Qirg‘iziston KXSHTni tark etishi lozim
Issiqko‘lning Cho‘lpon-Ata shahrida KXSHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha BMTning mintaqaviy markazini tashkil etishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. Bundan tashqari, xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Izoh:
KXSHT 1992 yil 15 mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, Armaniston, Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston respublikalari mazkur tashkilotning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston 2012 yilda tashkilotni tark etgan. KXSHT tarkibida 26 ming muntazam qo‘shin va 4 mingdan ortiq tinchlikparvar qo‘shindan iborat 10ta batalyon mavjud. 3ta batalyon Rossiyaga tegishli bo‘lsa, 2tasi Qozog‘istonga tegishli, qolgan davlatlarga esa bittadan batalyon tegishli. Havo kuchlarining 10ta harbiy samolyoti va 14ta vertolyoti Rossiyaning Qirg‘izistondagi havo bazasida joylashgan.
KXSHT ustavida tashkilotning maqsadi “Tinchlikni, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni, barqarorlikni mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlarning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish”dan iboratligi qayd etilgan. Biroq bu tashkilot o‘ziga a’zo davlatlarning xavfsizligiga hujum bo‘lganda uni himoya qila olmay, voqeaga ko‘z yumgan holatlar ko‘p uchraydi. Masalan, 2020-2022-yillarda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy harakatlar boshlanganida, Armaniston tashkilotga a’zo bo‘lishiga qaramay, KXSHT voqeaga munosabat bildirmay, chetdan kuzatib turdi. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara mojarolari yuzaga kelganida ham, KXSHT quruq bayonotlar bilan cheklanib, amalda hech narsa qilmadi. Bu faktlar shundan dalolat beradiki, KXSHTda qabul qilingan kelishuvlar Rossiya manfaatlariga mos kelsagina amalga oshiriladi. U hozirda KXSHT faoliyatida ishtirok etmayotgan Armanistonga turli bosimlar o‘tkazishga harakat qilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qirg‘izistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Armaniston rasmiylariga nisbatan quyidagicha bayonot berdi: “Agar Armaniston o‘z ittifoqchilari, hamkorlari va qo‘shnilaridan yuz o‘girsa, arman xalqi bundan foyda ko‘rmaydi. Biz Armanistonni tashkilotning to‘laqonli a’zosi deb hisoblaymiz. Ammo buning uchun KXSHT ustavining hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish shu jumladan, to‘lovlarni to‘lash talab qilinadi. Arman hukumati rasmiylaridan aniqlik kiritishlarini kutib qolamiz”.
Ko‘rib turganimizdek, har qanday xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar hech qachon zaif davlatlar manfaatlariga xizmat qilmaydi. Bu tashkilotlar faqat mustamlakachi kofir davlatlarning ta’sirini kuchaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, mintaqadagi rejimlar uchun Islomiy mafkura jamiyat strukturasiga muqobil bo‘lganligi sababli, bu tashkilotlar Islom va musulmonlarga qarshi kurashni o‘zlarining asosiy maqsadi qilib oldilar. Bu kurash ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bahonasida olib borilmoqda. O‘rni kelganda bunday tashkillotlar hukumatni ag‘darish va davlat to‘ntarishni amalga oshirishda haqiqiy ekstremistlarga yordam beradi. Qozog‘istonda hokimiyatni Nazarboyevdan Tokayevga olib berish paytida yuzaga kelgan tartibsizliklarga KXSHT kuchlarining aralashuvi bunga yorqin misoldir.
Shuning uchun Markaziy Osiyodagi Islomiy o‘lkalar kufrga asoslangan bunday harbiy tashkilotlardan voz kechishi shart. Bu mazkur tashkilot ustaviga ham zid emas. Buning o‘rniga, Islomiy o‘lkalar Islom asosida birlashib, Xalifalik davlati orqali Ummat xavfsizligini ta’minlashi va dushman tahdidlariga qarshi turishi zarur. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi. Agar u odamlarni Alloh Taolodan taqvo qilishga buyursa va adolatli bo‘lsa, unga ajr bo‘ladi, agar boshqa narsaga buyursa, jazoga loyiq bo‘ladi”. Muslim rivoyat qilgan.
Nurdin Asanaliyev