqinlashib qolgan yahudiy vujudining bombardimoni ostida – armiyani xorlarcha olib chiqib ketdi. Shundan keyin xavfsizlik kuchlarini qayta olib kirish uchun Amerika hamda arab va turk vositachiligi aralashdi, bu gal armiya emas, ichki ishlar vazirligi kuchlari yengil qurollar bilan qaytarildi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, bu hukumat kuchlari Suvaydaga kirmagan, aksincha ularning vazifasi – arab ashiralari (urug‘-qabilalari)ning Suvaydaga hujumlari davom yetishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan. Ya’ni, bu kuchlar muhofaza (provinsiya, viloyat) chekkasida to‘xtab, unga kirishmagan, yahudiy vujudi ulardan shuni, ya’ni qabilalarning Suvaydaga hujumlari oldini olishni talab qilgan. Har bir kelishuvda isyonchi Hikmat Hijriy kelishuvni buzib keladi va hukumatni boshqa bir yangi kelishuv tuzishga majbur qilish uchun yangi shartlarni qo‘yadi, eng oxirgisi bir hafta ichida to‘rtinchisi bo‘ldi. Ahmad Shara hukumati muzokaralar orqali qabilalarning qurollangan a’zolarini Suvaydadan chiqardi, o‘zi unga kirmadi, so‘ngra Suvaydada yashovchi qabilalarni shahar tashqarisiga, yuzlab musulmon oilalarni Suvaydadan Dar’adagi boshpana markazlariga ko‘chirdi va joylashtirdi. Vaholanki bu, Hikmat Hijriy qilayotgan ishning xuddi o‘zidir. (Druzlar yetakchilaridan biri Hikmat Hijriyga tobe guruh bir qator sunniy badaviy qabilalar vakillarini majburan ko‘chirib, ularning haq-huquqlarini poymol qilganidan keyin juma kuni to‘qnashuvlar yana avj oldi. Anadolu agentligi, 2025 yil 21 iyul). Demak, Suriya yangi hukumati Suriyani Amerikaning diktovkasi bo‘yicha hamda Amerikaning Turkiyadagi elchisi va Suriya bo‘yicha vakili Tom Barak chizib beradigan yo‘l bo‘yicha boshqarishni qabul qilganligini amalda isbotladi!
Suriyadagi hodisalarni diqqat bilan va atroflicha o‘rganib chiqilsa, Amerika ularni bir reja asosida boshqarayotgani ayon bo‘ladi. Bu reja Tramp hokimiyatga kelganidan keyin yanada keskin tus olgan bo‘lsa-da, lekin u bugun boshlangani yo‘q. (Amerika prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bilan «muammolarini hal qilib olishga» va «oqilona ish yuritishga» chaqirdi. Tramp Netanyaxu bilan uchrashuvi chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyularida, Turkiya prezidenti bilan yaxshi munosabatlari haqida gapirib, «Men Erdogan ismli odam bilan juda yaxshi munosabatdaman, men uni yaxshi ko‘raman va u ham meni yaxshi ko‘radi va bu ommaviy axborot vositalarini g‘azablantiradi», dedi. U izoh berib, o‘zining Netanyaxuga «Erdoganni yaxshi ko‘rishini» aytganini va agar u bilan muammolari bo‘lsa, ularni hal qilishi kerakligini tushuntirganini aytar ekan, «isroilliklar Turkiya bilan har qanday muammoni hal qilish uchun oqilona ish yuritishlari kerakligini» ta’kidladi. Al-Jazira, 2025 yil 8 aprel). Qolaversa, (Tramp chorshanba kuni Riyozda Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad Shara bilan uchrashdi, bu – 25 yildan buyon shu turdagi birinchi uchrashuv bo‘lib, Tramp Damashqdan sanksiyalar olib tashlangani haqidagi qarorni e’lon qilishi arafasida bo‘lib o‘tdi. Damashq bu qadamni olqishlab, uni «burilish nuqtasi» deb atadi. Oq uy matbuot kotibining aytishicha, Tramp Suriya prezidentini Isroil bilan Ibrohim kelishuvlarini imzolashga chaqirdi. Frans 24, 2025 yil 14 may). Ushbu uchrashuv va Suriyadan sanksiyalarning olib tashlanishi, shuningdek Tramp Netanyaxudan Suriyadagi xatti-harakatlarini Turkiya bilan muvofiqlashtirishni talab qilishi ortidan prezident Tramp va uning ma’muriyati Suriya ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilmoqda.
Bu bilan esa aniq ko‘rinadiki, Amerikaning Suriya borasidagi rejasi bir malayni boshqasiga almashtirish, degan asosiy tamoyilga asoslangan. Shu maqsadda Amerika Turkiyaga Bashar rejimini ag‘darib, unga tobe bo‘lgan yangi rejim o‘rnatishi uchun «yashil chiroq» yoqib berdi. Suriyaning yangi prezidenti Ahmad Shara tomonidan berilgan, uning ana shu almashtirishni qabul qilganini, jumladan, Islom bilan hukm yuritishdan ham, Bashar tarafdorlarini ta’qib qilishdan ham voz kechganini va buni «milliy yarashuv» bilan almashtirganini ko‘rsatib turgan barcha beparvo bayonotlarga qaramay, u oxir-oqibat yahudiy vujudi bilan parda ortida muzokaralarni boshlash darajasigacha yetib bordi … keyinchalik bu muzokaralar 2025 yil 12 iyulda Ozarbayjonda pardadan tashqarida bo‘lib o‘tdi va ana shundan keyin Parij uchrashuvlari sodir bo‘ldi. («Axios» saytining xabar berishicha, Parijda Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer bilan Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Shaybaniy o‘rtasida Amerikaning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barak vositachiligida yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Taxminan to‘rt soat davom etgan bu muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasida chorak asrdan beri o‘tkazilayotgan shu turdagi birinchi muzokara bo‘lib, unda asosiy e’tibor Suriya janubidagi keskinlikni yumshatish, tinchlik o‘rnatish va o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan… Suriya inson huquqlari monitoringi markazining ma’lum qilishicha, Suriya va «Isroil» o‘rtasida Amerika vositachiligida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unda mamlakat janubida, ayniqsa, 12 iyuldan beri xatarli keskinlik kuzatilayotgan Suvayda provinsiyasida o‘t ochishni to‘xtatishga bog‘liq yettita asosiy band bor. Monitoring markaziga ko‘ra, kelishuvda Suvayda ishi to‘liq Amerika nazoratiga o‘tkazilishi ko‘rsatilgan. Kelishuvda, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish uchun Suvayda aholisining mahalliy kengashlarini tashkil etish, qonunbuzarliklarni qayd qilish komissiyasini tashkil qilish ham ko‘rsatilgan bo‘lib, bu kengashlar va komissiya to‘g‘ridan to‘g‘ri Amerika tomoniga hisobot beradi. Kelishuvda Dar’a va Qunaytira viloyatlarini qurolsizlantirish va u yerda og‘ir qurollarga ega bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydigan mahalliy xavfsizlik qo‘mitalarini tashkil qilish ham ko‘rsatilgan, Axios Eye Libya, 2025 yil 25 iyul). Bularning barchasi Amerika Suriya janubini qurolsiz mintaqa, yahudiy vujudi uchun bufer va xavfsiz hudud bo‘lishini istayotganini, shuningdek, Amerikaning yahudiy vujudi Suriya rejimini, u bilan aloqani normallashtirishini ko‘zlab, mana shu vaziyatga bo‘ysunishga majbur qilguncha qayta-qayta tajovuz uyushtirishidan mamnun ekanini… Ozarbayjon va Parijdagi uchrashuvlar ushbu yo‘nalishdagi izchil qadamlar ekanini tasdiqlab turibdi… Ommaviy axborot vositalarining sizdirgan ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralarda ko‘tarilayotgan eng ko‘zga ko‘ringan masalalar quyidagilardir: yahudiy vujudi foydasi uchun Suriya janubida qurolsiz, tinch bufer zonasini tashkil qilish va u 1979 yilda Misr rejimi tomonidan imzolangan hamda hozirgacha kuchda bo‘lgan tinchlik bitimiga muvofiq, Misr bilan yahudiy vujudi o‘rtasida Sinayda paydo qilingan zonaga o‘xshash bo‘ladi. Ma’lumki, Sinaydagi ushbu bufer zona Misr aholisining G‘azoda qatli omga duchor qilinayotgan birodarlariga yordamga harakatlanishlariga to‘siq bo‘lib kelyapti.
Oxirida shuni aytamizki, Tabaroniy Salama ibn Nufayldan chiqargan hadis sharifda Rosululloh ﷺ Shom Suriyasi haqida:

«عُقْرُ دَارِ الإِسْلامِ بِالشَّامِ»

«Islom diyorining markazi Shomdir» dedilar. Bugun ana shu Shom Suriyasi uni Islomdan yiroq bo‘lib boshqarayotgan rejim ostida bo‘lib qolganligi haqiqatdan juda alamlidir. Bu rejim hokimi o‘zini Amerikaga sodiq bo‘lish va yahudiy vujudiga xorlarcha bo‘yin egish quchog‘iga otmoqda. U yahudiy vujudiga qarshi jang qilmayapti, aksincha, u bilan tinchlik kelishuvlarini tuzish hamda bu vujud va uning homiysi Amerika rozi bo‘ladigan ishni qilish yo‘lini izlayapti… U hatto Hizb ut-Tahrirning Roshid Xalifalikka chaqirayotgan a’zolarini qamoqlarda qoldirdi. Ularni Xalifalik va uning ahliga dushman bo‘lgan Amerikani va yahudiy vujudini rozi qilish uchun ozodlikka chiqarmadi. U Allohning dushmanlarini rozi qilish o‘z rejimini saqlab qoladi, deb xomxayol bo‘lmoqda! U Rosululloh ﷺning Ibn Hibbon o‘z sahihida Urvadan, u esa Oisha roziyallohu anhodan chiqargan so‘zlarini unutdi yoki o‘zini unutganga soldi. U hadisda Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

«مَنِ الْتَمَسَ رِضَا اللهِ بِسَخَطِ النَّاسِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، وَأَرْضَى النَّاسَ عَنْهُ، وَمَنِ الْتَمَسَ رِضَا النَّاسِ بِسَخَطِ اللهِ سَخَطَ اللهُ عَلَيْهِ، وَأَسْخَطَ عَلَيْهِ النَّاسَ»

«Kimki, odamlarni g‘azablantirish bilan Alloh roziligini istasa, Alloh undan rozi bo‘ladi va odamlarni ham undan rozi qilib qo‘yadi, kimki, Allohni g‘azablantirib, odamlarni rozi qilishni istasa, Alloh unga g‘azab qiladi va odamlarni ham undan g‘azablanadigan qilib qo‘yadi». Termiziy bu hadisni o‘zining «sunan»ida quyidagi lafz bilan chiqargan:

«مَنْ الْتَمَسَ رِضَا اللهِ بِسَخَطِ النَّاسِ كَفَاهُ اللهُ مُؤْنَةَ النَّاسِ وَمَنْ الْتَمَسَ رِضَا النَّاسِ بِسَخَطِ اللهِ وَكَلَهُ اللهُ إِلَى النَّاسِ»

«Kimki, odamlarni g‘azablantirish bilan Alloh rizoligini istasa, Alloh uni odamlarning g‘azabidan saqlaydi, kimki Allohni g‘azablantirib, odamlarni rozi qilishni istasa, Alloh uni o‘sha odamlarga topshirib qo‘yadi».

Qanday bo‘lmasin, biz Xalifalikning boshimizdan kechirayotganimiz mana bu zo‘ravon podshohlikdan keyin hayot maydoniga qaytishiga aminmiz, bundan xotirjammiz… Ahmad o‘z «Musnad»ida Huzayfadan uning shunday deganini chiqardi: Rosululloh ﷺ dedilar:

«… ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِـ لَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ»

«… So‘ngra zo‘ravon podshohlik bo‘ladi, bas u ham Alloh xohlagan muddatgacha bo‘ladi, so‘ngra uni ko‘tarishni xohlagan paytda uni ko‘taradi, shundan keyin payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Shundan so‘ng (Payg‘ambarimiz) sukut qildilar». Tayolisiy ham uni o‘z «Musnad»ida chiqargan. O‘shanda Islom va musulmonlar aziz bo‘ladi, kufr va kofirlar esa xor bo‘ladi… Mo‘minlarga xushxabar bering:

﴿وَأُخۡرَىٰ تُحِبُّونَهَاۖ نَصۡرٞ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتۡحٞ قَرِيبٞۗ وَبَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴾

«Va (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir ne’matni ham berurki, u) Alloh tomonidan bo‘lgan g‘alaba va yaqin(da ro‘y berguvchi) fathdir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing!»                                                                                                        [Saf 13]

1 safar 1447h

                                                                                           26 iyul 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.