Nima uchun musulmonlar vaksinaga ishonmaydilar?
19 iyul kuni Diniy komissiya, Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari emlash masalalarini muhokama qildi. Bu haqda muftiyotning rasmiy sayti xabar berdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qizamiqga qarshi emlash bo‘yicha birgalikda tushuntirish ishlari olib borish, yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olish masalalari muhokama qilingan.
Qirg‘izistonda joriy yilning boshidan buyon olti oyida qizamiq bilan kasallangan 8572 nafar bemor ro‘yxatga olingan. O‘tgan yili 14 mingdan ortiq odam qizamiq bilan kasallangan edi.
Izoh:
Mamlakatda har yili qizamiq va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kampaniyalar olib boriladi. Emlash kampaniyalari paytida fuqarolarning vafot etishi yoki og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilishi holatlari ko‘p uchraydi. Masalan, o‘tgan yili Ala-Bukada emlangan askarlarning yarmidan ko‘pi kasalxonaga yotqizilgan edi. Shuningdek, Botken shahridagi 3 o‘rta maktabining 5-sinf o‘quvchilari ham emlanganidan keyin 10 nafar bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Biroq bunday hollarda mutasaddi idoralar fuqarolarning vaksinaga nisbatan shubhalarini yo‘qotish o‘rniga, turli bosim va taqiqlar orqali odamlarni emlashga majbur qilmoqda. So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, emlashdan bosh tortgan musulmonlarning aksariyati vaksina tarkibi va uning zararsizligiga ishonmaydi.
Mohiyatan olganda, odamlarning shubhalarini aritish uchun vaksina tarkibini o‘rganib chiqib, unda inson salomatligi va hayoti uchun xavfli qo‘shimchalar yo‘qligini isbotlash kifoya qiladi. Biroq, bizda kapitalistik shirkatlar tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalarning tarkibini tekshiradigan laboratoriyalar yo‘q. Laboratoriyalar bo‘lgan taqdirda ham ularni tekshirish huquqi berilmagan. Qolaversa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dunyoga hukmronlik qilayotgan mustamlakachi kofirlar qo‘lidagi quroliga aylanib qolganligi bu tashkilotning haqiqatan ham odamlar salomatligi haqida qayg‘urishini shubha ostiga qo‘yadi. Masalan, 2014 yilda Suriyaning Idlib shahrida BMT boshchiligidagi emlash kampaniyasi natijasida 100 nafar bola vafot etgan va buni BMT rasman tan olgan edi.
Demak, muammoning kelib chiqishi vaksina ishlab chiqarayotgan farmatsevtika kompaniyalarining kapitalistik mafkura asosida ish olib borayotganidan kelib chiqmoqda! Boshqacha aytganda, global farmatsevtika kompaniyalari dunyo ahliga moddiy manfaat nazari bilan qarashadi, hatto xalqaro tashkilotlar ta’siridan ham o‘z manfaatlariga xizmat qilish yo‘lida foydalanishadi. Ular xalqaro tashkilotlar orqali davlatlarga bosim o‘tkazib, bolalarni majburiy emlashni qonuniylashtirishni talab qilmoqda. Hech kimga sir emaski, bu qonunlar inson hayotini yaxshilash uchun emas, aksincha, jahon sog‘liqni saqlash sohasini monopoliyalashtirish asosida qabul qilinmoqda. Mamlakatimiz misolida qaraydigan bo‘lsak, deyarli barcha shifokorlarni farmatsevtika korxonalari sotib olgan. Ular ushbu kompaniyaning dori-darmonlarini bemorlarga yozib berayotgani uchun ochiq yoki yashirin tarzda moliyalashtiriladi. Buni ko‘rgan odamlar emlashdan bosh tortishi tabiiy!
Bundan tashqari, ushbu farmatsevtika kompaniyalari oamlarning kasal bo‘lishidan manfaatdor. Ular hatto hali tarqalmagan, ammo kutilayotgan yangi kasalliklar uchun ham dori-darmonlar ishlab chiqishmoqda. Ushbu dori-darmonlarga xaridorlarni ko‘paytirish maqsadida aholini emlashni talab qilishmoqda. Farmatsevtika kompaniyalari mustamlakachi davlatlar ko‘magida katta daromad olishiga pandemiya davrida barchamiz guvoh bo‘ldik.
Shu bois, bugungi kunda emlashni qabul qilish yoki qilmaslik diniy qarashlardan ko‘ra ko‘proq aholining ishonchi va vaksinalarga nisbatan shubhalariga bog‘liqdir. Dori-darmonlar foyda va zararni o‘lchov qilib olgan kapitalistlar tomonidan ishlab chiqarilar ekan, bu shubhalarni bartaraf etib bo‘lmaydi. Buning muqobilida, Islom davlati o‘z fuqarolariga taklif qiladigan vaksinalar davlat muassasalarida va davlat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi hamda Islom davlatining sog‘liqni saqlash boshqarmasi ko‘magi va nazorati ostida xalqqa beriladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yoki boshqa mamlakatlardan yuborilgan vakillarning bunday faoliyatga rahbarlik qilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Zarar ko‘rish ham, zarar yetkazish ham yo‘q. Kim boshqalarga zarar yetkazsa, unga Alloh zarar yetkazadi. Kim boshqalarni mashaqqatga solsa, uni ham Alloh Taolo mashaqqatga soladi”, dedilar. (Hokim “Mustadrak”da rivoyat qilgan va Muslim shartlariga ko‘ra, isnodi sahih degan).
Nurdin Asanaliyev