“Markaziy Osiyo-Xitoy” sammiti:
Mintaqada nufuz talashish
17 iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit yakunida qator hujjatlar, jumladan sanoat, savdo-iqtisodiyot, yashil minerallar, temir yo‘llar, ekspress yo‘nalishlar, bojxona sohasi, yuk tranzitini osonlashtirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
Sammit doirasida “Markaziy Osiyo – Xitoy” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi va umumiy qiymati 25 milliard dollarlik 58ta shartnoma imzolandi. Xitoy savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalari 94,8 milliard dollardan oshgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 5,4 milliard dollarga ko‘pdir. Mintaqadagi davlatlar tashqi savdo aloqalarining 40 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda Xitoy va mintaqa davlatlari o‘rtasida “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi doirasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasidir. Uning qurilishiga 4,665 milliard dollar sarflanishi aytilmoqda. Temir yo‘l qurilsa, mintaqa davlatlarining Yevropaga yuk tashish masofasi 900 kilometrga qisqaradi. Bundan tashqari, Sirdaryoda qiymati 1 milliard dollarga baholangan 1500 megavatt quvvatga ega gaz elektr stansiyasi qurilmoqda. Shuningdek Xitoy kompaniyalari mintaqaning asosiy yerosti boyliklarini qazib olish litsenziyasiga ega. O‘tgan yili Xitoyning ushbu mintaqa orqali Yevropaga eksporti 12 foizga oshib, 211 ming konteynerga yetdi.
Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollarga yetadi. Mintaqada jahon uran zahiralarining 20 foizi, neftning 17 foizi, tabiiy gazning 7 foizi va noyob mineral resurslarining katta zahiralari mavjud.
Bunday strategik ahamiyatga ega resurslar nafaqat Xitoyning, balki jahondagi barcha mustamlakachi davlatlarning ham ko‘zini o‘ynatishi aniq. Xususan, keyingi yillarda xalqaro sahnadagi nufuz talashish va Tramp boshchiligidagi Amerikaning takabburona siyosati tabiiy resurslar uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, avvallari mustamlakachilar mintaqa davlatlarining har biri bilan alohida aloqalar o‘rnatib, ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirda esa resurslar uchun kurash ularni mintaqaga bir butun “Markaziy Osiyo” sifatida karashga majbur qilmoqda. Shu bois mintaqa davlatlari va qator yirik davlatlar o‘rtasida “Markaziy Osiyo+1” formatida sammitlar tashkil etilmoqda.
Dastlab, 2015 yilda “Markaziy Osiyo – Amerika” sammiti tashqi ishlar vazirlari darajasida tashkil etildi. Keyin, Bayden prezidentligi davrida u prezidentlar darajasiga ko‘tarildi. Amerika C5+1 sammitlari orqali terrorizmga qarshi kurash, savdoni rivojlantirish, transport koridorlarini yaratish, energetika va mintaqaviy hamkorlik loyihalarini muhokama qilib kelmoqda. U bu loyihalar orqali mintaqani Rossiya ta’siridan uzoqlashtirishga va Xitoyga qarshi turishga harakat qilib keladi. Biroq Amerikaning mintaqadagi imkoniyatlari cheklangani bois Hindiston, Janubiy Koreya va Yaponiya sammitlari C5+1 formatida tashkil etilgan. Ma’lumki, AQSH Xitoy ta’siriga qarshi kurashish uchun Janubiy Koreya, Yaponiya va Hindistondan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Boshqacha aytganda, bu sammitlar so‘z yuritilayotgan mamlakatlarning iqtisodiy manfaatlariga xizmat qilsa-da, odatda, Amerikaning mintaqadagi Xitoyga qarshi siyosatiga mos ravishda olib boriladi. Shuningdek, Amerika Ko‘rfazning boy arab davlatlari bilan Markaziy Osiyo o‘rtasida sammitlar uyushtirish orqali mintaqaning iqtisodiy ehtiyojlaridan foydalanib, o‘z ta’sirini kengaytirishga harakat qilib kelmoqda.
Qolaversa, AQSH mintaqa davlatlarini “TAPI”, “CASA-1000”, “Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar” temir yo‘l loyihalari orqali iqtisodiy jihatdan o‘ziga bog‘lab olishga harakat qilmoqda. Shuningdek Turkiya boshchiligidagi “Turkiy davlatlar tashkiloti” orqali o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi sammitlar 2022 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Yevropa Ittifoqi 2019 yilda Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiya qabul qildi. Uning strategiyasi mintaqaga sarmoya kiritish orqali mintaqadagi iqtisodiy ta’sirini oshirishdan tortib, talabalarni tayyorlash va tajriba almashish bahonasida o‘z kadrlarini tayyorlashgacha bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Hozircha Markaziy Osiyo mamlakatlarida Yevropa Ittifoqining siyosiy ta’siri zaif bo‘lsa-da, sarmoya va savdo aloqalari orqali iqtisodiy ta’sirini kengaytirmoqda.
Yevropa uchun ham Markaziy Osiyodagi noyob mineral resurslar va strategik yo‘llar katta ahamiyatga ega. Shu bois joriy yilda, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ilk bor O‘zbekistonda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitida uchrashdilar. Yig‘ilishda Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen shunday dedi: “Biz Markaziy Osiyoni Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi barqaror va ekologik toza transport aloqalari uchun asosiy markaz sifatida ko‘ramiz”.
Bundan tashqari, Yevropaning ayrim yetakchi davlatlari Markaziy Osiyo bilan alohida sammitlar o‘tkazmoqda. Masalan, 2023 yilda “Markaziy Osiyo-Germaniya” o‘rtasida birinchi sammit bo‘lib o‘tdi. Germaniya mintaqaga jami 70 milliard dollar sarmoya kiritdi. Uning asosiy qismi Qozog‘istondagi mineral resurslarga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, Germaniya Trans-Kaspiyning transport yo‘lagi bo‘yicha hamkorlikdan manfaatdor. “Markaziy yo‘lak” loyihasi Xitoy va Markaziy Osiyoni Qozog‘iston orqali Yevropaga bog‘laydi. Germaniya hukumati mazkur loyihaga 10 milliard yevro ajratishga rozi bo‘ldi.
Germaniyadan so‘ng 2025 yil 30 may kuni Qozog‘istonda birinchi “Markaziy Osiyo-Italiya” sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit doirasida mintaqa davlatlari bilan Italiya o‘rtasida qator sarmoyaviy loyihalar imzolandi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri ham o‘tgan yili rasmiy tashrif bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, davlatlar rahbarlari bilan milliardlab dollarlik shartnomalar imzolagan edi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlarining ham alohida maslahat uchrashuvlari bor. Binobarin, bularning barchasi mustamlakachilar mintaqani bir butun sifatida ko‘rib, uning boyliklariga to‘liq egalik qilmoqchi ekanliklaridan dalolat beradi. Ammo mintaqani o‘zining odatiy tomorqasi sifatida ko‘rgan Rossiya, bu mamlakatlarga boshqa mustamlakachilarning kirib kelishiga, ayniqsa G‘arb davlatlarining ta’siri kuchayishiga jim qarab turolmaydi. Shu bois, Rossiya mintaqadagi ta’sirini saqlab qolish uchun o‘tgan yili “C5-Rossiya” sammitini tashkil qildi. Rossiya bu platforma orqali, asosan G‘arbning mintaqada kuchayib borayotgan ta’siriga qarshi turishga harakat qiladi. Biroq Xitoyning mintaqada kuchayib borayotgan ta’siriga qarshi kurashishga ojizligi uchun u bilan muzokara olib borishga majbur. Shunga qaramay, Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaning mintaqadagi ta’siri pasayib, o‘z o‘rnini Xitoyga bo‘shatib bermoqda. Masalan, Rossiyaning mintaqa davlatlari bilan savdo aloqalari 2024 yilda qariyb 70 milliard dollarga yetdi. Xitoy va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalari esa 94 milliard dollarga yetgan. Shuningdek mintaqada faol amalga oshirilayotgan loyihalar ham Xitoyga tegishli.
Buning muqobilida, viloyat rahbarlari va umuman jamiyat e’tiborga olishi kerak bo‘lgan omil ham bor. Bu mintaqada iz qoldirgan va bugungi kungacha musulmonlar qalbidan joy topgan Islom xalifaligidir. Markaziy Osiyo azaldan Islom olamining bir qismi bo‘lib kelgan. Tarixdan ma’lumki, kofirlarning uyqusini buzgan mashhur olimlar, mashhur sarkardalar shu joylarda tug‘ilib o‘sgan. Bu qahramonlarning avlodlari 1990 yillar boshida kommunistik tuzum qulagandan keyin hokimiyat tepasiga kelgan rahbarlardan Islom asosida hukmronlik qilishlarini talab qildilar va hozir ham talab qilishmoqda. Xususan, Yaqin Sharqda ro‘y berayotgan voqealar mintaqadagi musulmon xalqlarning his-tuyg‘ularini uyg‘otib, ongini Islomni amalga oshirishga yo‘naltirmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Markaziy Osiyo mustamlakachilar uchun mineral resurslarga ega bo‘lish va mintaqada ta’sirini kuchaytirish uchun kurash maydoniga aylanib bormoqda. Musulmonlar esa, ularga qarshi o‘z dinlarini mahkam tutib, zolimlar zulmidan qo‘rqmay, da’vat yukini ko‘tarib chiqishmoqdalar. Xalq orasidan chiqqan da’vatchilar din uchun zolimlar zindonlarida shahidlik maqomiga erishdilar. Qolganlari esa bu yo‘lda shahid bo‘lishga intizor bo‘lib turishibdilar. Binobarin, inshoAlloh, bu yerlar tez orada Payg‘ambarlik minhoji asosida boshqariladigan Xalifalik davlatining bir qismiga aylanadi va mustamlakachilarga qarshi kurashda muhim nuqtaga aylanadi. Alloh Taolo aytadi:
لِلَّهِ الْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِن بَعْدُ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللهِ يَنصُرُ مَن يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ
“Avvalu-oxir barcha ish Allohning (izmida)dir. O‘sha kunda mo‘minlar Alloh (rumliklarni) g‘olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xoxlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir”. (30:4,5)
Mumtoz Mavarounnahriy