IHTning quruq bayonotlari AQSHga zarar keltirmaydi

15
0

IHTning quruq bayonotlari AQSHga zarar keltirmaydi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlar kengashining 51 sessiyasida nutq so‘zladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

U o‘z nutqida Qirg‘iziston IHTning maqsad va tamoyillariga qat’iy sodiqligini hamda Islomiy o‘lkalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib borayotgani haqida ham bayonot berdi. Jeenbek Kulubayev Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayib borayotganidan va G‘azodagi fojiali voqealardan Qirg‘iziston xavotirda ekanligini bildirdi. Uning aytishicha, bu voqealar mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Vazir IHTga a’zo barcha davlatlarni vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun birgalikda harakat qilishga chaqirib, muammolarni tinch yo‘l bilan, faqat diplomatik muzokaralar orqali hal qilish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Qirg‘iziston barcha xalqaro nizolarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori ekaniga yana bir bor urg‘u berdi.

Izoh:

Nafaqat Qirg‘iziston, balki Islomiy o‘lkalarning boshqa yetakchilari ham Islom hamkorlik tashkiloti doirasida odatga aylangan, quruq bayonotlar bilan chiqishdi.

IHTga a’zo barcha davlatlar rahbarlarining bayonotlari, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bayonoti ham ularning mustamlakachi kofirlar belgilagan chegaradan chiqmasligini va ruxsatsiz hech qanday harakatga qo‘l urmasligini yaqqol namoyon qildi.

G‘arbning siyosiy va mafkuraviy malaylariga aylangan Islomiy o‘lkalarning yetakchilari mustamlakachilar tarafidan o‘rnatilgan tartib qoidalari bilan cheknanishga majburdir. Ular mustaqil fikr yuritishga va harakat qilishga aslo qodir emaslar.

AQSH zaif, falaj holatga tushib qolgan Islomiy o‘lkalar yetakchilaridan qo‘rqmaydi, balki u o‘sha malaylarni tan olishdan bosh tortgan haqiqiy musulmonlardan qo‘rqadi. Aynan mana shu qo‘rquv tufayli Amerika Shom mintaqasida yahudiy vujudini o‘rnatib, ularni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Amerika IHT kabi zaif Islomiy tashkilotlarning samarasiz qarorlarini bir chaqaga ham olmasligi kundek ravshan. U yahudiylarni himoya qilishda va uning Eron va Falastinga, hatto butun Yaqin Sharqqa qarshi tajovuzini oqlashda davom etaveradi.

Yahudiy vujudi Islom yerlaridan butunlay yo‘q qilinmaguncha Amerika va uning “erkatoy”i Netanyaxuning jinoyatlari aslo to‘xtamaydi. Bunga faqat kuchli va to‘laqonli Islom davlati amalga oshiradigan jihod orqali erishish mumkin.

Hujjad Jamiya

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.