Matbuot bayonoti
Husiylarning 11 yillik iqtisodiy «yutuqlari» atigi 50 va 100 riyallik ikkita tanga!
2025 yil 14 iyul, dushanba kuni «Qurilish va o‘zgarishlar» vazirligining matbuot vakili Hoshim Sharafuddin «Saba’» axborot agentligiga bergan bayonotida bunday dedi: «Xalqqa taqdim etilayotgan har qanday foydali milliy tanga o‘z qarorimiz mustaqilligiga olib boruvchi ko‘prikdir. Qo‘lga kiritilgan har bir iqtisodiy yutug‘imiz to‘fonlar qarshisida buzilmas qal’adir. Har qanday moliyaviy muvaffaqiyat karomat ma’rakasidagi mudofaa qalqoni hamda Yaman dushmanlarining fitnalarini parchalaydigan qilichdir. Buning barchasi, eng avvalo, Allohning fazli ila, so‘ng hech qanday imkonsizlikni tan olmaydigan mard insonlarning mustahkam irodasi sababli amalga oshmoqda».
Ushbu bayonot 2025 yil 12 iyul, shanba kuni San’odagi Husiylar markaziy banki tomonidan e’lon qilingan matbuot xabari ortidan berildi. Unda 50 riyallik eskirgan qog‘oz pullar o‘rnini bosish uchun yangi metall tanga zarb qilingani e’lon qilindi va ushbu tanga 13 iyul, yakshanba kuni muomalaga kiritilishi belgilandi. Bundan oldin 2024 yil mart oyida 100 riyallik tanga zarb qilingan edi, shuningdek, bir kun o‘tib, 2025 yil 13 iyulda 200 riyallik qog‘oz pul muomalaga chiqarilgandi.
Kishida tabiiy savol tug‘iladi: Husiylar 2014 yil 21 sentyabrdagi inqilob paytida yamanlik xalqqa bergan va’dalarini bajardimi? Ularning bu qadami Islomning majburiy naqd pullar bilan muomala qilish yoki oltin va kumush standartiga o‘tish haqidagi qarashlariga asoslangan tub yechimmi? Yoki bu ham, boshqalari kabi, Xalqaro Valyuta Fondi va kapitalistik iqtisod nizomi doirasidagi yamash-ta’mirlash choralardan biri, xolosmi?
Bugungi ahvolga qaralsa, savolga javob aniq: Iqtisodiy yuklar yanada og‘irlashdi, neft mahsulotlari va gaz narxlari bir necha barobarga qimmatlashdi. Siz Husiylar yig‘ayotgan soliq va turli yig‘imlar 2014 yil sentyabridan oldingi davrga nisbatan ancha ko‘paydi. Elektr energiyasi narxlari ham ayanchli darajada oshib ketdi. Bundan tashqari, davlat sektori xodimlarining maoshi to‘xtab qoldi. Ammo siz xalqning shu holatida ham pul yig‘ishni yanada kuchaytiryapsiz.
Bularning barchasidan keyin ham, siz ushbu buzuq ahvolni olqishlayapsiz va dabdabali maqtovlar bilan go‘yo beqiyos muvaffaqiyat qilib ko‘rsatyapsiz, holbuki, qilgan ishingiz eski pul o‘rniga ikki metall tanga va bitta qog‘oz pulni chiqarib qo‘yish bo‘ldi, xolos! Vazir Sharafuddin bayonotida kelganidek, bu metall tangalarni «ko‘prik», «qal’a», «qalqon» va «qilich», deya sifatlayapsiz. Holbuki, bularning barchasi global miqyosda krizisga yuz tutgan chirik kapitalistik iqtisod nizomi soyasida amalga oshmoqda. Achinarlisi, bu halokatli nizom bilan Islom iqtisod nizomi o‘rtasidagi farqni anglay olmayapsiz.
O‘tgan oy San’o va Adan o‘rtasida banklarni Adanga ko‘chirish bo‘yicha tuzilgan kelishuvda AQSH moliya vazirligi ham ishtirok etdi. Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi va ularning soyabon tashkilotlari – jumladan, Jahon oziq-ovqat dasturi – hali ham San’oda o‘z faoliyatini bemalol davom ettirmoqda. Shunday ekan, vazir Sharafuddin yana qaysi suverenitet, qaysi iqtisodiy g‘alaba, qaysi yetuklik va layoqat haqida so‘z yuritmoqda?! San’oda da’vo qilinayotgan valyuta kursining barqarorligi bozorning tabiiy ravishda yuzaga kelgan natijasimi yoki mutlaqo ko‘zbo‘yamachilikdan boshqa narsa emasmi? Yaman ahliga sizlarning hech qanday aniq iqtisodiy reja va oldindan tayyorlab qo‘yilgan programmaga ega emasligingiz ayon bo‘ldi. Sizlar ham, Adan markaziy bankida pul massasini haddan ziyod ko‘paytirganlar ham Allohdan qo‘rqmay, mas’uliyatsizlik bilan ish tutdingiz. Oqibatda odamlar qo‘lidagi pul zoye ketdi. Siz va Alimiy kengashi esa, yomonlikda kim peshqadam bo‘lishda bir-biringiz bilan bellashyapsizlar.
Ey vazir Sharafuddin! Biz naqd muomalada qo‘llaniladigan haqiqiy oltin tanga tizimiga o‘tishni istaymiz, bu og‘irligi 4.25 gramm va 24 karatlik dinor bo‘ladi. Bizga oltin bilan imzo qo‘yish kerak emas. Siz bu haqda, Saba’ agentligi orqali bergan va korrupsiyaga to‘la ushbu iqtisodiy vaziyatni beqiyos muvaffaqiyat sifatida ko‘rsatgan bayonotingizda aytib o‘tdingiz. Zero, siz Islomdagi iqtisod nizomi bilan kapitalizmdagi iqtisod nizomi o‘rtasidagi farqni anglamayapsiz, bu ikki nizom orasida yer bilan osmoncha farq bor!
Valyuta muammolarining tub yechimi oltin standartiga qaytishdir. Bunga bevosita oltin bilan muomala qilish orqali qaytiladimi yoki cheklovsiz va shartsiz tarzda oltinga almashtirish mumkin bo‘lgan qog‘oz pullar orqali amalga oshadimi, farqi yo‘q. Bu haqiqatni ko‘plab iqtisodchilar anglab yetgan. Lekin Amerika kabi manfaatdor davlatlarning qarshiligi bu tizimga qaytishda eng katta to‘siq bo‘lib turibdi. Ular siyosiy va iqtisodiy hukmronliklarini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqqani uchun oltin standartiga qaytishga yo‘l berishmayapti. Agar shunday to‘siq bo‘lmaganida, dunyo bu tizimga allaqachon qaytgan bo‘lar edi. Chunki aynan shu tizim iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi va hech qaysi davlatning boshqasiga hukmronlik qilish imkonini bermaydi. Bu tizimda pul – butun dunyoda tan olingan, qadri baland va yagona standart hisoblangan birlik, ya’ni oltinga asoslanadi. Davlatlar pul massasini xohlaganicha ko‘paytirish huquqiga ega emas. Chunki ular pul chiqarishda oltin zaxirasiga rioya qilishga majbur bo‘lgani sababli, istagan miqdorda pul chiqara olmaydilar. Bu esa fiat pullar tizimiga butunlay ziddir.
Islom nuqtayi nazariga ko‘ra, faqat oltin va kumushgina haqiqiy pul bo‘lishi mumkin. Chunki shariatda bu haqda aniq dalillar kelgan. Masalan, Rosululloh ﷺ Islom davlatida oltin va kumushni naqd pul sifatida ishlatishni ma’qullaganlar. Islom shariati esa qator ahkomlarni aynan shu ikki pulga bog‘lagan: ularni g‘amlab qo‘yishni harom qilgan, sotiladigan mollar uchun baholar, mehnat uchun haq va muomaladagi pul sifatida ulardan zakot chiqarishni farz qilgan. Zakot miqdori shariatda aniq belgilab qo‘yilgan: har 20 dinordan yarim dinor, har 200 dirhamdan 5 dirham. Shuningdek, diya to‘lovlari ham aynan oltin va kumushda belgilangan. Shartlari topilgan paytda o‘g‘irlik uchun qo‘lni kesishni vojib qilar ekan (zero, o‘g‘rining qo‘li agar chorak dinor yoki undan ortiq narsa o‘g‘irlansagina kesiladi), buning nisobini ham oltin bilan belgilagan. Oltin sistemasiga qaytishni maqsad qilgan har qanday davlat, o‘zini o‘zi ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishi shart. Shuning uchun import hajmini qisqartirishi va chet el tovarlarini milliy mahsulotlar bilan almashtirishga harakat qilishi lozim. Shu bilan birga, o‘zidagi mavjud tovarlarni ehtiyoj tug‘ilgan mahsulotlar, yoki oltin va kumush, yoki zarur valyutaga sotish sharti bilan, u kerakli mahsulot va xizmatlarni import qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu nizom alohida-alohida yoki bir qismini emas, balki Islom shariatidagi boshqa barcha ahkomlar – boshqaruv, adliya, ta’lim va boshqalar – bilan birgalikda, Xalifalik davlati soyasida to‘liq tatbiq qilinishi shart.
Biz Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi a’zolari sifatida, zimmamizdagi vojib vazifa shuki, biz Yamanda yuz berayotgan va xalqdan yashirib kelinayotgan siyosiy qilmishlarning asl mohiyatini hamda ularga oid shariat ahkomlarini, xususan Yaman ahliga va umuman barcha musulmonlarga bayon qilishimiz lozim. Bu yo‘lda harakat qilar ekanmiz, yamanliklarni ham Islomni tatbiq etish va hayotning barcha jabhalarini boshqa biron bir tuzum asosida emas, faqat Islom ahkomlari va fikrlari asosida tartibga solish uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish yo‘lida biz bilan birga harakat qilishga chaqiramiz. Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir Allohning izni ila yaqin orada barpo bo‘ladigan Xalifalik davlati uchun siyosiy yetakchilarni hamda to‘liq va mukammal dasturni tayyorlab qo‘ygan.
﴿وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسۡتَخۡلِفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ كَمَا ٱسۡتَخۡلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمۡ دِينَهُمُ ٱلَّذِي ٱرۡتَضَىٰ لَهُمۡ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعۡدِ خَوۡفِهِمۡ أَمۡنٗاۚ يَعۡبُدُونَنِي لَا يُشۡرِكُونَ بِي شَيۡٔٗاۚ وَمَن كَفَرَ بَعۡدَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ﴾
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan (iymon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]
Hizb ut-Tahrirning Yaman viloyatidagi
matbuot bo‘limi