Ozarbayjon safari yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga va shu orqali Ummat ko‘ksiga qonli xanjar urishga qaratilgan

58
0

Matbuot bayonoti

Ozarbayjon safari yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga va shu orqali Ummat ko‘ksiga qonli xanjar urishga qaratilgan

Frans-Press agentligi Damashqdagi bir diplomatik manbaga tayanib xabar berishicha, shanba kuni Suriya rasmiysi bilan yahudiy vujudi rasmiysi Boku shahrida bevosita uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Suriya prezidenti Ahmad Sharaning Ozarbayjonga rasmiy safari doirasida amalga oshiriladi.

O‘z shaxsini oshkor qilishni istamagan va ayni muzokaralardan xabardor bo‘lgan ushbu manbaning ta’kidlashicha, «Suriya rasmiysi bilan yahudiylar rasmiysi o‘rtasidagi bu uchrashuv Sharaning Boku safari doirasida amalga oshirilayotgan esa-da, unda Sharaning o‘zi ishtirok etmaydi».

Manbaga ko‘ra, muzokaralar asosan Suriyada yaqinda paydo bo‘lgan yahudiy vujudining harbiy joylashuvi haqida bo‘lishi kutilmoqda. Manba, shuningdek, Bashar Asad hokimiyati qulatilganiga yetti oydan ziyod vaqt o‘tganidan so‘ng, yahudiy vujudi qo‘shinlarining Suriyadagi janubiy hududlarga bostirib kirganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Damashq hozirgacha birorta ham bevosita muzokara haqida rasmiy bayonot bermagan. Biroq Suriya hukumati o‘tgan dekabr oyida hokimiyatga kelganidan beri yahudiy vujudi bilan bilvosita muzokaralar o‘tkazganini tan oldi hamda ayni muzokaralarning keskinlashuvni cheklash maqsadida olib borilayotganini va bu yahudiy vujudi Suriyaning harbiy infratuzilmasiga yuzlab havo hujumlari uyushtirganidan so‘ng boshlanganini da’vo qildi.

Tobora ortib borayotgan ko‘plab dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tish davri boshqaruvi bilan yahudiy vujudi o‘rtasida normalizatsiyani ilgari surish qadamlari tashlanmoqda. Bu kabi uchrashuvlar ortida yashirin kun tartiblari mavjud bo‘lib, ularning umumiy yo‘nalishi bosqinchi yahudiy vujudini davlat sifatida qonuniylashtirish tomon ketmoqda. Shu bilan birga, muborak Falastin zaminidagi, xususan, G‘azodagi birodarlarimiz ko‘ksiga halokatli zarba berishga ham qaratilgan. G‘azo ahli esa zolim Bashar rejimi Allohning marhamati bilan qulatilganidan keyin Shom ahlidan intiqlik bilan yordam kutayotgan edi. Bundan tashqari, mazkur uchrashuvdan Ummatning qolgan irodasini ham sindirish ko‘zlangan. Chunki butun Islom Ummati qo‘zg‘olonga va uning shiorlariga katta e’zoz-ehtirom bilan qaragan edi. Bugun esa barcha voqealar uning orzu-umidlari, shiorlari va o‘zgarmas asoslaridan butunlay uzoqlashib ketganiga guvoh bo‘lmoqda.

Yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish – Ummatning irodasini sindirish va uning jon tomiriga berilgan halokatli zarbadir.

Har qanday aqli raso insonga ayon bo‘ldiki, yahudiy vujudi bilan normallashish na «siyosiy zarurat», na «taktik qadam»dir. Aksincha, bu eng chuqur tubanlik va eng tubsiz jarlik bo‘lib, Ummatga dunyoda xorlik ketidan xorlik, oxiratda ochiq yo‘qotishni keltiradi. Eng avvalo esa, bu Allohga va Rosuliga, shahidlar qoniga va sidqidildan fidokorlik qilganlarning qurbonliklariga xiyonatdir. Shuningdek, bu uchrashuv Ummatning o‘zgarmas asoslariga qarshi inqilob bo‘lib, uni «Abraxam kelishuvi» asosida bo‘ysundirishga hamda yahudiylar bilan bo‘lgan kurashni bosqinchilik kurashidan faqat hudud va chegaralar kurashiga aylantirishga qaratilgan.

Shuning uchun ushbu xatarli yo‘l va halokat jarligiga yurganlar yaxshi bilib qo‘ysinlar: biz qo‘zg‘olon yillari davomida odamzod va jamodotni ayamay yo‘q qilgan qotillik va jinoyat mashinasiga qarshi kurashib keldik. O‘shanda ham bu yahudiy vujudi Asad rejimini xavfsizlik va maxsus xizmatlar orqali qo‘llab-quvvatlashda asosiy rol o‘ynagan. Ayniqsa, rejim malaylari o‘zlarining yahudiylar bilan bo‘lgan aloqalarini fosh qilgandan keyin bu haqiqat batamom oshkor bo‘lgan.

Shunday ekan, bularning barchasiga javobimiz yarashish va normallashish bo‘lishi kerakmi yoki darhol Robbimiz amriga itoat qilib, G‘azodagi birodarlarimizga nusrat-yordam berishga shoshilishmi?!

Biz sodir bo‘layotgan bunday hodisalarning ulkan xataridan ogohlantiramiz hamda qator shahidlar, mahbuslar va qochqinlar bergan, qahramonlik, sabr va fidokorlik dostonlarini yozgan Shom qo‘zg‘oloni ahliga murojaat qilib bunday deymiz: yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishdek iflos botqoqqa sizni ham tortishmoqchi, bunga sukut qilmang! Bunday normallashuv jinoyatini hatto qulagan jinoyatkor rejim ham o‘nlab yillar davomida ochiq aytishga jur’at qilmagan edi.

Qonxo‘r yahudiylar bilan normallashish, bu – xiyonat, xavfli tuzoq bo‘lib, bu yo‘ldan yurgan, uni targ‘ib qilgan yoki unga sukut saqlagan har bir kimsaning peshonasidagi uyat va sharmandalik dog‘idir. Shu sababli, butun Ummat farzandlari, ayniqsa, Shom qo‘zg‘oloni ahli bugun qat’iy tarzda o‘z so‘zlarini aytib, dinlarining o‘zgarmas tamoyillariga mahkam yopishishlarini ochiq e’lon qilishlari vojib. Chunki aynan shu Islom tamoyillari musulmonlarning yurtini bosib olgan va ahlini qatli om qilayotganlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish kerakligini aniq ko‘rsatib qo‘ygan. Barcha musulmonlar ham mana shunday o‘z so‘zlarini aytsinlar hamda qirg‘in va normallashuv loyihalariga butun qat’iyat va kuch bilan qarshi tursinlar. Chunki bunday ulkan xatar qarshisida sukut qilish eng og‘ir jinoyatdir.

Ishonchimiz komilki, yahudiy vujudi Allohning izni bilan albatta zavolga yuz tutadi va bu kun yaqindir. Uning zavoli esa, faqat rabboniy va xolis rahbar hamda Allohning roziligini ko‘zlagan sodiq askarlar qo‘li bilan, yer yuzida Allohning hukmini barpo etish orqali bo‘ladi. Bu esa, albatta, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik bayrog‘i ostida amalga oshadi. Alloh ushbu buyuk ishga izn bergunga qadar, shuni unutmangki, hayot pozitsiya egallashdan iboratdir. Kim bugun normallashuvga qarshi qat’iy pozitsiya egallamasa, uning nomi tarixda sotqin va xoin deya yozilib qoladi va bu sharmandalik har qancha vaqt o‘tmasin o‘chmaydi.

﴿وَٱللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰٓ أَمۡرِهِۦ وَلَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴾

«Alloh O‘z ishida g‘olibdir lekin odamlarning ko‘plari (buni) bilmaydilar»                                                                                                    [Yusuf 21]

 Hizb ut-Tahrirning

Suriya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.