Yahudiy uchoqlari (musulmonlar ustidagi) rejimlar havo hududini kesib o‘tib, Eronni bombardimon qilishi va so‘ngra bu rejimlar tomonidan bitta ham o‘q otilmay hech bir qarshiliksiz eson-omon bazasiga qaytishi eng katta balo-musibatlardan biridir!

5
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy uchoqlari (musulmonlar ustidagi) rejimlar havo hududini kesib o‘tib, Eronni bombardimon qilishi va so‘ngra bu rejimlar tomonidan bitta ham o‘q otilmay hech bir qarshiliksiz eson-omon bazasiga qaytishi eng katta balo-musibatlardan biridir!

Tramp Truth Social veb-saytidagi postida bunday deb bildirdi: (Eron va Isroil kelishuvga erishishlari lozim, ikkalasi men Hindiston va Pokistonni kelishuvga keltirganimdek, kelishuv qiladi». U so‘zini davom ettirib dedi: «Xuddi shunday, yaqinda Isroil va Eron o‘rtasida tinchlik o‘rnatiladi. Hozirda ko‘plab so‘zlashuvlar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Sky News, 2025 yil 15 iyun). Yahudiy vujudi armiyasi press-sekretari yakshanba kuni X platformasi orqali bunday deb bildirgan edi: (Isroil Erondagi yadroviy reaktorlar yaqinida yashovchi eronliklarni uylaridan chiqib ketishlari lozimligi bilan ogohlantirdi… Ayni paytda Isroil harbiy press-sekretarining aytishicha, armiya Eronning markaziy qismi Isfahon shahridagi yadroviy inshootni bombardimon qilgan. Yakshanba kuni tong sahardan boshlab Eron Isroil ichkarisidagi nishonlarga yangi raketa zarbalarini berdi, buning oqibatida bir necha odam halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar yaralandi, uylar va binolarga katta zarar yetkazildi, o‘z navbatida Tehron ham Isroilning navbatdagi hujumlariga uchradi. Al-Jazira, 2025 yil 15 iyun).

2025 yil 14 iyun shanba kuni yahudiy vujudi (Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ish olib borgan to‘qqiz nafar olim va ekspertning mamlakatga qilingan hujumlar davomida o‘ldirilganini e’lon qildi. Bu bilan halok bo‘lganlarning avvalroq e’lon qilingan soni ortdi. Ular: Ali Baxaviy Karimiy, Mansur Askariy, Said Barji. Ular mexanika, fizika va materialshunoslik bo‘yicha mutaxassislar edi. Ular – armiyaga ko‘ra – juma kuni uyushtirilgan havo hujumlarida o‘ldirildi… Bu xabarni Eronning rasmiyga yaqin Tasnim agentligi tasdiqladi. Yahudiy vujudi (Eronga misli ko‘rilmagan hujum uyushtirdi. U 2025 yil 13 iyun juma kuni tongda boshlandi va Eron yadroviy dasturi qoq markazini va yuqori martabali harbiy qo‘mondonlarni nishonga oldi.. Ayni paytda Eron juma kuni kechqurun o‘zining Isroilga qarshi dastlabki javob zarbasida yuzlab raketalarni otganini ta’kidladi… CNN, 2025 yil 14 iyun)).

Yahudiylar hujumidan keyinroq Amerika prezidenti Donald Tramp 2025 yil 6 yanvar juma kuni: (Isroilning Eronga hujumi juda soz bo‘ldi, deb Eronni yadroviy dasturi bo‘yicha bitim tuzishga chaqirdi. ABC telekanalining: Eronga qilingan hujumda Amerikaning roli bormi? – degan savoliga: «Men bu savolga javob berishni xohlamayman», deya javob berdi u. «Eron hech narsa qolmasligidan oldin kelishuvga kelishi va bir vaqtlar Eron imperiyasi deb atalgan narsani saqlab qolishi kerak», dedi u TruthSocial veb-saytiga. U qo‘shimcha qilib, Tehronni «Qo‘shma Shtatlar dunyoda katta ustunlik bilan eng yaxshi va eng halokatli qurollarni ishlab chiqarmoqda, Isroil ulardan ko‘piga ega, yaqinda unga yanada ko‘prog‘i keladi, ular u qurollardan qanday foydalanishni yaxshi bilishadi» deb ogohlantirdi. «Shunga o‘xshash bayonotlarda Tramp bunday dedi: «Bugun 61 chi kun va men ularga nima qilishlari kerakligini aytdim, lekin ular buni qila olishmadi, hozir ularda ikkinchi imkoniyat bor». Al-Jazira 2025 yil 13 iyun).

Bu hodisalarni atroflicha o‘rganib chiqilsa, quyidagilar ayon bo‘ladi:

Bu hodisalardan aniq ko‘rinib turibdiki, yahudiylar Eronga faqat Tramp amerikasining undovi bilangina hujum qildi. Buni uning bayonotlari aniq aytib turibdi. Bu, shubhasiz, kutilgan ish edi. Chunki yahudiylarning yakka o‘zi hech bir kuchga ham ega emas va jang odamlari ham bo‘lolmaydi. Kuchli Aziz Alloh bunday deb haqqi rost aytdi:

﴿لَن يَضُرُّوكُمۡ إِلَّآ أَذٗىۖ وَإِن يُقَٰتِلُوكُمۡ يُوَلُّوكُمُ ٱلۡأَدۡبَارَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ + ضُرِبَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلذِّلَّةُ أَيۡنَ مَا ثُقِفُوٓاْ إِلَّا بِحَبۡلٖ مِّنَ ٱللَّهِ وَحَبۡلٖ مِّنَ ٱلنَّاسِ وَبَآءُو بِغَضَبٖ مِّنَ ٱللَّهِ وَضُرِبَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلۡمَسۡكَنَةُۚ﴾

«Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urishsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi. Agar Allohning va odamlarning ahdi panohida bo‘lmasalar (ya’ni Allohning va odamlarning arqonini ushlamasalar), albatta ularga qayerda bo‘lmasinlar, xor-zorlik bitib qo‘yildi. Ular Allohning g‘azabi bilan ketdilar va ularga bechorahollik yozib qo‘yildi»    [Oli Imron 111–112]

Ha, ular xuddi shunday, ular o‘zlarining ilk asrlaridanoq payg‘ambarlariga bergan ahdlarini buzib, so‘ngra Allohdan bo‘lgan arqonni ham kesib tashlashdi, ularning ahvoli hozirgi asrda ham shunday. Birinchi jahon urushidan boshlab ularni Britaniya o‘z bag‘riga oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Amerikaning quchog‘iga o‘tishdi. Ular qilgan urushlarning barchasi buni so‘zlab turibdi. Bu urushlar odamlar tomonidan bo‘lgan «arqon» (ya’ni qo‘llab-quvvatov) bilan bo‘ldi… Eronga qilgan hujumlarida ham ularni Tramp qo‘llab-quvvatlagani uning yuqoridagi bayonotlaridan, ogoh qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan xolda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishilarga aniq ko‘rinib turibdi.

Bundan ham yomonrog‘i, dahshatlisi va achchiq-alamlisi yahudiy qiruvchi uchoqlarining yahudiy vujudini o‘rab turgan musulmon mamlakatlaridagi hukmron rejimlarning havo hududini kesib o‘tib, Erondagi joylarni vayron qilib, odamlarni o‘ldirgani va shundan keyin bosib olingan yerga yana bemalol, eson-omon qaytganidir. Shom yurti bo‘lsin, Iroq, Misr, Turkiya bo‘lsin, hech bir joyda ushbu hukmdorlar tomonidan bu uchoqlarga bittagina o‘q ham otilmadi!… Ana shunday, yahudiy uchoqlari hujum va tajovuzlarni bemalol borib-kelib amalga oshirdi, musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlar esa birorta harakat qilishmadi, tomoshabin bo‘lib turishdi. Bu hukmdorlar o‘zlarining soqov bo‘lib turishlari jinoyatining oqibati qanday bo‘lishini unutishdi yoki o‘zlarini unutganga solishdi.

﴿سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجۡرَمُواْ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٞ شَدِيدُۢ بِمَا كَانُواْ يَمۡكُرُونَ﴾

«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir»      [An’om 124]

Hech shubhasiz, yahudiy uchoqlari o‘z hujumlarini bu malay hukmdorlarning havo hududini kesib o‘tib amalga oshirgani va yana bazasiga ushbu hukmdorlarning hech biri tomonidan biror qarshilikka uchramasdan qaytgani ulkan balo-musibatlardan biridir!

Har qanday oqil kishi yaxshi biladiki, yahudiylarga qarshi eng yaxshi mudofaa vositasi hujumdir. Yahudiylar Eronga anchadan beri, ayniqsa oxirgi kunlarda tahdid qilib kelishayotgan edi. Bugina emas, Tramp imo-ishora ham qilib o‘tirmay, balki yahudiylarning Erondagi atom, yadroviy inshootlarga hujum qilajagini ochiq aytib kelayotgan edi. Shunga qaramay, Eron o‘zini mudofaa qilish uchun va Amerika bilan yahudiylar tomonidan bo‘layotgan ushbu tahdidlardan himoyalanish uchun yahudiylarga qarshi javob zarbasi sifatida hujum qilmadi. Bunisi hammasidan ham oshib tushdi!! Eron o‘zining inshootlariga zarba berilib, olimlari o‘ldirilgunga qadar jim turaverdi. Ana shundan keyingina javob zarbasini berishni boshladi. Bularning barchasiga, ana shu ketma-ket hujumlarga qaramay Tramp hamon: «Yaqinda Isroil bilan Eron o‘rtasida tinchlik o‘rnatiladi, zero hozirda bir qancha so‘zlashuvlar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda» deya jar solyapti. (Sky News, 2025 yil 15 iyun). Biz bu urush yahudiy vujudi bilan har qanday tinchlikka olib borishi oqibatidan ogohlantiramiz. Aksincha, yondashuv Alloh

﴿فَإِمَّا تَثۡقَفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡحَرۡبِ فَشَرِّدۡ بِهِم مَّنۡ خَلۡفَهُمۡ﴾

«Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni halok qilish bilan ortlaridagi kimsalarni qo‘rqitib qo‘ying!»                         [Anfol 57]

deb aytganidek bo‘lishi lozim.

Ammo qalbni jarohatlaydigan asosiy narsa shuki, musulmonlar mamlakatlaridagi ruvaybiza hukmdorlar, ayniqsa, Falastinni bosib olishga qurilgan yahudiy vujudi atrofidagi ruvaybiza hukmdorlar, bular ularning atrofida bo‘la turib, yahudiy uchoqlarining boshlari uzra havo hududini kesib o‘tib, musulmonlar mamlakatlarini bombardimon qilib, birorta ham o‘qqa nishon bo‘lmasdan eson-omon qaytib kelayotganini qanday ko‘rmaydilar?! Bugina emas, balki bu hukmdorlar, yuz berayotgan bu hodisani go‘yo betaraflardek kuzatib, tomoshabin bo‘lib turishibdi, go‘yo bu hodisa musulmonlar yurtida emas, o‘zga olis yurtlarda sodir bo‘lyapti! Bu hukmdorlarning ahvoli xarob, bu ularga begona emas. Chunki ularni mustamlakachi davlatlar, ayniqsa, Amerika barmog‘i bilan o‘ynatadi… U nima desa, ular o‘shani aytishadi, nimani istasa, o‘shani qilishadi, tek o‘tiraverishlarini xaspo‘shlash uchun gapni aylantirishadi, chegaralarni muqaddas deb bilishadi. Ular musulmonlar yurtlari – u yer yuzining eng chekkasida bo‘ladimi yoki yaqinda bo‘ladimi – bitta yurt ekanligini unutishdi yoki o‘zlarini unutganga solishdi! Mo‘minlarning tinchligi ham, urushi ham birdir. Modomiki, musulmon ekanlar, ularni mazhablari ularni bo‘lib tashlashi to‘g‘ri emas, chunki ular bir ummatdirlar:

﴿إِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمۡ أُمَّةٗ وَٰحِدَةٗ وَأَنَا۠ رَبُّكُمۡ فَٱعۡبُدُونِ﴾

«(Ey insonlar), sizlarning millatingiz-diningiz haqiqatda bir dindir (ya’ni Islomdir). Men esa (barchalaringizning) Parvardigoringizdirman. Bas, Mengagina ibodat qilinglar!»

                                                                                                   [Anbiyo 92]

Qanday qilib dushman uchoqlari musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlarning havo hududlaridan uchib o‘tib, boshqa musulmon yurtni bombardimon qiladiyu, ular jim turishadi?! Dushman uchoqlarining borib kelishini kuzatib turgan kimsaning eng yaxshi misoli – u yo betaraf yoki yahudiyga yaqinroq! Keyin bu hukmdorlar Trampning yahudiy vujudi Amerikaning arqoni, buyrug‘i va qurollari yordamida urishmoqda degan ishorasini emas, balki bayonotini eshitsalar ham, ularning hech biri, hech bo‘lmaganda Amerika bilan aloqalarni uzishga ham jur’at eta olmayapti.

﴿أَلَا سَآءَ مَا يَحۡكُمُونَ﴾

«Ogoh bo‘lingizkim, ular (bu qilmishlari bilan) eng yomon (ya’ni, nohaq) hukm chiqarurlar»                                                                        [Nahl 59]

Bularning barchasiga qaramay, bu ruvaybizalar yo‘q bo‘lib ketadi. Islom davlati, roshid Xalifalik jahonga birinchi davlat bo‘lib qaytib kelib, Allohning izni-irodasi ila, unda yaxshilikni yoyadi. Yahudiylar bilan jang qilish va ularning ishg‘olini yo‘q qilish, Allohning izni ila, albatta, bo‘ladi. Sodiq va Masduq Rasululloh ﷺ Imom Ahmadning «Musnad»ida Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deganlar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi». Imom Buxoriy ham Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan chiqargan hadisda, u kishi: Men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitdim:

«تُقَاتِلُكُمْ الْيَهُودُ فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ»

«Yahudiylar sizlarga qarshi jang qiladilar. So‘ngra sizlar ularning ustidan g‘alaba qozonasizlar (Alloh sizlarni ularning ustidan hukmron qiladi)». Muslim ham Ibn Umardan chiqargan rivoyatda Payg‘ambar ﷺ shunday deganlar:

«لَتُقَاتِلُنَّ الْيَهُودَ فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ»

«Sizlar yahudiylarga qarshi, albatta, jang qilasizlar va albatta ularni o‘ldirasizlar». Shunda yer yuzi Qaviy, Aziz va Hakim Alloh taoloning nusrati ila nurga cho‘madi, porlaydi.

﴿إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكۡرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلۡبٌ أَوۡ أَلۡقَى ٱلسَّمۡعَ وَهُوَ شَهِيدٞ﴾

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir»                                                                                                      [Qof 37]

Xotima o‘rnida aytamizki, o‘z ahliga yolg‘on gapirmaydigan yetakchi Hizb ut-Tahrir sizlarni uni qo‘llab-quvvatlashga va roshid Xalifalikni qaytadan tiklash uchun u bilan birga faoliyat olib borishga da’vat qiladi. Ana shunda Islom va uning ahli aziz, kufr va uning tarafdorlari esa xor bo‘lgay va bu buyuk g‘alabadir.

﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ + بِنَصۡرِ ٱللَّهِۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴾

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir»                                                                                     [Rum 4-5]

Hizb ut-Tahrir                                                       20 Zulhijja 1446h

                                                                                         16 iyun 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.