Matbuot bayonoti
Parallel armiyalar va harbiy tuzilmalarning ko‘payishini faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik to‘xtata oladi
Tementay anjumanida Sharqiy Sudan tashkilotlarining Qo‘shma armiyalari deb nomlangan harbiy koalitsiya tuzilgani e’lon qilindi. Unga Muhammad Tohir rahbarligidagi Birlashgan Beja qo‘mondonligi konferensiyasi armiyalari, Amin Dovud rahbarligidagi Sharqiy Ourta armiyalari, Xalq qarshiligi harakati hamda Nozir Turk boshchiligidagi Mustanfiruv armiyalari kiradi. Ushbu e’lon, davlat armiyasi va «Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari» o‘rtasidagi urush sharoitida e’lon qilindi. Agar davlat armiyasiga parallel ravishda mavjud bo‘lgan mazkur harbiy tuzilma bo‘lmaganida, bu urush yuz bermas edi. Bu Urush barcha sohalarni vayron qildi: infratuzilmani yo‘q qildi, aholini qochqinga aylantirdi, nomuslar toptaldi, qurolsiz tinch aholidan minglabi shafqatsizlarcha o‘ldirildi. Shuncha bo‘lib o‘tgan va hanuz davom etayotgan halokat va vayronagarchiliklarga qaramay, hukumat hanuz yangi armiyalar vujudga kelayotganidan ko‘z yummoqda, hatto ulardan foydalanmoqda. Bu esa har kimning davlat armiyasiga parallel ravishda o‘ziga yangi armiya tuzib olishiga yo‘l ochmoqda. Eng dahshatlisi shundaki, bu raqib armiyalarning barchasi millatchilik, mahalliychilik va qabilachilik asosidagi johiliyat bayroqlari ostida harakat qilmoqda. Ularning mavjudligi Sudanning amalda parchalanishiga, kuch va nufuzining yo‘qolishiga hamda mustamlakachi G‘arb ko‘zlayotgan bo‘linishga zamin tayyorlamoqda. Zero, G‘arb Janubiy Sudanni ajratib yuborganidek, hozir Darfurni ham yurtdan bo‘lib olishga harakat qilmoqda.
Sharqiy Sudanda mana shunday «parallel armiyalar» tuzilmoqda degani Sudan sharqini parchalash mashinasi ishga tushdi, demakdir. Islom shariatida esa, bir davlatda ikkita armiya bo‘lishi aslo nojoiz, qabilachilik yoki mahalliychilik asosida tashkil qilingan harbiy kuchlarning bo‘lishi haqidaku aytmasak ham bo‘ladi. Chunki Rosululloh ﷺ bunday deganlar:
«وَمَنْ قَاتَلَ تَحْتَ رَايَةٍ عِمِّيَّةٍ، يَغْضَبُ لِعَصَبَةٍ، أَوْ يَدْعُو إِلَى عَصَبَةٍ، أَوْ يَنْصُرُ عَصَبَةً، فَقُتِلَ، فَقِتْلَةٌ جَاهِلِيَّةٌ»
«Kimki jaholat bayrog‘i ostida jang qilsa, qabila uchun g‘azablansa, qabilaga da’vat qilsa yoki unga yordam bersa va shu holda halok bo‘lsa, u johiliyat o‘limini topibdi».
Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir o‘zining Xalifalik davlati dasturi loyihasi kitobida armiyaning yagona ekanini ochiq bayon qilgan. Uning 66-moddasida bunday deyilgan: Armiya yaxlit kuch sifatida tashkil etilib, maxsus lagerlarga joylashtiriladi. Lekin ayrim lagerlar turli viloyatlarda, boshqalari esa strategik nuqtalarda joylashtirilishi shart. Yana ba’zilari esa doimiy ravishda ko‘chib yuradigan tarzda tashkil qilinib, zarbdor kuchlar sifatida faoliyat yuritishi lozim. Bundan tashqari, ushbu lagerlar bir necha majmualar tarkibida tartiblashtiriladi. Ya’ni, har bir majmuaga «armiya» nomi berilib, masalan, «Birinchi armiya» yoki «Uchinchi armiya» kabi raqamlar bilan, yoki ma’lum bir viloyat yoki amola nomi bilan ataladi.
Biz, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari shuni qat’iy ta’kidlaymizki, qurolli tashkilotlar hamda mahalliy-hududiy yoki qabilaviy asosdagi qurolli guruhlar tuzish mustamlakachi kofirning Sudanni parchalash va bo‘lib tashlash rejasidan boshqa narsaga xizmat qilmaydi.
Shu bois, biz Sudan ahlidan bo‘lgan aql egalarini o‘z ahlini hargiz aldamaydigan Hizb ut-Tahrir bilan hamkorlikda kofir mustamlakachining va unga xizmat qilayotgan ichki malaylarning rejalarini oldini olish uchun jiddiy hamkorlik qilishga chaqiramiz. Bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga qaratilgan hamkorlik bo‘lib, aynan shu Xalifalik mamlakatni birlashtiradi, bu notinchlik va betartiblikka barham beradi, qolaversa, uni boshqa Islom diyorlari bilan birlashtirishga intiladi.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾
«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qiling» [Anfol 24]
Ibrohim Usmon (Abu Xalil)
Hizb ut-Tahrirning Sudan
viloyatidagi rasmiy notig‘i