Markaziy Osiyo-Xitoy sammiti: Bu safar ham uyg‘ur musulmonlarining masalasi ko‘tarilmadi!
2025 yil 17 iyun kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo-Xitoy” ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Izoh:
Mazkur sammitda imzolangan bir qancha kelishuvlar, rasmiy bayonotlar va qo‘l siqishishlardan tashqari hech kim tomonidan ko‘tarilmagan juda muhim masalaga e’tiboringizni jalb qilmoqchimiz. Ha, bu mavzuga hech kim e’tibor qaratmadi, hatto bir og‘iz so‘z ham aytilmadi. Aslida, Xitoy bilan munosabat o‘rnatilar ekan, bu masala birinchi o‘rinda turishi va bundan boshqa barcha masalalarga ikkinchi darajali masalalar sifatida qaralishi kerak edi. Sof Islomiy nuqtayi nazar aynan shunday bo‘lishi kerak. Siz bu qanday masala, deb so‘rarsiz?
Bu – Sharqiy Turkiston masalasidir. Bu Xitoyning ateist rejimi tomonidan uyg‘ur musulmonlarining shafqatsizlarcha qirg‘in qilinishiga qarshi chiqish masalasidir.
To‘g‘ri, hozirda G‘arbiy Sohil va G‘azodagi la’nati yahud vujudining shafqatsiz qirg‘inlari qolgan barcha masalalarni ikkinchi darajaga tushirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Albatta bu hozirda, hech shubhasiz, har bir musulmonning qalbini og‘ritgan eng qayg‘uli masaladir. Biroq bu sammitda uyg‘ur musulmonlarining azoblari va ularning achchiq faryodlarini bir chetga surib qo‘yib, Xitoyning harom pullariga so‘lagi oqqan Markaziy Osiyo rejimlarining xiyonati ham e’tibordan chetda qolmasligi zarur. Vaholanki, bu rejimlar o‘zlarini “musulmon xalqlarining manfaati uchun katta davlatlar bilan hamkorlik qilayotgandek” qilib ko‘rsatishadi. Agar rostdan ham shunday bo‘lsa, nega boshqa barcha masalalarni bir chetga surib qo‘yib, uyg‘ur musulmonlari masalasini asosiy mavzu sifatida ko‘tarishmadi?! Holbuki, aynan mana shu masala mintaqada o‘zini “musulmonlar yetakchisi” deb ko‘rsatayotgan prezidentlarni tashvishga solishi lozim edi. Modomiki, musulmonlarning quvonchi va qayg‘usi bir ekan, uyg‘ur birodarlarimizga g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘layotgan bu la’nati Xitoy rejimi bilan qanday hamkorlik haqida gapirish mumkin?! Qanday qilib ular bilan kulib, quchoqlashib, abadiy do‘st bo‘lish va yaxshi qo‘shnichilik qilish mumkin?! Bu eng jirkanchli xiyonat va qo‘rqoqlik alomati emasmi?!
Aslida Xitoy bizga do‘st ham, yaxshi qo‘shni ham emas. Chunki u Sharqiy Turkistonni ishg‘ol qilib, u yerdagi musulmonlarga faqat musulmon bo‘lgani uchun zulm va zo‘ravonlik qilmoqda. Alloh taolo shunday deydi:
﴿وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ إِلَّا أَن يُؤْمِنُوا بِاللهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ﴾
“Ular (mo‘minlardan) faqat u(mo‘min)lar qudrat va maqtov egasi bo‘lgan Allohga – osmonlar va yerning podshohligi O‘ziniki bo‘lgan zotga iymon keltirganlari uchungina o‘ch oldilar!”. (Buruj surasi, 8-oyat).
Shunday ekan, Xitoydek iflos va najas tuzum qanday qilib bizga yaxshi qo‘shni yoki do‘st bo‘lishi mumkin?! Alloh Taolo yana marhamat qiladi:
﴿قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ﴾
“Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir”. (Oli Imron surasi, 118-oyat).
Xitoyning musulmonlarga qarshi adovati ochiq-oydin ko‘rinib turgan holda uni do‘st tutish eng katta xiyonatdir. Agar Xitoyning harom pullari uchun musulmonlar e’tiborsiz tashlab qo‘yilsa, bu yanada kattaroq xiyonatdir! Alloh Taolo aytadi:
﴿إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٞ﴾
“Mo‘minlar, hech shak-shubhasiz, og‘a-inidirlar”. (Hujurot surasi, 10-oyat).
Rasululloh ﷺ aytdilar:
المُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لا يَظْلِمُهُ وَلا يُسْلِمُهُ
“Musulmon musulmonning birodaridir. U o‘z birodariga zulm ham qilmaydi va uni (zolim qo‘liga) topshirib ham qo‘ymaydi”.
Alloh Taoloning mana shunday aniq-ravshan buyruqlari turganda, Markaziy Osiyo rejimlarining Uyg‘ur musulmonlari masalasida uyalmasdan savdolashishlari kechirilmas jinoyatdir! Biroq mintaqadagi musulmon xalqlar, xususan, yetakchilikka loyiq bo‘lgan O‘zbekiston musulmonlari bu rejimlarning, xususan, O‘zbekiston rejimining jinoyatlariga sherik bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘lishlari lozim. Chunki ko‘rib-bilib, sukut saqlash ham jinoyatga sherik bo‘lish hisoblanadi.
Musulmon xalqimizga murojaatimiz shuki, bu qo‘rqoq rejimlar uyg‘ur masalasini yashirsa ham, siz uni hech qachon unutmang! Aksincha, Xitoy bilan munosabatlarda uni ustuvor masala qilib qo‘yishi uchun hukumatga qattiq bosim o‘tkazing! Hech bo‘lmaganda, O‘zbek rejimidan Xitoy bilan barcha loyihalar va aloqalarni to‘xtatishni talab qiling! Toki, Xitoy Uyg‘ur musulmonlariga zulm qilishni to‘xtatsin va Sharqiy Turkiston musulmonlari yolg‘iz emasliklarini va musulmonlar ularni yolg‘iz tashlab qo‘ymaganliklarini his qilsin! Albatta, bu Sharqiy Turkistonni Xitoy istilosidan ozod qilib, haqiqiy ozodlik va himoyani kafolatlovchi Xalifalik davlati tiklangunga qadar vaqtinchalik yechimdir, xolos!
Foruq O‘zbekistoniy