Turkiyadagi musulmonlar so‘zni o‘z muxotabiga yetkazish uchun yurishga chiqdi
27 iyul, yakshanba kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida “kokludegisim” tomonidan uyushtirilgan G‘azoni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “so‘zni o‘z muxotabiga yetkazishga tayyormisiz?” nomli yurish bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar hukmron “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi qarorgohi va prezident ma’muriyati binosigacha yurib borishdi.
G‘azoda 21 oydan beri davom etib kelayotgan qirg‘inlar va ishg‘oldan aziyat chekayotgan nochor musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushtirilgan yurishda Turkiyaning turli burchaklaridan qalbi G‘azo deb urgan olimlar, jamiyat rahbarlari va siyosiy partiyalar boshchiligida minglab musulmonlar ishtirok etdi.
Viloyatlardan kelayotganlarga politsiya xodimlari tomonidan turli to‘siqlar qo‘yilishi va poytaxtga kirish yo‘llari qattiq nazoratga olinishiga qaramay, musulmonlar belgilangan vaqtda maydonga to‘planishdi. Yurish kuchli takbirlar sadosi ostida “Askarlar Aksoga” shiori bilan boshlandi. “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi qarorgohiga qisqa masofa qolganda xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘xtatildi va shu yerda Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo‘limi rahbari Mahmud Kar bayonot berdi: “Bas yetar! Biz sizdan harakatga kelishingizni va qat’iy chora ko‘rishingizni kutyapmiz. Qo‘lingizdagi kuch va imkoniyatlarni bugun ishlatmasangiz, qachon ishlatasiz?! Bu armiyalar ochlikdan o‘layotgan, o‘lmaslik uchun tuproq yeyishga majbur bo‘layotgan, dod-faryod qilib, bizdan yordam kutayotgan g‘azolik birodarlarimiz uchun qachon harakatga keladi?!”, deyladi bayonotda.
Rasmiy bayonot ortidan bir qator olimlar, yozuvchilar, turli jamiyat rahbarlari va faollar haq so‘zni aytib, hukumatni ogohlantirdilar.