Da’vatni yetkazuvchi Muborak ibn Nosir vafot etdi
Ta’ziya
﴿وَلَنَبۡلُوَنَّكُم بِشَيۡءٖ مِّنَ ٱلۡخَوۡفِ وَٱلۡجُوعِ وَنَقۡصٖ مِّنَ ٱلۡأَمۡوَٰلِ وَٱلۡأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَٰتِۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّٰبِرِينَ﴾
«Biz sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan albatta imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va albatta U zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering» [Baqara 155]
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati chuqur qayg‘u va alam ila Mabruk ibn Nosirning vafot etganini ma’lum qiladi. U kishi hijriy 1446 yil 23 Zulhijja payshanba kuni Rabbisi huzuriga rehlat qildi. Hizb ut-Tahrir a’zolaridan bo‘lgan birodarimiz Mabruk eng qiyin zulm va diktatura sharoitida ham saflarda faoliyat yuritdi. Avval Burqiba hukmronligida, so‘ng Bin Ali hukmronligida qamoqqa olindi, biroq o‘sha og‘ir yillarni sabr va savob umidida o‘tkazdi. Da’vatini mahkam ushlab, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikka da’vat qilishda bor kuchini sarfladi. U da’vatida sobitqadam, Robbisining va’dasiga va Rosuli ﷺning bashoratiga to‘liq ishongan holda yashadi va shunday holda vafot etdi.
Allohdan duo qilib, birodarimiz Mabrukni jannatning eng oliy darajasi – Firdavsga joylashtirishini va uni payg‘ambarlar, siddiqinlar, shahidlar va solihlarga hamroh aylashini so‘rab qolamiz, zero, ular qanday ham go‘zal hamrohdirlar!
﴿إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّآ إِلَيۡهِ رَٰجِعُونَ﴾
«Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va albatta U zotga qaytguvchilarmiz» [Baqara 156]
Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi
matbuot bo‘limi