Alloh zolimlarning zulmidan g‘ofil emas

7
0

Alloh zolimlarning zulmidan g‘ofil emas

Alloh Taolo aytadi:

وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ غَافِلاً عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ

“(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil», deb o‘ylamang! Faqat Alloh ularni(ng jazolarini) ko‘zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos”. [14-42]

Qirg‘izistonda turli jinoyatlar sodir etgan jinoyatchilar davlat xavfsizlik xizmatlari tomonidan ayovsiz hibsga olinayotganini ko‘ryapmiz. Ularning ba’zilari jinoiy to‘da a’zolari bo‘lsa, ba’zilari poraxo‘rlar va hokazo… Agar ular haqiqatan ham shunday ishlarga qo‘l urgan bo‘lsa, shariatda ham jinoyatchi sanaladi. Biroq, ayni paytda hech qanday jinoiy ishga qo‘l urmagan, faqat Allohning diniga da’vat qilib, “Robbim Alloh” degani uchungana hibsga olingan bir qancha insonlarning borligiga ham guvoh bo‘lib turibmiz. Ular ham haqiqiy jinoyatchi sifatida shafqatsizlarcha hibsga olinib, qamoqxonalarga tashlanmoqda va o‘sha joylarda shafqatsiz kaltaklar va boshqa “zamonaviy” qiynoqlarga duchor qilinmoqda. Bu mazlumlar Hizb a’zolaridir. Zolimlar esa hukumat va uning xavfsizlik xizmatlaridir.

Hozir dunyoga hukmronlik qilayotgan bosqinchi kofir G‘arb davlatlari Islomga qarshi kurash uchun “terrorizm”, “ekstremizm” kabi ertaklarni o‘ylab topdilar. Ularga malay bo‘lgan Islom o‘lkalarining hukmdorlari o‘zlarining kofir xo‘jayinlariga xushomad qilib, o‘z mamlakatlarida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilishdi. Oqibatda sekulyar-demokratik davlatlar belgilagan “ramka”dan tashqari Allohning diniga da’vat qilayotgan da’vatchilar terrorchi va ekstremist deb ataladigan “jinoyatchilar”ga aylanib qoldi.

Aslida, tog‘utlarning Allohning diniga qarshi kurashi qadimdan mavjud. Bunga eng yorqin misollardan biri Qur’onda kelgan Fir’avn qissasidir. Fir’avn o‘z hokimiyati bilan shu qadar takabburlandiki, hatto o‘zini xudo deb da’vo qilishgacha bordi:

فَحَشَرَ فَنَادَي  فَقَالَ أَنَاْ رَبُّكُمُ الأَعْلَى 

“So‘ng (o‘z odamlarini) to‘pladi-da, jar solib: «Men sizlarning eng ustun Parvardigoringizdirman», dedi”. (79:23-24).

Hozirgi kofir davlatlarning rahbarlarining ham Fir’avndan farqi yo‘q. Fir’avn davrida sehrgarlar Muso alayhissalomning mo‘jizasini ko‘rib, unga iymon keltirishgan edilar. Shunda Fir’avn ularga shunday dedi:

ءَامَنْتُمْ لَهُ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ

“Unga men izn bermay turib iymon keltirdingizmi?”. [20-71]

Bugungi kufr yetakchilari ham odamlarga o‘zlari xohlaganday iymon keltirishni o‘rgatmoqdalar. Ular “Siz har qanday dinga e’tiqod qilishingiz mumkin, masalan, olovga yoki butga sig‘inishingiz ham mumkin, hech farqi yo‘q. Faqat “e’tiqod erkinligi”ga muvofiq iymon keltirishiniz va faqat demokratik qonunlar doirasida o‘z diningizga amal qilsangiz bas”, deyishadi. Ular faqat mana shu to‘g‘ri deyishadi:

قَالَ فِرْعَوْنُ مَا أُرِيكُمْ إِلاَّ مَا أَرَى وَمَا أَهْدِيكُمْ إِلاَّ سَبِيلَ الرَّشَادِ

“Fir’avn aytdi: Men sizlarga faqat o‘zim ra’y qilayotgan narsani ko‘rsaturman va men sizlarni faqat to‘g‘ri yo‘lga yetaklarman”. [40-29]

Fir’avn o‘ziga itoat qilmagan iymon ahllariga azoblar bilan tqhdid qildi:

فَلأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ مِنْ خِلاَفٍ وَلأُصَلِّبَنَّكُمْ فِي جُذُوعِ النَّخْلِ وَلَتَعْلَمُنَّ أَيُّنَا أَشَدُّ عَذَابًا وَأَبْقَى

“… Bas, endi albatta oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (ya’ni o‘ng qo‘l, oyog‘ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarni xurmo shoxlariga osurman, (ana o‘shanda) qaysimizning (ya’ni, meningmi yo Musoning xudosi) azobi qattiqroq va uzunroq ekanini bilib olursizlar». [20:71]

Shuningdek u muminlarni o‘zi aytgan o‘limga hukm qildi. Ammo mo‘minlar iymonlarida sobit turib, shahidlikni tanladilar. Shunday qilib, Fir’avnning azoblari mo‘minlarning iymoni oldida zaiflik qildi va Fir’avnni ojiz qoldirdi.

Fir’avn dunyoda sinalganidek, Tramp, Putin va Szinpin kabi bugungi tog‘utlar ham o‘z kuch-qudratlari bilan sinalmoqda. Binobarin, ularning takabburliklari ham Fir’avnning takabburligi kabi katta bo‘lmoqda (azoblari ham shunchalik katta bo‘ladi). Islom esa ularning farovonligiga tahdid soladi. Islom undaylarning fasodlarini yo‘q qilish va insoniyatni ularga o‘xshaganlarning zulmidan qutqarish uchun kelgan.

Ularning masalasi ma’lum. Ammo katta tog‘utlarni yo‘ldan ozdirgan narsalarga ega bo‘lmagan bizning hukmdorlarimiz o‘z dinlariga qarshi kurashib nimaga erishmoqchi bo‘lyapti? Nega kofir xo‘jayinlarining dunyosi uchun o‘z dinini sotyapti? Xo‘jayinlari “Bir zarbada yo‘q bo‘lib ketadi” deb masxara qilayotgan o‘sha arzimas hokimiyatlari uchun diniga xiyonat qilyaptimi?!

Ha, insonning g‘arizasida hokimiyatga intilish bor, lekin g‘arizalar Alloh Taoloning amr va nahiylari bilan tartibga solinmasa, sohibini zalolatga yetaklaydi. Hukumat rasmyilari xalqqa xizmat qilamiz, deyayotganini ko‘p eshitamiz. Aslida esa, ular hokimiyatga erishish va uni saqlab qolish uchun xalqdan foydalanadi. Insoniy g‘arizadan kelib chiqib, odamlarga ko‘rsatilgan biroz yordam davlat darajasida odamlarga ko‘rsatilgan xizmat hisoblanmaydi. Davlat darajasida taraqqiyotga o‘xshab ko‘rinayotgan narsalar esa, faqat hukumatni mustahkamlash uchun ko‘rsatilgan xizmatlar hisoblanadi.

Ey hukumat rasmylari, to‘g‘ri, siz hokimiyatga “Islom bilan boshqaramiz”, deb kelmagansiz. Lekin bir o‘ylab ko‘ring, tarixda fir’avnlar o‘tdi, imperatorlar o‘tdi… Ular bor yo‘g‘i bir necha yilgina hukmronlik qildilar, lekin jahannamdagi azoblari esa abadiy bo‘lib qoldi… Sizning hukumatingiz hech qachon ularning hukumatiga teng kela olmaydi, lekin azobingiz ularnikidek bo‘lishidan ehtiyot bo‘ling.

Siz musulmonlarni hibsga oldingiz, qiynoqlarga soldingiz, gohi-da ba’zilarini o‘z pozitsiyasidan qaytardingiz ham deylik, bu bilan nimaga erishmoqchisiz? Kofir xo‘jayinlaringizni rozi qilaman deb o‘ylayapsizmi? Yaqinda o‘tgan Saddam, Qazzofiy, Asad kabi safdoshlaringiz taqdiridan saboq olmaysizmi? Xalqning ko‘pchiligiga yoqayapmiz deb o‘ylayapsizmi? Akayev, Bakiyev va hokazolar ham o‘sha ko‘pchilikni rozi qilamiz deb o‘ylagan edilar… Kapitalizm bilan tarbiyalangan xalq – toki sizdan ularga muntazam foyda kelib turmas ekan – sizdan hech qachon rozi bo‘lmaydi!

Bundan tashqari, siz barcha daavatchilarni o‘z pozitsiyalaridan qaytara olmaysiz. Har doim iymonida va undan kelib chiqqan pozitsiyasida mustahkam bo‘lgan mo‘minlar qiyomatgacha topiladi. Zamonga qarab raqamlarda farq bo‘lsa-da, ular doimiy topiladi. Qachonki ularning oxirgisi vafot etsa, qiyomat qoim bo‘ladi. Holbuki, hozirgi zamonda – Alloh va’da qilganidek va Rosululloh ﷺ xushxabar berganidek – Islom qaytib kelayotgan hamda Islom davlatining qadam tovushlari eshitilib turgan paytda, bir kishi o‘z pozitsiyasidan qaytsa, ming kishi o‘z pozitsiyasidan qaytmaslikka qasam ichadi, bir kishi shahid bo‘lsa, uning ortidan shahidlikni intizor bo‘lib kutgan minglab odamlar chiqadi. Buni siz hozirgacha Hizb tomonidan berilgan shahidlar misolida ko‘rib kelmoqdasiz.

Musulmonlarga qarshi kurashda kofir xo‘jayinlaringizga ergashib qabul qilgan qonunlaringizni qachongacha himoya qilasiz? Xo‘jayinlaringizga ergashib, kecha Tolibonni “terrorchi” deb e’lon qildingiz. Bugun yana xo‘jayinlaringizga ergashib, Tolibon hukumatini tan olmoqdasiz. Buni o‘z xohishingiz bilan qilsangiz bo‘lmasmidi? Shuningdek, xalq orasida yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarayotgan yigitlarga qarshi kurashni to‘xtatish erkiga emasmisiz?!

Ey hukumat rasmylari, biz musulmon birodarlarimiz degan e’tiborda sizlarga quyidagilarni eslatib o‘tmoqchimiz.

Alloh Taolo aytadi:

فَوَيْلٌ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْ عَذَابِ يَوْمٍ أَلِيمٍ

“Bas, u zolim kimsalarga alamli Kun – qiyomatning azobi — halokat bo‘lgay! [43:65]

Rosululloh ﷺ Robbisidan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda shunday deydilar: “Ey bandalarim, albatta men O‘zimga zulm qilishni harom qildim, sizlar ham bir-biringizga zulm qilmangiz”.

Rosululloh ﷺ: “Zulm qilishdan saqlaninglar. Chunki zulm qiyomat kunining zulmatlaridandir”, dedilar.

Shunday ekan, ey hukumat rasmylari va xavfsizlik xodimlari, Hizb yigitlariga qilgan zulmingiz uchun Allohga tavba qiling. Alloh Taolo aytadi:

إِلاَّ مَنْ ظَلَمَ ثُمَّ بَدَّلَ حُسْنًا بَعْدَ سُوءٍ فَإِنِّي غَفُورٌ رَحِيمٌ

“Lekin kim zulm qilsa-yu, so‘ngra — yomonlikdan keyin, uni chiroyli (amalga) almashtirsa, bas albatta Men mag‘firatli, mehribondirman”. [27:11]

Endi bu adolatsizliklarga guvoh bo‘lib turgan Muhammad ﷺ Ummatining bir qismi bo‘lgan Qirg‘iziston musulmonlariga aytar so‘zimiz shuki, ey musulmonlar, agar sizlar hukumatni adolatsizliklari uchun muhosaba qilmasangiz, ularning takabburligi, adolatsizligi va tog‘utligi yanada kuchayadi. Oxir-oqibat, ularning adolatsizligi va zulmi har biringizning uylarigacha kirib boradi.

Yuqorida misol tariqasida keltirilgan Fir’avn qissasida hukumat rasmylaridan tashqari sizlar uchun ibrat ham bor. Alloh Taolo aytadi:

فَلَمَّا آسَفُونَا انتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَاهُمْ أَجْمَعِينَ ۩ فَجَعَلْنَاهُمْ سَلَفًا وَمَثَلًا لِلْآخِرِينَ

“Endi qachonki ular Bizni darg‘azab qilishgach, Biz ulardan intiqom oldik – ularning barchalarini (dengizga) g‘arq qilib yubordik. Bas, ularni keyingilar uchun o‘tmish-ibrat va misol qilib qo‘ydik. [43:55-56]

Yana aytadi:

وَاتَّقُوا فِتْنَةً لاَ تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْكُمْ خَاصَّةً

“Hamda sizlardan faqat zolim kimsalarning o‘zigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) balodan saqlaningiz! Va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir”. [8:25]

Rasululloh ﷺ aytdilar:

إنَّ اللهَ لا يُعذِّبُ العامَّةَ بعمَلِ الخاصَّةِ، حتى يرَوُا المُنكَرَ بينَ ظَهْرانَيْهم، وهم قادِرونَ على أنْ يُنكِروه، فلا يُنكِروه، فإذا فَعَلوا ذلك عذَّبَ اللهُ الخاصَّةَ والعامَّةَ

“Albatta, Alloh Taolo ayrim odamlar qilgan jinoyat sababli hammani jazolamaydi. Ammo qachonki o‘sha omma ko‘z o‘nglarida munkar (buzg‘unchilik, adolatsizlik) qilinayotganini ko‘rsalar-u, uni inkor qilishga (yo‘lini to‘sishga) qodir bo‘la turib inkor qilmasalar, u holda Alloh Taolo o‘sha jinoyatchilarni ham, (ularni loqayd tomosha qilib turgan) ommani ham barobar azoblaydi”.

Shu sababdan eng yaxshi Ummatning farzandlari bo‘lmish Qirg‘iziston musulmonlarini zolimlarning zulmini qo‘llab-quvvatlamaslikka va ularni qo‘llari bilan to‘xtatib, muhosaba qilishga chaqiramiz. Aks holda, biz sizni Allohning g‘azabiga duchor bo‘lishdan ogohlantirdik. Bunga Allohning O‘zi guvohdir!

Navbatdagi so‘zimizni ushbu voqealarning haqiqiy qahramonlariga qaratmoqchimiz. Ey da’vatchi birodarlar! Sizlar ateistik tarbiya olgan insonlar edingiz, lekin aql yurgizish natijasida imonlilar safiga qo‘shildingiz. Islomni to‘liq anglay olmagan musulmonlardan farqli o‘laroq, Islomingizni fikrat va tariqati bilan birga o‘rgangan va bu yo‘lda harakat qilgan xolis musulmonlarga aylandingiz. Maqsadingiz Allohni rozi qilish ekanini bildingiz. Uning shariatini tatbiq etish bilangina Uning roziligiga erishish mumkinligini ham tushunib yetdingiz. Allohning shariati faqat Islomiy davlatda to‘liq tatbiq etilishiga hech shubhasiz ishonch hosil qildingiz. Bizning davrimizda Allohning roziligiga erishish Farzlarning toji bo‘lgan Xalifalikni barpo etish bilangina bo‘lishini ham juda yaxshi tushundingiz. Bu orqali bu dunyoda g‘alaba va oxiratda esa jannat va’da qilingan. Bu yo‘lda jonni fido qilish shahidlik darajasi bilan taqdirlanadi. Tiriklarga esa nusrat va’da qilingan. Agar siz o‘z e’tiqodingizga bog‘lansangiz, unda o‘zingizni shahidlikka intizor holda topasiz. Agar maqsadingizni doimo yodda tutsangiz, o‘zingizni har doim sabr-toqat ustida ko‘rasiz.

Alloh Taolo aytadi:

“Holbuki Biz ulardan avvalgi (iymon keltirgan barcha) kishilarni imtihon qilgan edik-ku!! Bas (shu imtihon vositasida) albatta Alloh («Iymon keltirdik» deb) rost so‘zlagan kishilarni ham, yolg‘onchi kimsalarni ham aniq bilur”. [29:3]

Yana aytadi:

“Odamlar orasida Allohga bir chetda (ya’ni sidqidildan emas, balki til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir. Bas, agar unga (dindor bo‘lgani sharofatidan) yaxshilik yetsa, o‘sha sababli xotirjam bo‘lur, agar biron fitna-baxtsizlik yetsa (dindan) yuz o‘girib ketur. U dunyoyu oxiratda ziyon ko‘rur. Bu esa ochiq-aniq ziyondir”. [22:11]

Yana aytadi:

وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنْ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنْ الأَمْوَالِ وَالأَنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرْ الصَّابِرِينَ ۩ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ ۩

– Va albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering (ey Muhammad). [2:155-156]

Yana aytadi:

“Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning do‘stlariga (oxiratda) biron xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydilar. Iymon keltirgan va (Allohdan) qo‘rquvchi bo‘lgan zotlar uchun hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning so‘zlari (oyatlari) o‘zgartirilmas. Mana shu (mazkur ne’matlarga erishish) ulug‘ baxtdir”. [10:62-64]

Yana aytadi:

“Albatta Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan Kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz. U Kunda zolim-kofir kimsalarga uzr-bahonalari foyda bermas va ularga la’nat bo‘lur, ularga eng yomon joy – do‘zax bo‘lur”. [40:51-52]

Hizb-ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.