Misr rejimining G‘azoni yordamsiz qoldirishi: bir og‘iz so‘z bilan bo‘lsa ham yordam berishni taqiqlashdan tortib, qamalda faol ishtirok etishgacha

42
0

Matbuot bayonoti

Misr rejimining G‘azoni yordamsiz qoldirishi: bir og‘iz so‘z bilan bo‘lsa ham yordam berishni taqiqlashdan tortib, qamalda faol ishtirok etishgacha

Takrorlanayotgan manzara shundan iborat bo‘lyaptiki, qamal ostidagi G‘azo ahli har gal yangi musibatga duch kelar ekan, arab rejimlari, xususan Misr rejimi, o‘zlarining nafaqat yordam berish vazifasidan chetda ekanliklarini, balki til biriktiruv va yordamsiz qoldirishda ham faol ekanliklarini yana bir bor ko‘rsatmoqdalar. Ular chegaralarni qo‘riqlash, shuningdek, ushbu zaifhol musulmonlarga yordam berishga qaratilgan har qanday ramziy yoki xalq tashabbusini to‘sish bilan hatto qamalda amaliy ishtirok etishmoqda.

Mana ko‘rib qo‘ying, Misr rejimi 2025 yil 11 iyun kuni Qohira aeroportiga qonuniy tarzda kelgan 12 nafar marokashlik faolni deportatsiya qilmoqda. Ular «G‘azoga yo‘nalgan jahon yordam yurishi» deb nomlangan ramziy karvonda ishtirok etish uchun kelishgan edi. Turli mamlakatlardan arab va g‘ayriarab faollar tomonidan tashkil etilgan ushbu karvon tashabbusi G‘azo sektorida bir necha oydan beri davom etayotgan qamal, ocharchilik va qon to‘kilishlarga dunyo e’tiborini qaratishni maqsad qilgan. G‘azoga yetib borish uchun yagona ochiq yo‘lak hisoblangan Misr rejimi ularni yordam va qo‘llab-quvvatlash bilan kutib olishi va Rafah orqali G‘azoga o‘tkazib, ularni zulmning guvohi bo‘lishlariga imkon berishi kerak edi. Ammo bu rejim ularga tahqirli xavfsizlik munosabati bilan muomala qilmoqda va darhol deportatsiya qilishni ma’qul ko‘rmoqda.

Bu marokashlik faollar qo‘llarida qurol ko‘tarmagan hamda portlatish yoki buzg‘unchilikka chaqirmagan edilar. Aksincha, zulm ostida har kuni qoni to‘kilayotgan musulmon g‘azolik xalq bilan ramziy birdamlikda bo‘lamiz, degan niyatda qalblari umidga to‘lib kelgandilar. Biroq ular aeroport ichida qamal ostida qolishdi, haqoratli so‘roqlarga tutilishdi. Misr rejimi ular oldiga ikki yo‘l qo‘ydi: yo qamalishasan yoki Misrni tark etishasan! Aftidan, bu rejimning odatiga ko‘ra G‘azoga birdamlik jinoyat hisoblanadi!

Faollarga nisbatan bunday munosabatning – Misr tashqi ishlar vazirligi iddao qilganidek – shunchaki chegara qoidalari bilan bog‘liqligiga yoki tasodifiy holatligiga hech kim ishonmaydi. Chunki barchaga ma’lumki, Rafah chegara punkti to‘liq Misr nazorati ostida; u istasa, punktni ochadi, istasa yopadi. U kimni kiritishni yoki to‘sishni ham to‘liq o‘zi hal qiladi. Ammo rejim bu nazoratni hech qachon G‘azo ahlini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlatmaydi. Aksincha, u «suverenligimiz», degan niqob ostida ayni nazoratni bosim va qamal vositasi sifatida qo‘llayapti va yahudiy vujudi xavfsizligiga xizmat qilayotgan siyosiy qurolga aylantiryapti.

Kimki yordamlarni o‘tkazmaslik uchun chegarani mahkam yopib qo‘yayotgan, ramziy yurishlarni to‘xtatayotgan, hamdardlik namoyishlarini bostirayotgan, xalqning g‘azab va alamini o‘zi uchun xavf deb baholayotgan bo‘lsa, demak, u na bilmaslikda oqlanadi va na ojizlikda. Aksincha, u jinoyatda faol sherik hisoblanadi.

Ummat musulmonlarni – G‘azoda bo‘ladimi yoki boshqa joyda – qatl, qamal, ocharchilik va vayronagarchilikka duchor bo‘lgan bir paytda yolg‘iz tashlab qo‘yishi hargiz joiz emas. Ayniqsa, yordam berish imkoniga ega bo‘lganlar zimmasiga bu mas’uliyat ko‘proq tushadi. O‘zining armiyasi, xavfsizlik apparati va resurslari bilan Misr rejimi esa, boshqa rejimlardan ko‘ra G‘azoga nusrat-yordam berishga eng yaqin va qodir rejimdir. Shu sababli, uning sukut saqlashi aslo oqlanmaydi va farz qilingan vazifani bajarmagani uchun gunohkor bo‘ladi. Alloh taolo bunday degan:

﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾

«Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam berish zimmangizdadir»                                                                          [Anfol 72]

Agar yordam so‘rashning o‘zi yordam berishni farz qilsa, G‘azo ahli qayta-qayta nido qilgan, Ummat esa turli yurtlarda ularga yordam berishga tayyorligini ko‘rsatgan ekan, bunday holatda Misr rejimi qanday pozitsiya egallashi lozim?! Biroq bu rejim na yordam beryapti, na boshqalarni G‘azoni qo‘llab-quvvatlashiga ruxsat beryapti. Yanada achinarlisi, sukut saqlovchi rejim endi g‘ov bo‘luvchi rejimga aylandi. Hatto hokimiyatiga hech qanday tahdid solmaydigan harakatlarni ham «xavfsizlikka tahdid» deya da’vo qilyapti. Bu esa, rejimning Ummat dushmani bo‘lgan yahudiy vujudiga ochiqdan-ochiq xizmat qilayotganini ko‘rsatadi. Endi u Falastin masalasini og‘riqli yuk deb bilib, bu haqda gapiruvchilarning ovozini o‘chirishni o‘zining siyosiy maqsadiga aylantirib olgan.

Misr armiyasining hamda siyosiy-harbiy qaror chiqarish vakolatiga ega rejimning vazifasi yordam karvonlarini to‘sish yoki chegaralarni yopish emas. Shuningdek, Rafah chegarasini to‘sib, Amerikadan ruxsat yoki Tel-Avivdan rozilik kutish ham emas. Aksincha, bu rejim o‘z qo‘shinlarini chegarani kuch bilan ochishga, G‘azoga qo‘yilgan qamalni yorishga, yahudiy vujudining himoya inshootlarini nishonga olishga va butun Falastinni ozod qilishga yo‘naltirishi shart.

Falastin zamini Islomga tegishli bo‘lgan, bosib olingan zamindir. Uni ozod etish vazifasi barcha musulmonlarning zimmasida turibdi, ayniqsa, armiyalar bu borada birinchi navbatda mas’ul. Bu Islom shariatida qat’iy farz bo‘lib, na vaqt o‘tishi bilan bekor bo‘ladi, na xalqaro kelishuvlar va xiyonatkor shartnomalar bilan oqlanadi. Rasululloh ﷺ

«فُكُّوا الْعَانِيَ»

«Asirni ozod etinglar», deya marhamat qilganlar. Shunday ekan, yahudiy vujudi qamoqlarida minglab musulmon asir qolayotgan ekan, hatto G‘azo ahli o‘z yurtlarida qamalda qolayotgan ekan, armiyalarimiz qayerda qoldi?! Bugun anavi chegaralar «suverenitet» degan niqob ostida musulmonlarni mahkam ushlab turuvchi qamoq devorlariga aylandi. Bu holatni esa «suverenitet» deb atamoqdalar. Agar bu musulmonlarni o‘z og‘a-inilariga yordam berishdan to‘sadigan suverenitet bo‘lsa, Islom bunday suverenitetni mutlaqo tan olmaydi.

To‘g‘ri, faollar tomonidan amalga oshirilgan bu qadam faqatgina ramziy bo‘lib, amaliy jihatdan yetarli emas. Ammo shunday bo‘lsada, bu qadamdan Ummatning ongi o‘sib ketganligi, o‘z masalasini ongli ravishda tushunib, o‘z burchini unutmaganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Asil muammo xalqlarda emas, rejimlardadir. Chunki ular yahudiy vujudini qo‘riqlab, u bilan munosabatlarni ochiq va maxfiy normallashtirishyapti hamda Ummatga qarshi uning dini, e’tiqodi va pozitsiyasi borasida kurash olib borishyapti.

Bugungi kunda Misr rejimi betaraf emas, balki G‘azoni bo‘g‘ishda faol ishtirok etayotgan tomon hisoblanadi. Hatto qamalda shunchalik qatnashyaptiki, ba’zi hollarda bu hatto yahudiy vujudining zulmidan ham oshib ketyapti, masalan, G‘azoga rahmdillik iboralarining aytilishiga ham to‘sqinlik qilyapti, faollarni kaltaklayapti, jurnalistlarni quvg‘in qilyapti, birdamlik bildirganlarni deportatsiya qilyapti va erkin ovozlarni bo‘g‘yapti. Chunki u har qanday erkin so‘zni o‘zining malay, rasvo hokimiyati uchun tahdid deb bilyapti.

Sayks-Piko shartnomasidan so‘ng rejimlar tomonidan mustahkamlab kelinayotgan eng katta fojialardan biri «milliy suverenitet» tushunchasining miyalarga singdirilishi bo‘ldi. Bu mafkuraga ko‘ra, marokashlik musulmon Misrda g‘arib, misrlik musulmon Suriyada yot, iordaniyalik musulmon Falastinda begona hisoblanyapti. Bu esa Islom ta’limotiga butunlay zid. Islom Ummatni bitta Ummat qildi va chegaralarni, pasportlarni va viza singari to‘siqlarni tan olmadi. Shunday ekan, marokashlik musulmon Falastinga borish uchun nega vizaga muhtoj bo‘lyapti?! Nega o‘z og‘a-inilariga birdamlik bildirmoqchi bo‘lsa, shu niyati uchun javobgarlikka tortilyapti?! Nega yordam berish jinoyatga, rejimlarning loqaydligi esa sharafga aylandi?!

Qohira aeroportida sodir bo‘lgan voqea tasodifiy hol emas. Aksincha, bu hukmron rejimga chuqur singib ketgan og‘ir xiyonat kasalligining alomatlaridan biridir. Bu Ummatga va uning aqidasiga xiyonatdir, Falastin masalasini batamom yopishga qaratilgan Amerika-yahudiy rejasiga faol xizmat qilishdir. Bu rejimni na ta’mirlash bilan tuzatib bo‘ladi, na iltimos qilish bilan. Balki to‘g‘rilashning yagona yo‘li uni ildizi bilan yo‘q qilish va o‘rniga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdan iborat. Zero, Xalifalik Quddusni ozod qilish uchun armiyalarni harakatga keltiradi va Islom bayrog‘ini baland ko‘taradi. Ummat, ayniqsa, uning yoshlari shuni to‘liq anglasinlarki, Falastinga yetish yo‘li rejimlar oldida yolvorish bilan ham, har qancha ma’naviy ma’no kasb etmasin, ramziy karvonlar bilan ham ochilmaydi. Chunki haqiqiy yo‘l musulmon yurtlarida tub o‘zgarishni amalga oshirishdan iboratdir. Bu esa faqat nusrat yoki shahidlikni tan oladigan, boshqa yo‘lni tanimaydigan Islom davlatini barpo etish orqali ro‘yobga chiqadi.

Ey Kinona askarlari!

Falastinni ozod etish sizning zimmangizdagi farz bo‘lib, iymondan keyin undan muhimroq amal yo‘q. Kofirlarning musulmon yurtlaridagi harbiy joylashuvini quvib chiqarish boshqalardan avval sizning zimmangizdagi burchdir. Agar Islom yurtiga hujum qilinsa yoki dushmanning hujumga tayyorlanayotgani aniq bo‘lsa, bunday holatda – to dushmanni to‘sish uchun yetarli miqdorda kuch to‘plangunga qadar – jihod o‘sha hudud ahli uchun farz bo‘ladi. Agar dushman u yerni bosib olsa, jihod qo‘shni yurtlarga farzga aylanadi. Agar ular ham dushmanni qaytarishga kuchlari yetmasa, jihod yanada uzoqroqdagi yurtlarga farz bo‘ladi va shu tariqa, farzlik ommatan musulmonlarga tarqaladi. Agar dushman biror hududni to‘liq bosib olsa, jihod o‘sha hududda qolgan musulmonlar uchun mandub bo‘lib qoladi, chunki ular asirlar maqomiga tushadilar. Biroq hudud atrofidagi qo‘shni yurtlardagi qodir musulmonlar uchun jihod hanuz farz bo‘lib qolaveradi. Bugun siz Kinona qo‘shinlarini boshqarayotgan rejim ushbu hududlarni ozod qilishga qaratilgan jihodga g‘ov bo‘lyapti. Shuning uchun «Vojibni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vosita ham vojibdir», degan shar’iy qoidaga binoan, Misr rejimini ag‘darish ham farz bo‘ldi. Chunki shu bilangina jihodni joriy qilib, ushbu Islom yerlari va muqaddasotlarini qaytarib olish mumkin. Ammo bu ishlardan ham avval turgan yanada ulug‘ farz (farzlar toji) mavjud. U ham bo‘lsa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik ostida Islom bilan hukm yuritishdir.

Ey Kinona qo‘shinlari!

Siz kecha ham Ummatning qalqoni va qo‘lidagi quroli edingiz, bugun ham shundaysiz. Endi o‘z erkinligingizni qayta tiklab, Ummat bilan yana bir safda turing va sizni kishanlab turgan zolim hukmdorlarning zanjirlarini uzing va ular taklif qilgan pogon, unvon va maoshlarni rad eting. Sizni osmonlar va yer kengligicha bo‘lgan jannat sari boshlayotgan yetakchilar qo‘liga qo‘lingizni bering. Zero, Allohning huzurida siz uchun eng foydali va eng barqaror amal mana shudir. Ular bilan birgalikda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali Ummatning dard-alamini ketkazib, uning hokimiyatini qaytarib oling!

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ﴾

«(Ey mo‘minlar), sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!»                                                                           [Niso 75]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.