Hatto okean ortidan mardlik kelmoqda-yu Kinona armiyasining mardligi qayda qoldi?!

39
0

Matbuot bayonoti

Hatto okean ortidan mardlik kelmoqda-yu

Kinona armiyasining mardligi qayda qoldi?!

G‘azodagi qirg‘inlar avj olayotgan, mazlumlar ostida yer larzaga kelayotgan bir paytda, Kinona Misridan chiqqan Muhammad Sabriy Sulaymon ismli musulmon yigitning hodisasi butun Amerika ommaviy axborot vositalarida muhokamalar markaziga aylandi. U yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlovchi namoyishga, «Falastinga erkinlik!» deya baqirgan holda, molotov kokteyllarini otishda ayblandi. Ushbu hodisa ommaviy axborot vositalarida bahs-munozara qilinar ekan, hodisa mohiyatini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ya’ni okean ortidan bir yosh musulmon yigit, yuragida Ummat og‘rig‘i va dardi bilan alamlanib, G‘azodagi hodisalarga nisbatan dunyo davlatlarining sukuti va arab davlatlarining xiyonatiga qarshi o‘z uslubi bilan e’tiroz bildirdi.

Bu hodisa shunchaki shaxsiy harakat emas. Balki bu o‘z qo‘shinlari va hukmdorlari orasidan G‘azo mazlumlariga yordam beradigan hech kimni topolmagan Ummatning mardlik o‘kirigidir. Yigitning bu ishi – aqida va nomusga tayanib, o‘z ahlini qirg‘in qilinayotganini ko‘rib, sukut saqlay olmagan er yuragidagi erkin g‘azab ifodasidir.

Ushbu hodisa qarshisida esa, arab davlatlari rejimlarining, ayniqsa, Misr rejimining xiyonatkor pozitsiyasi fosh bo‘lmoqda. Chunki bu rejim hanuz G‘azoni qamalda ushlab turishda, chegaralarni yopishda, yordamlarni to‘sishda, yahudiy vujudiga gaz yetkazib berishda va ular bilan xavfsizlik va siyosat bo‘yicha hamkorlik qilishda davom etmoqda. Bu rejimlar xiyonati siyosiy darajada to‘xtab qolmadi, balki diniy va axborot sohalariga qadar yetib bordi: masalan, saroy ulamolari hukmdorlar sukutini oqlash va xalq ongini buzish sari safarbar etildi, shu orqali G‘azo kurashini jihod va ozodlikka aloqasi yo‘q, balki bir gumanitar muammoga aylantirishga urinilmoqda.

Shu yerda eng muhim savol tug‘iladi:

Misr armiyasi qani?! 6 oktyabrdagi shonli tarix bilan faxrlanib, maqtanuvchilar qayda qoldi?! Ularning orasida G‘azo bolalari va ayollari qatl etilayotganini, muqaddasotlari bombardimon qilinayotganini ko‘radigan biron to‘g‘ri yo‘lga yurguvchi kishi yo‘qmi?! Yahudiy jinoyatlarini har kuni ko‘rib, sukut saqlashyapti, nahotki, rasmiy buyruqlar ularning tuyg‘usini o‘ldirib bo‘lgan bo‘lsa?! Nahotki, ular Ummatning himoyachilari emas, mustamlakachining chegara posbonlariga aylanib qolishgan bo‘lsa?!

Haqiqat shuki, Misr rejimi yahudiylar xavfsizligining qo‘riqchisidir. U G‘azoga yordamni to‘syapti, yetarli moddiy ta’minotni uzib qo‘yyapti, G‘azo ahlini himoya qilayotganlarni qoralash uchun siyosiy va axborot urushlariga kiryapti, qarshilik harakatini terrorchi deb atashgacha boryapti!

Hatto anbiyolar merosxo‘rlari bo‘lishi kerak bo‘lgan ulamolar ham ba’zilari qo‘rquv va hirs ila yo‘ldan ozishdi: ba’zilari sukut saqladi, boshqalari esa saltanatga yon bosdi. Ular xorlikni «realistlik» deb oqlashda, Ummatni «manfaat fiqhi» va «hikmat» degan bahonalar bilan uxlatishda davom etmoqda. Jihodning farzligini, zolimga haq so‘z aytish kechiktirib bo‘lmas vojib ekanini go‘yo unutishgan!

Ey Kinona ahli, ey Salohiddin va Qutz avlodlari! Siz uchun bugungi voqelikka norozi bo‘lish vaqti kelmadimi?! Muborak Falastin zaminiga sizning nomingizdan xiyonat qilayotgan bu rejimga «bas!» deyish vaqti kelmadimi?! Tarixda «Misr G‘azoga qo‘shni edi, biroq unga yordam bermadi» deb yozilib qolsa, siz uchun uyat-or bo‘lmaydimi?!

Muhammad Sabriy Sulaymonning qilgan ishi Ummat tuyg‘usi hamon tirikligini ko‘rsatmoqda. Biroq haqiqiy xatar – Ummat g‘ururi faqatgina alohida shaxslar bilan cheklanib qolib, armiyalar sukut saqlab, irodasidan ajragan holda turaverishidir. Shu narsa bosqinchilikning umrini uzaytirmoqda, Ummat xorligini davom ettirmoqda.

Ey Kinona armiyasi zobitlari va askarlari! Haqiqiy qaror sizda, o‘tish yo‘llari sizning qo‘lingizda, chegaralar oyog‘ingiz ostida, G‘azo faryodlari quloqlaringizga chalinmoqda. Nima bahona bilan sukut saqlayapsiz?! Siyosatchilar buyruqlari va ommaviy axborot vositalari mish-mishlariga aldanmang! Siz Allohning huzurida javobgarsiz, rahbarlar oldida emas! Sizdan atigi bir chaqirim narida bolalar qoni oqqani, onalar qamalda qolgani, masjidlar bombardimon qilingani haqida qiyomat kuni so‘ralishdan qo‘rqmaysizmi?!

Biz sizni tartibsizliklar keltirib chiqarishga yoki ko‘r-ko‘rona g‘alayon ko‘tarishga chaqirmaymiz. Yo‘q! Biz sizni Alloh amr qilgan yo‘lga chaqiramiz: ya’ni Uning diniga nusrat bering, Ummatga qarshi emas, uning yonida turing, qurollaringizni anavi xoinlarni himoya qilish uchun emas, mazlumlarni qutqarish uchun ishlating, deya da’vat qilamiz, xuddi ansorlar harakatga kelib, Rosululloh ﷺga «agar bizni dengizga kir desangiz kiramiz» deganlari kabi harakatga kelishga chorlaymiz!

Aynan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikkina tub yechimdir. Ushbu Xalifalikkina Ummat quvvatini birlashtiradi, uning mardligini ozodlik loyihasiga yo‘naltiradi, bosqinchilar qudratini sindiradi, Ummatning dushmanlari bilan til biriktiruvga chek qo‘yadi va Ummatni qaytadan «insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat» darajasiga ko‘taradi.

Allohim! Kinona armiyasi orasida xolis er kishilar bor, ularning qalbini qo‘zg‘at, irodalarini ozod qil, ularga nusrat sharafini nasib et, yordamsiz qoldiruvchilar zarar yetkazolmaydigan zotlar safiga qo‘sh!

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ﴾

«(Ey mo‘minlar), sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsiz?!»                                                                                [Niso 75]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.