9-may bizning bayram emas

21
0

بسم الله الرحمن الرحيم

 9-may bizning bayram emas

9-may haqidagi fikrimizni aytishdan avval tarixni bir esga olaylik. Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni istilo qilishi:

Chor Rossiyasi 1853 yildan Qo‘qon xonligi hududiga hujum uyushtirishga kirishdi.

1859 yilda podsho Aleksandr II kengashda Turkiston o‘lkasini istilo qilish zarurligini ta’kidladi va o‘zining sodiq malaylariga bir qator ko‘rsatmalar berdi. Jumladan, qarshilik ko‘rsatgan shahar va qal’alar aholisini qirib tashlashni buyurdi.

1860 yil 29 avgustda polkovnik Simmerman boshliq chor qo‘shini Pishpek (hozirgi Bishkek)ka hujum qilib 4 sentyabr kuni bosib oldi. Qal’aning kuli ko‘kka sovurilib, tirik qolgan himoyachilar qilichdan o‘tkazildi.

1861 yil 28 iyun kuni Peterburgda podsho ishtirokida o‘tkazilgan majlisda Qo‘qon xonligini bosib olishni oxiriga yetkazishga qaror qilindi.

1865 yil 9 may kuni Toshkent shahrini egallash uchun yalpi hujum boshlandi. 17 iyun kuni toshkentliklar taslim bo‘ldi.

1868 yil 13 fevralda Qo‘qon xoni Xudoyor Rossiya imperiyasining vakili fon Kaufman bilan shartnoma tuzdi. Shartnomada Qo‘qon xonligi bundan buyon Rossiya imperiyasining vassali bo‘lishi aytildi va davlat mustaqilligini yo‘qotdi.

1873 yil bahorida rus qo‘shini Xiva xonligiga qarshi urush harakatlarini boshladi.18 may kuni Kaufman qo‘shini Amudaryodan kechib o‘tib, 23 may kuni Hazoraspni bosib oldi. Bir necha kun ichida Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli va Mang‘it kabi qal’alar istilo qilindi. Xiva xoni jang qilish o‘rniga sahroga yashirindi. 29 mayda Xiva ruslarga taslim bo‘ldi.

1875 yil 22 avgustda Xudoyorning o‘g‘li Nasriddin Marg‘ilonda Kaufman bilan sulh tuzdi. Sulhga ko‘ra, Sirdaryoning o‘ng sohilidagi hududlar, Namangan va Chust shaharlari Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi, xonlik 2 mln rubl tovon to‘lashi shart edi va hokazo.

Keyin 1917 kommunistlar taxtni egallagach, 1937-38 yillargacha O‘rta Osiyodagi xalqlarning buyuk qahramonlari, ongli yetakchilari, olimlaridan, hatto iymonini oshkora ayta oladigan oddiy insonlardan ham tozalash ishlarini vahshiylarcha amalga oshirishi. Ularni “xalq dushmani”, “bosmachilar”- deb qoralash bilan birga bu to‘hmatlariga sodda xalqni ishontirish uchun kechasida “bosmachi” bo‘lishib, mol-mulkni talon-taroj qilish, ayollarni nomusiga tegish, qizlarni o‘g‘irlab ketish kabi razil ishlarni qilishib, bu ishlarni xalqimizni sher yurak qahramonlariga yuklashardi. Keyin ertasiga “qizillar” bo‘lish kelishib, ularga yordam qo‘lini cho‘zishar, hayotlari iziga tushib ketish uchun ularga yordam berishar edi. Shu kabi vahshiyliklar, hiyla-nayranglari bilan o‘zlarining haqiqiy basharasini yashirishib, o‘zlarini pokiza qalbli, dono, mazlumlarga yordam beruvchi insonlar qilib ko‘rsatishdi.

Bu ishlarni haqiqatini tushunganlarni birin-ketin yo‘q qilishib turishardi. Omma uchun yangraydigan shiorlar: “rus bizning og‘amiz”, “ruslarda iymon yo‘g‘u, lekin insof bor”, “ruslar chestniy bo‘ladi”, “boshliqlikni, texnikani ruslarga qo‘yib beraylik, biz ketmonimizdan qolmaylik” kabi shiorlar asosida O‘rta Osiyodagi xalqlarni Rossiyaga qullik qiladigan ruhdagi tashviqotlar ommalashtirildi.

Shu vaqtda ikkinchi jahon urishi boshlandi. Turixi unuttirilgan, “Rossiya hojamiz” deb singdirilgan jamiyatimizda ham nemis fashistlarlaridan himoyalanish uchun ota-bobolarimizni qirg‘in qilgan, boyliklarimizga ega bo‘lib olgan ikkinchi bir vahshiyga yordam berish tashviqoti avjiga chiqdi, qurol ushlashga imkoni borki erkaklar urushga safarbar qilindi, urushdan qochganlar kuch bilan qo‘rqitildi, yurtda qolib ketganlar ham asosiy ishlari armiyani ta’minlash bo‘lib, oila, bolalar tarbiyasi birovni ko‘ngliga sig‘may qoldi.

Lekin kommunistlar ham rus imperatoridek bizlarga qullardek qarardi, ruslar orqa chiziqda, frontning oldi chiziqlari, xovfli joylar esa, O‘rta Osiyo xalqlari zimmasiga tushar edi. Shuning uchun millionlagan yurtdoshlarimiz, ota-bobolarimiz urushdan qaytib kelmadi…

Urush tugagandan keyin ham ruslashtirish, boshqa xalqlarga qullardek muomila qilish siyosati davom etdi. Urushda ota-bobolarimizning fidoiyliklari, momolarimizning o‘zlari yemasalar ham oziq-ovqatlar bilan ularni ta’minlashlarini ham qullar shunday ishlar uchunda degandek qarashdi. Yaqin kunlarda Qirg‘iziston YevroOsiyo bojxona birligi(YEAEST)ga a’zo bo‘lishiga qaramasdan qirg‘istonlik hamyurtlarimizga qilgan muomalasi bunga yorqin dalildir.

9-may kunini tushuntirish uchun bir misol keltiraman. Bir barzangi, paskasht vahshiy qonho‘r, begunoh musulmon qahramonni o‘ldirib, xotiniga, bolalariga, boyliklari, mol-mulklariga ega bo‘lib olganini ko‘rib boshqa bir vahshiy undan mol-mulk, nufuz tashlab qolsa, yetim qolgan bolalar otasining qotiliga qurbonlar berib yurib yordam bersa, otasining qotili g‘olib bo‘lganini nishonlashni siz nima hisoblaysiz?!

Buni to‘g‘ri tushunish uchun bizga qilingan siyosatni bir oz tushunishimiz kerak. Avvallari internet yo‘q, faqat davlatga tobe bo‘lgan gazeta-jurnallar, radio-televideniyalar orqaligina xabarlar tarqatilardi. O‘quv yurtlari, ulardagi programmalar ham kufr siyosatiga tobe. OAV Allohni yaratgan kuni otasini “bosmachi”, “xalq dushmani” deb singdirsa, qotilni esa, haloskor, xalqparvar inson, mazlumlarga g‘amho‘r, daho inson deb qayta-qayta takrorsa, dushmanning bayramini ham nishonlash tabiiy hol bo‘lib qoladi. Fikrlash yo‘qolib, taqlid kuchaygan vaqtlarda har bir ish taqlid bilan yurgiziladigan bo‘lib qoladi, hatto yetakchilar ham rivojlangan mamlakatlarga taqlid qilishini yashirmay qo‘yadi.

21-asr internet davri, haqiqatlarni izlagan inson osonlikcha topa oladigan davr. Endi do‘stu-dushmanni yaxshi tanib olishga imkoniyatlar ko‘payib ketganda ham taqlid qilib, dushmanlarga erchish o‘ta sharmandalik. Avvalgilar 9-mayni bayrom qilishga biror bir uzr topish mumkin, lekin xozirgi insonlarga hech qanday uzr yo‘q.

Shunga o‘hshab “konstitutsiya kuni” ham kufr qul qilishni qurol-aslaha, zanjirlar bilan emas, siyosat bilan boshqarishga o‘tgan kun, chunki konstitutsiyani faqat mustamlakani mustahkamlaydigan asoslarida tayorlab berilgan. Masalan: konstitutsiyaning asosi “din davlatdan ajratish” ham kufrning asosiy talabi, bizdagilarning ularga ko‘r-ko‘rona taqlid qilganidir, chunki ulardagi xristin dini jamiyatni boshqarishda zolim, diktator hukumdorlarni qo‘g‘irchog‘i bo‘lganligidan hukumdorlarning xalqqa qilgan zulmlarini oqlash bo‘lib qolgan, erkin fikrlilarga qarshiliklar ko‘rsatishgan. Ulardan qutilish chorasi qilib din hayotdan ajratilishi kerak degan xulosaga kelishgan. Bizdachi, din hamma yutug‘larni asosi bo‘lgan, olam tan olgan yetuk olimlarni din tarbiyalagan. Din hayotni hamma sohasida yuksaltirgan. Nimaga dinni hayotga, davlatga aralashtirish mumkin emas degan fikr konstitutsiyani asosi bo‘ldi?!

Mustaqillik bayrami ham kufrning “bo‘lib tashla, hukmdor bo‘lasan” qoidasi asosida bo‘lingan chegaralarni yana birikib ketishini oldini olish uchun qilingan mustamlaka rejasi.

Da’vatchilarni “bosmachi”lardek ko‘rish, xijob, soqoldan qo‘rqish, dinni o‘rganishga bo‘lgan qarshiliklar kabi xalqqa teskari tashviqotlar, zulm siyosati ham kelajagimiz yuksalmasi uchun qilingan kufr siyosati. Endi ularni aldov-nayranglari o‘tmaydi, yolg‘onlariga el ishonmay qo‘ydi. Mankurt qilishga ular imkon topolishmay qoldi, haqiqatlar oshkora bo‘lyapti. Kim do‘stu, kim dushman ekani hammaga ma’lum, kufrga yordam qilib, mustamlaka tomonda bo‘lganlarga hech qanday uzr qolmadi.

Bizning najot yo‘limiz Islom, uni yaxshi o‘rganaylik, har bir ishda shariatni o‘lchov qilaylik, shunda – Rosululloh sollalohu alayhi va sallam – tayinlaganidek, hech adashmaymiz. Imom Molik rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollalohu alayhi va sallam vidolashuv hajjida shunday deb tayinlagan:

تركتُ فيكم أَمْرَيْنِ لن تَضِلُّوا ما تَمَسَّكْتُمْ بهما : كتابَ اللهِ وسُنَّةَ نبيِّهِ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّمَ

Sizlarga ikki narsani qoldirib ketayapman, agar mahkam ushlasanglar hargiz adashmaysiz: Allohning Kitobi va Payg‘anbari sollalohu alayhi va sallamning Sunnati.

Islom iydi Ramazon va iydi Qurbon kunlarini hamda har xaftada jum’a kunini bayram qilib belgilagan. Anas ibn Molik r.a. rivoyat qiladi:

قدِمَ رسولُ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ عليهِ وسلَّمَ المدينةَ ولَهم يومانِ يلعَبونَ فيهما فقالَ ما هذانِ اليومانِ قالوا كُنَّا نلعبُ فيهما في الجاهليَّةِ فقالَ رسولُ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ عليهِ وسلَّمَ إنَ اللَّهَ قد أبدلَكم بِهِما خيرًا مِنهما يومَ الأضحى ويومَ الفطرِ

Rosululloh sollalohu alayhi va sallam Madinaga kelganida ular ikki kunni bayram qilishib, o‘ynashar edi. Bu ikki kun qanday kun – deb Rosululloh so‘radilar. Biz johiliyatda u kunlari o‘yin-kulgi qilar edik – deb javob berishdi. Shunda Rosululloh sollalohu alayhi va sallam: albatta Alloh u ikki kunni undan yaxshiroq kunga o‘zgartirib qo‘ydi, Qurbon kuni va Fitr kuni – dedilar. Abu Dovud rivoyati.

Abu Mastur ibn Muxammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.