Matbuot bayonoti
«Umid hukumati» junayh qiymatining qulashi natijasida xalq hayoti uchun dahshatli tushga aylanmoqda!
Komil Idris bosh vazirlikka qasamyod keltirganidan so‘ng qilgan nutqida «bizning shiorimiz umid, missiyamiz har bir sudanlik fuqaroni xavfsizlik, farovonlik va osuda hayot bilan ta’minlash», dedi. O‘zining ilk matbuot bayonotida esa, har bir sudanlikning munosib hayotga erishishi yo‘lida vaqtini ham, kuch-g‘ayratini ham ayamasligini ta’kidladi.
Mana, biz uchinchi oyga kirdik, lekin hozirgacha uning «Umid hukumati» to‘liq shakllanmadi. Odamlarga va’da qilingan «umid» esa ularning halovatini buzuvchi qo‘rqinchli tushga aylandi. Bu holat Sudan junayhining boshqa valyutalar, ayniqsa dollarga nisbatan qulashi bilan boshlandi. Qora bozorda 1 dollar 3000 Sudan junayhidan oshib ketdi.
Mahalliy valyutaning qadrsizlanishi yonilg‘i va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishiga olib keldi. Bu esa urush va uning oqibatlari sababli allaqachon tanglikda yashab kelayotgan xalq hayotini yanada og‘irlashtirdi. Ammo bunday halokatli vaziyatda moliya vaziri qorinni to‘ydirmaydigan, ochlikdan asray olmaydigan quruq va’dalar va foydasiz tasallilar bilan kifoyalanmoqda!
Biz, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari xalq boshiga tushayotgan bu tanglik va zulm holati oldida quyidagi haqiqatlarni ochiq bayon qilamiz:
Birinchidan:
Bu halokatli iqtisodiy vaziyatga olib kelgan va hanuz olib kelayotgan asosiy sabablar quyidagilardan iborat:
a) Valyuta almashtirish shiori ostida, hech qanday qoplamasiz qog‘oz pullar bosildi. So‘ngra ushbu almashtirish jarayoni Jazira, Xartum va boshqa viloyatlarda to‘liq amalga oshirildi.
b) Ma’lum bo‘lishicha, almashtirilgan eski pullardan bir qismi bozorga sizib kirgan va yana muomalaga kiritilgan. Bu esa pulning xarid quvvati pasayishini yanada kuchaytirmoqda.
v) Urushning davom etishi va uning ortib borayotgan xarajatlari, shuningdek, Tekzor Qo‘llab-quvvatlash kuchlarining jinoyatlari, ya’ni pul bosish tipografiyalarini vayron qilish, ularni o‘g‘irlash va mahalliy valyutaga nisbatan keng ko‘lamli qalbakilashtirish ishlari.
Ikkinchidan:
Shariat pul muomala vositasi sifatida oltin va kumushni belgilagan. Chunki ular o‘z qiymatiga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, almashinuv kursini barqaror saqlash xususiyatiga egadir. Ammo hukumat oltin bilan qoplanmagan qog‘oz pullarni bosish, so‘ng Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Bankining buyruqlariga bo‘ysunish hamda «valyutani erkinlashtirish» siyosatini qabul qilish orqali kofir mustamlakachi G‘arb siyosatlariga ergashdi. Natijada, valyutamiz har kuni dollarga nisbatan qulab bormoqda. Holbuki, dollarning qiymati faqat qog‘oz va uni bosish xarajatidan iborat, xolos. Hukumatning mana shu siyosatlarga ergashishi, mamlakatimiz ochiq va yashirin boyliklarga to‘la bo‘lishiga qaramay, bizni shunday dahshatli inqirozga olib keldi.
Uchinchidan:
Shariat qat’iy man etgan bo‘lsa-da, biz mustamlakachi kofirga ustimizdan hukmronlik va ustunlik yo‘lini ochib berdik. Alloh Taolo bunday degan:
﴿وَلَن يَجۡعَلَ ٱللَّهُ لِلۡكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ سَبِيلًا﴾
«Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay» [Niso 141]
Mana, kofirlar tinchlik anjumanlari, deb ataladigan soxta yig‘ilishlar orqali ishlarimizga ochiq aralashishyapti, zotan, Sudan janubi aynan shu anjumanlar orqali bo‘lib tashlangan edi. Endi esa shu oy oxirida Vashingtonda anjuman o‘tkazish uchun targ‘ibot va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bizni eng ko‘p xavotirga solayotgan narsa, aftidan, bu iqtisodiy tanglik degan narsa qasddan qilinayotgan ko‘rinadi. Maqsadlari, ayni anjumanning natijasi o‘laroq, Darfur mintaqasini ham Sudandan bo‘lishga qaratilgan xatarli qarorlarga xalqni ko‘ndiruvchi muhit tayyorlashdir.
Xulosa qilib aytganda, biz Sudandagi aziz xalqimizga bunday murojaat qilamiz: bu og‘ir tanglikni ham, mustamlakachi kofirlarning o‘z malaylari orqali hayotimizga qilayotgan aralashlarini ham, barchasini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdan o‘zga hech qaysi tuzum to‘xtata olmaydi. Shunday ekan, roshid Xalifalikni barpo etish uchun siz ham o‘z ahlini aslo aldamaydigan haqiqiy yetakchi – Hizb ut-Tahrir bilan bir safda harakat qiling!
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾
«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Payg‘ambari sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]
Ibrohim Usmon (Abu Xalil)
Hizb ut-Tahrirning Sudan
viloyatidagi rasmiy notig‘i