Matbuot bayonoti
Iordaniyada NATO ofisining ochilishi Ummat dushmanlarining mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qilish maqsadida mamlakatni garovga qo‘yish va butunlay bo‘ysunish demakdir
Iordaniya va NATO Bryusselda 2025 yil 12 iyun kuni NATOning Amman shahrida diplomatik aloqa ofisini ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Shartonmani Iordaniya tomonidan NATOdagi doimiy elchisi Yusuf Bataina NATO tomonidan Janubiy qo‘shnilar bo‘yicha maxsus vakil Xaver Kolomina imzolashdi. Kolomina Iordaniya bilan aloqalarni alohida ta’kidlab, ushbu davlatni NATOning mintaqadagi ishonchli va faol hamkori sifatida baholadi. Shu bilan birga, Ammanda ofis ochilishini yuqori baholab, Iordaniyaning mintaqa uchun «strategik ahamiyatga ega markaziy o‘rin tutayotgani»ni qayd etdi.
Iordaniya vazirlar mahkamasi 2025 yil 4 may kuni bosh vazir Ja’far Hassan rahbarligida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda qabul qilingan qarorda NATO bilan kelishuvga rozilik berish Iordaniya davlat manfaatlari va mamlakatning NATOning aloqa ofisini ochishga qaratilgan yo‘nalishi bilan hamohang ekanligi ta’kidlandi. Ushbu qaror Iordaniyani xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar markaziga aylantirish maqsadida iloji boricha ko‘proq xalqaro tashkilotlarni jalb etish siyosati doirasida qabul qilingani bildirildi.
Bu ofis mintaqadagi ilk shunday vakolatxona hisoblanadi. NATO Iordaniyada o‘zining aloqa ofisini ochish qarorini 2024 yili Vashingtonda o‘tkazilgan sammitida qabul qilgan. O‘sha paytda Iordaniya tashqi ishlar va chet eldagi fuqarolar ishlari vazirligi ushbu qarorni sharhlar ekan, uni «NATO va Iordaniya o‘rtasidagi chuqur strategik sheriklik bo‘yicha yangi bosqich» deb atagan hamda «bu hamkorlikning terrorizm va zo‘ravon ekstremizm kabi chegarabilmas tahdid va xatarlarga qarshi kurashdagi samarali natijalarini alohida ta’kidlagan edi».
Ushbu global harbiy ittifoq bo‘lmish NATOning tashkil topishi AQSH bilan Yevropa yetakchiligida G‘arbning mustamlakachilik yo‘li bilan hukmronlik o‘rnatishiga, geosiyosiy ta’sirini kengaytirishiga hamda mahalliy va mintaqaviy urushlarni qo‘zg‘atishiga qaratilgan. Bu ittifoq 1949 yilda tuzilgan va o‘sha yili ushbu Shimoliy Atlantika Shartnomasiga 12 davlat imzo chekib qo‘shilishgan va shu orqali NATO tashkil topgan. Uning tashkil topgan vaqtdagi maqsadi Sovet Ittifoqidan kelayotgan tahdiddan Yevropani himoya qilish edi. Shu bois Sovet Ittifoqi qulashi va Varshava shartnomasi tugashi ortidan, NATO tarqatib yuborilishi kerak edi. Biroq AQSH o‘zining G‘arb — ayniqsa Yevropa Ittifoqi — ustidagi ta’sirini saqlab qolish va boshqa davlatlarga qarshi strategik vosita sifatida foydalanish maqsadida ayni Ittifoqni saqlab qolishga qat’iy intildi. NATOning tarqatilmaganini oqlash maqsadida Amerika sun’iy bahonalar, jumladan «terrorizmga qarshi kurash» kabi shiorlarni o‘ylab topdi. Holbuki, bu shior aslida Islomga qarshi kurashni angladi. Shu maqsadda NATO «sherikliklar» va «ittifoqlar» deb ataluvchi tashabbuslar orqali, jumladan «Yaqin Sharq kelishuvlari» va «Istanbul alyansi» kabi blok ko‘rinishidagi kelishuvlar asosida, hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, Iordaniya kabi ba’zi davlatlar bilan alohida ilg‘or sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi. Amerika qo‘lidagi mustamlakachilik vositasiga aylangan NATO shu orqali o‘zining strategik manfaatlarini amalga oshirmoqda.
Ammandagi NATO ofisining qanday maqsadlarga xizmat qilishiga kelsak, buni Alyans bosh kotibi Yens Stoltenbergning «Iordaniya NATO uchun qadrli va uzoq muddatli hamkor hisoblanadi», degan gapidan aniq tushunib olish mumkin. Shuningdek, AQSH tashqi ishlar va chet eldagi fuqarolar ishlari vazirligining mintaqaviy matbuot kotibi Sem Uorberg ham NATO sammiti doirasida Iordaniya axborot agentligiga bergan intervyusida, Amerika Iordaniyaning mintaqada barqarorlikni saqlashdagi faol rolini yuksak baholashini ta’kidladi. NATO va Amerika rasmiylarining bu bayonotlari Iordaniya rejimi o‘zini Amerika va Yevropa yetakchiligidagi G‘arbning mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qiluvchi vosita sifatida tutayotganini ochiq ko‘rsatmoqda. Bu manfaatlarning markazida esa yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlash va uni saqlab qolish turibdi. Britaniya, qolaversa Amerika va Yevropaning mintaqadagi loyihalariga xizmat qilish, shu orqali Ummatning islomiy qayta tiklanish loyihasi bo‘lmish Xalifalikning barpo etilishi yo‘lida to‘siq bo‘lish vazifasi aynan shu rejimga yuklatilmoqda. Iordaniya rejimi G‘azo ahliga yordam qo‘lini cho‘zishdan bosh tortayotganligi uning G‘arb mustamlakachisiga sadoqat bilan xizmat qilayotganining yaqqol dalilidir. Mana shu malaylik tufayli u mamlakatning boyliklari va farzandlarini NATO manfaatlariga safarbar qilmoqda hamda shu yo‘lda alyans uchun aloqa ofisini ochishga hech ikkilanmasdan rozilik bermoqda.
Iordaniya rejimi AQSH bilan qo‘shma mudofaa shartnomasini imzolash bilan cheklanib qolmay, Amerika va Yevropaga harbiy bazalar qurib berdi hamda ularning minglab askarlarini o‘z hududiga joylashtirishlariga imkon yaratdi. Bu qo‘shma mudofaa shartnomasidan yagona maqsad – yahudiy vujudini va G‘arb mustamlakachilik manfaatlarini himoya qilishdir. NATO aloqa ofisini ochish orqali amalga oshirilayotgan «hamkorlik»ning asl mohiyati ham aynan mana shu. Bu Iordaniyaning xavfsizlik, harbiy, logistika va kiberxavfsizlik salohiyatini G‘arb xizmatlariga safarbar qilishga qaratilgan bo‘lib, Amerikaga o‘zining geosiyosiy raqobati va hukmronlik urushlariga to‘la e’tibor qaratish imkonini beradi.
Iordaniya rejimi mamlakatni yanada og‘ir xatarlar girdobiga tashlab, uning imkoniyatlari va harbiy kuchlarini dushman manfaatini himoya qilishga, Islom va uning da’vatchilariga qarshi yo‘naltirishga butunlay safarbar etmoqda. Haqiqatni ochiq aytganlarni ta’qib qilib, qamoqqa tashlash, qiynoqqa solish va tazyiq o‘tkazish bilan jazolamoqda. Shu bilan birga, o‘z xiyonati va jirkanch ishlarini yashirish ishiga ba’zi pastkashlarni jalb qilmoqda, vaholanki, Ummat ularni yaxshi taniydi. Bir musulmon o‘lkasida harbiy ittifoqlar, jumladan NATO ofisini ochish, xavfsizlik va kiberxavfsizlik sohasida «hamkorlik» olib borish hamda Iordaniyada o‘n yildan ortiq davom etgan «O‘qchi arslon» nomli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, bularning barchasi G‘arb davlatlarining harbiy tajribasini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, G‘arb bilan harbiy bazalar, aeroportlar va portlar qurish bo‘yicha tuzilgan kelishuvlar dushmanlar uchun Islom yurtida ta’sir va hukmronliklarini mustahkamlash imkonini bermoqda. Bu esa, shubhasiz, musulmonlarning jonlari, qonlari va nomuslariga bevosita tahdid solib, musulmon yurtning o‘z hududidagi suverenitetini poymol etmoqda. Bu shar’an nojoiz. Chunki u kofirlarga mo‘minlar ustidan hukmronlik beradi, Islom esa buni harom qilgan:
﴿وَلَن يَجۡعَلَ ٱللَّهُ لِلۡكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ سَبِيلًا﴾
«Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay» [Niso 141]
Hizb ut-Tahrirning
Iordaniya viloyatidagi
matbuot bo‘limi