2025–2026 yilgi milliy budjet ko‘rsatkichi – bu AQSH va uning yangi mustamlakachi tashkiloti bo‘lmish Xalqaro Valyuta Fondi ko‘rsatmalariga itoat qilish hamda kapitalizm siyosatlari va Ummat azobining davomidir

28
0

Matbuot bayonoti

2025–2026 yilgi milliy budjet ko‘rsatkichi – bu AQSH va uning yangi mustamlakachi tashkiloti bo‘lmish Xalqaro Valyuta Fondi ko‘rsatmalariga itoat qilish hamda kapitalizm siyosatlari va Ummat azobining davomidir

Bangladesh muvaqqat hukumati AQSHning bojxona siyosatiga bo‘ysunib hamda uning yangi mustamlakachilik quroli bo‘lmish Xalqaro Valyuta Fondi yuklagan, sanoatni yemiruvchi va ekspluatatsion soliq siyosatini amalga oshirgan holda 2025-2026 yilgi davlat budjeti loyihasini tayyorladi. Siyosat va taraqqiyot markazi (CPD) ma’lumotlariga ko‘ra, muvaqqat hukumat hukmronligining so‘nggi to‘qqiz oyi ichida 2,7 milliondan ortiq inson «yangi kambag‘allar» qatoriga qo‘shildi. Bu esa aholi xarid qobiliyatining kun sayin pasayib borayotgan sharoitida ro‘y berdi.

Ushbu budjet inflyatsiyani nazorat qiladi, deb va’da berilgan bo‘lsa-da, biroq xalq uchun zarur mahsulotlarga qo‘yilgan boj va qo‘shimcha qiymat solig‘ini olib tashlash borasida hech qanday jiddiy qadam tashlanmadi. Demak, bu va’da aldashdan va xalqning davomiy azob-uqubatini masxara qilishdan boshqa narsa emas. Hukumat Trampning bojxona siyosatiga qarshi turish degan bahona bilan AQSHdan paxta import qilishni ko‘paytirishga hamda AQSHning suyultirilgan gaz kompaniyasi «Argent LNG» bilan yirik shartnomalar imzolashga kirishdi. Shuningdek, AQSHning gaz va paxta kabi 110 ta mahsuloti uchun bojlarni bekor qildi. Bu esa AQSHga bo‘lgan mutlaq sadoqatning ochiq ifodasidir.

Hukumatning tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini AQSHga eksport qilishda bojxona imtiyozlarini qo‘lga kiritish, degan bahonasi o‘rgimchak to‘ridan ham zaif bir bahonadir. Gap shundaki, agar Vashington Bangladesh mahsulotlariga boj soladigan bo‘lsa, zararga uchraydigan avvalambor o‘zi, ya’ni Amerika iste’molchilari bo‘ladi. Chunki amerikalik importchilar bu mahsulotlarni boshqa joydan arzonroq topa olmaydi. Buning muqobili o‘laroq, AQSH mahsulotlarini bojsiz olib kirish Bangladesh uchun ancha qimmatga tushadi. Chunki ayni mahsulotlar AQSHda ishlab chiqarilgani bois tabiiy qimmatligi va tashish xarajatlari tufayli arzon bo‘lmaydi.

Xalqaro Valyuta Fondining AQSH qo‘lidagi mustamlakachilik quroli ekanligi butun dunyoga ma’lum. Bu tashkilotning «erkin bozor» va soliqqa asoslangan siyosati davlatlar iqtisodi ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan. Shundoq ham elektr ta’minoti yetishmasligi va uning qimmatligi sababli mahalliy sanoat og‘ir ahvolda bo‘lgan bir vaqtda, hukumat elektr va yoqilg‘i soliqlarini kamaytirmadi. Bunga yechim topish o‘rniga, mahalliy sanoatning nafasini bo‘g‘di, xorijiy sarmoyani jalb qilish uchun esa, ularga soliq imtiyozlari va yoqilg‘i kafolatlari taqdim etdi. Darhaqiqat, tadbirkorlar biznesga qarshi tusdagi mazkur budjetdan jiddiy tashvish bildirdilar.

Shunday qilib, kapitalistik hukmron tabaqa Xalqaro Valyuta Fondi orqali amalga oshirilayotgan siyosatlar bilan G‘arbning roziligini qozonishga urinmoqda. Bu esa xalqqa nisbatan ochiq xiyonatdir. Alloh azza va jalla ahmoq hukmdorlar haqida

﴿وَلَا تُؤۡتُواْ ٱلسُّفَهَآءَ أَمۡوَٰلَكُمُ ٱلَّتِي جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمۡ قِيَٰمٗا﴾

«(Ey mo‘minlar) Alloh sizga turmush vositasi qilib bergan mollarni ahmoqlarga berib qo‘ymang»

                                                                                                       [Niso 5]

degan. Ha, xalq harakati tog‘ut Hasina hukumatini ag‘darib, bu yo‘lda ko‘p qurbonliklar berdi, biroq bugungi muvaqqat hukumat ham xuddi o‘sha tog‘ut hukumatning yo‘lidan bormoqda: mahalliy va xorijiy kapitalistlarning manfaatlarini himoya qilishni hamda Hasina amalga oshirgan va mustamlakachilikka xizmat qiladigan iqtisodiy loyihalarni tatbiq qilishni davom ettirmoqda. Yurt manfaatlariga zid bo‘lgan Adani (Adani) shartnomasini bekor qilmadi, milliardlab mablag‘larni «sig‘im to‘lovi» bahonasi ostida talayotgan Quick Rental kompaniyalarining o‘g‘irliklariga ham barham bermadi. Shu bilan birga, metro tonneli va Matarbari elektrostansiyasi kabi puxta o‘ylanmagan yapon loyihalarini amalga oshirishda davom etmoqda. Bu esa aholi yelkasidagi soliq yukini yanada og‘irlashtirib, ularni xorijiy qarzlar foizlari va sig‘im to‘lovlarini to‘lashga majbur qilmoqda. Achinarli tomoni shundaki, «diskriminatsiyaga qarshi kurash» shiori ostida tuzilgan hukumatning o‘zi endi qora pullarni oqlash siyosatini davom ettirish bilan o‘sha diskriminatsiyani amalga oshirmoqda.

Ey insonlar! Alloh Taolo aytadi:

﴿وَمَنۡ أَعۡرَضَ عَن ذِكۡرِي فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةٗ ضَنكٗا﴾

«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur»                                                                                   [Toha 123]

Shuning uchun, to Roshid Xalifalik davlatida Islom budjeti o‘rnatilmagunicha ustingizdan bu zulmlar aslo ko‘tarilmaydi.

Birinchidan: shariatga ko‘ra davlatning burchi o‘z qo‘l ostidagi har bir fuqaroni oziq-ovqat, kiyim-kechak va turar-joy kabi asosiy ehtiyojlar bilan ta’minlashdan iborat. Shu bois, Xalifalik budjetining tarkibi ish o‘rinlarini yaratish, muhtojlar va nogironlarga yordam ko‘rsatishga asoslanadi.

Ikkinchidan: mahalliy savdogarlarga bojxona solig‘i va qo‘shimcha qiymat solig‘i solish harom, chunki boj faqat xorijiy savdogarlarga qo‘llaniladi. Rosululloh ﷺ:

«لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ صَاحِبُ مَكْسٍ»

«Soliq soluvchi jannatga kirmaydi», deganlar. (Abu Dovud rivoyati).

Uchinchidan: elektr, gaz va neft kabi umumiy resurslar sohasi shariatda umumiy mulk sanaladi va ularni xususiylashtirish mumkin emas. Davlat bu sohalarni o‘zi boshqarib, tushadigan daromadlarni Ummat manfaatlariga – yo‘l, ko‘prik va boshqa infratuzilmalar qurishga sarflashi shart. Bunda halokatli tashqi qarzlarga suyanib bo‘lmaydi. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«الْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِي ثَلَاثٍ: الْمَاءِ، وَالْكَلَأِ، وَالنَّارِ»

«Musulmonlar uch narsada: suv, yaylov va olovda sherikdirlar». (Abu Dovud rivoyati). Boshqa rivoyatda: «ularning puli ham harom» deganlar. Vahiyga asoslangan adolatli islomiy budjetni joriy etish – xalq qadri-qimmatini saqlash, farovonlikka erishish va haqiqiy adolatni ta’minlashning yagona yo‘lidir. Bu yo‘l Xalqaro Valyuta Fondining rejalaridan va malay hukumatlarning xiyonatlaridan mutlaqo uzoqdir.

﴿وَلَوۡ أَنَّ أَهۡلَ ٱلۡقُرَىٰٓ ءَامَنُواْ وَٱتَّقَوۡاْ لَفَتَحۡنَا عَلَيۡهِم بَرَكَٰتٖ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلۡأَرۡضِ وَلَٰكِن كَذَّبُواْ فَأَخَذۡنَٰهُم بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴾

«Agar u qishloqlarning (joyning) ahli iymon keltirib, taqvodor bo‘lishganida edi, albatta Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik. Lekin ular (payg‘ambarlarimizni) yolg‘onchi qilishdi, bas, ularni o‘zlari qilgan gunohlari sababli ushladik»

                                                                                                   [A’rof 96]

Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.