Suvaydoda sodir bo‘layotgan qonli voqealar tashqi kuchlar bilan bog‘liq o‘choqlarning qanchalik xavfli ekanini aniq isbotlab, normallashuv jinoyati 14 yil davomidagi qo‘zg‘olon qurbonliklarini xavf ostiga qo‘yayotganini yaqqol tasdiqlamoqda

28
0

Matbuot bayonoti

Suvaydoda sodir bo‘layotgan qonli voqealar tashqi kuchlar bilan bog‘liq o‘choqlarning qanchalik xavfli ekanini aniq isbotlab, normallashuv jinoyati 14 yil davomidagi qo‘zg‘olon qurbonliklarini xavf ostiga qo‘yayotganini yaqqol tasdiqlamoqda

Bir necha kun davom etgan qattiq va qonli to‘qnashuvlar oqibatida yuzlab aka-ukalarimiz shahid bo‘lganidan so‘ng, chorshanba kuni Suriya mudofaa vazirligi Suvaydo shahridan Suriya armiyasi qo‘shinlarini olib chiqish boshlanganini e’lon qildi. Kutilmagan va hayratomuz tarzda yangragan ushbu qaror Amerika Suriya hukumatidan o‘z qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqishni talab qilinganidan hamda yahudiy vujudi aviatsiyasi 2025 yil 16 iyul chorshanba kuni Damashqda genshtab, mudofaa vazirligi hamda prezident saroyi atrofini shiddatli tarzda bombardimon qilganidan so‘ng e’lon qilindi. Shuningdek, undan avval Dimashq va Dar’a atroflaridagi bir qator hududlarda Suvaydoga yo‘l olgan Suriya armiyasi va xavfsizlik kuchlarining harbiy nuqtalari va kolonnalari ham bombardimon qilinib, ko‘plab shahidlar va yaradorlar berilgan edi.

Bugun qo‘zg‘olon, qochib ketgan jinoyatkor Bashar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, beqarorlik va taqdiriy sinovlar davrini boshidan kechirmoqda. Bu esa o‘z pozitsiyamizni va tanlangan yo‘lni jasorat bilan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Chunki qayta-qayta takrorlangan xatolar qo‘zg‘olonning nufuzini zaiflashtirdi va mujohidlar o‘z qoni bilan erishgan buyuk yutuqlarni yo‘qqa chiqardi. Shuning uchun bu chaqiriq – qo‘zg‘olon yo‘lini to‘g‘rilash va Allohning shariatiga qaytishga bo‘lgan chaqiriqdir.

«Ketaveringlar, sizlar ozodsizlar!», degan umumiy afv qarori qo‘zg‘olonni xavfli burilish nuqtasiga olib keldi. Chunki mazkur qaror na qo‘zg‘olon ahli bilan maslahatlashilgan holda va na yerlarni ozod qilgan va eng katta qurbonliklar bergan mujohidlarning fikrini inobatga olgan holda qabul qilindi. Natijada hal qiluvchi g‘alaba imkoniyati boy berilib, mamlakatda beqarorlik va fojialar eshigi ochildi. Bu esa orqaga chekinishlar zanjirining faqat boshlanishi bo‘ldi. Eng katta chekinish esa Allohning shariatini tatbiq etmaslik orqali Allohning g‘azabini keltirish bo‘ldi. Bu «Amerika va G‘arbdan qo‘rqdik» degan puch bahona bilan qilindi. Holbuki, ana shu kuchlar qo‘zg‘olonning avvalida ham, hozir ham Alloh va Rosulining hamda Shom qo‘zg‘olonining birinchi raqamli dushmanlari bo‘lib qolmoqda.
Sohil voqealari paytida mujohidlarga xavfsizlik o‘rnatish imkonini taqiqlash juda katta mas’uliyatsizlik bo‘ldi. Bu esa boshqa guruhlar uchun kengayish va mujohidlarga qarshi jasorat bilan chiqish imkoniyatini yaratib berdi.
Druzlar masalasiga nisbatan beparvo va yengil munosabat yangi ma’muriyatning jiddiy qabul qilmaslik holatini fosh qildi. Zero, ma’muriyat vakili haydaldi, xalqaro himoya so‘raldi va hatto yahudiy vujudi bilan aloqalar o‘rnatildi. Bu esa hech qanday ikkilanishga o‘rin qoldirmaydigan ochiq xiyonatdir.
Bunga qarshi berilgan javoblar esa juda zaif bo‘lib, hatto yahudiy vujudi bilan aloqa va hamkorlik o‘rnatgan va shu orqali – eng yumshoq qilib aytganda – ulkan xiyonat sodir etgan rejimlar oldida bo‘ysunishgacha yetib bordi.
Mustaqil siyosiy irodaning yo‘qligi, siyosiy qarorlarni Amerika ko‘rsatmalari, rejalari va manfaatlariga bog‘lash, uning roziligini izlash va qarorlariga bo‘ysunish yangi ma’muriyatni davlat suvereniteti va mustaqil qaror qabul qilishga daxldor jiddiy masalalarda qat’iy va samarali qaror qabul qilish imkoniyatidan mahrum qildi. Bu holat Sohilda Asad rejimi qoldiqlariga qarshi janglardan so‘ng ochiq namoyon bo‘ldi va druzlar masalasida yanada yaqqol ko‘rinib qoldi. Bu mujohidlarni himoyasiz holda qoldirdi hamda ularning kurash va qurbonliklari o‘z maqsadlariga yetmasdan behuda zoye bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Biz shuni aniq bilishimiz kerakki, xalqaro ko‘rsatmalarga bo‘ysunish va Amerika va’dalaridan umid qilish bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham faqat ochiq-oydin ziyon keltiradi. Mana, xalqaro ko‘rsatmalar va Amerika va’dalaridan umid qilish bizni yahudiylar uchun oson o‘lja qilib tashlab qo‘ydi. Yahudiylar yuzlab mujohid aka-ukalarimizni qirmoqda. Biz esa faqat «javob berish huquqimiz bor» degan holatda qoldik. Bu xalqaro ko‘rsatmalar Suvaydo atrofidagi badaviy qabilalarini ham qurolsizlantirib, himoyasiz holda intiqomning oson o‘ljasiga aylantirib qo‘ydi.
Bizning aqidamiz muqaddas hududlarimizni bosib olgan hamda G‘azo va butun Falastinda ahlimizga nisbatan eng jirkanch jinoyatlarni sodir etayotgan yahudiy vujudi bilan munosabatlarimizni aniq belgilab qo‘ygan. Bu munosabat urush va yahudiy vujudining mavjudligiga qarshi kurashdan iborat. Ummatning sodiq farzandlari bilan yahudiylar o‘rtasidagi jang shubhasiz muqarrardir. Shuning uchun ular bilan munosabatlarni normallashtirish yoki musulmonlarning hatto bir qarich yerida ularning hukmronligini tan oluvchi kelishuvlar tuzish mutlaqo haromdir.

Yahudiy vujudi bilan bo‘ladigan jang muqarrardir, undan qochib qutulishning iloji yo‘q. Buni kechiktirish esa faqat yanada ko‘proq insonlarning qoni to‘kilishi va imkoniyatlarning isrof bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ushbu jang uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib, har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.

Nusrat-g‘alabaga erishishning eng birinchi yo‘li — ikkilanish va kechiktirishdan yiroq holda, Allohning shariatini tatbiq qilishda chin va haqiqiy sadoqatni ochiq e’lon qilishdir. Bu ish Amerika yoki boshqalarning roziligi uchun emas, faqat Allohning roziligi va nusratini istab qilinadi. Agar shunday qilmasak, hech qachon tiklanmaymiz va mamlakatda na xavfsizlik qaror topadi, na suverenitet. Biz qo‘zg‘olonning asosiy tayanchi bo‘lgan xalq va uning sodiq farzandlariga tayanishimiz shart. Chunki qiyinchilik va sinov paytidagi haqiqiy suyanchig‘imiz avvalo Alloh Taolo, qolaversa mana shu farzandlarimizdir.

﴿وَمَن يَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسۡبُهُ﴾

«Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir» [Taloq 3]

 Hizb ut-Tahrirning

Suriya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.