Yuz minglab musulmonlarning G‘azoga yordam berish marshida spontan (o‘z-o‘zidan) qatnashishi Islom Ummati birligi va uyg‘onishiga yorqin misoldir

14
0

Matbuot bayonoti

Yuz minglab musulmonlarning G‘azoga yordam berish marshida spontan (o‘z-o‘zidan) qatnashishi Islom Ummati birligi va uyg‘onishiga yorqin misoldir

Ha, yuz minglab musulmonlarning G‘azoga yordam berish marshida spontan qatnashishi, Islom Ummati birligi va uyg‘onishiga yorqin misoldir. Qolaversa, musulmon o‘lkalari ichida aholi soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan Bangladesh ahlining o‘z islomiy shaxsiyalarini va musulmon birodarlarini unutmaganliklarining dalolati hamdir. Marsh qatnashchilari malay va munofiqlarning propagandalarini e’tiborga olmadilar. Ular Allohu akbar deb hayqirdilar, tavhid bayroqlarini ko‘tarib chiqdilar hamda yahudiy vujudi va Amerikaga qarshi shiorlar bilan ko‘chalarni larzaga soldilar. Shu tariqa, ko‘plab to‘siqlarni yorib o‘tib, Islom Ummati birligiga bo‘lgan mustahkam iymonlarini ifoda etdilar.

G‘arblik salibchilar o‘z malaylari qo‘li bilan islomiy o‘lkalarda millatchilikni zo‘rlab tiqishtirish orqali Ummatni parchalashga tinimsiz urinayotgan bir vaqtda, musulmonlar imkoniyat tug‘ilishi bilanoq o‘zlarining asl o‘zliklarini va o‘zlarining birodar ekanliklarini namoyon etmoqdalar. G‘azoga yordam berish marshi va G‘azo uchun xalqaro piketda tabiiy ravishda ishtirok etish buning yorqin misolidir.

Siz, yahudiylarning AQSH qo‘llab-quvvatlovi bilan G‘azo musulmonlariga nisbatan tinimsiz sodir etayotgan vahshiy hujumlariga qarshi mamlakat bo‘ylab, shu jumladan, nufuzli ta’lim muassasalarida 2023 yil 7 oktyabrdan beri keng miqyosda ommaviy noroziliklar bo‘layotganiga guvohi bo‘ldingiz. Siz, shuningdek, musulmon o‘lkalaridagi malay rejimlar, ayniqsa, arab hukmdorlari la’nati yahudiy vujudining muborak Falastin zaminidagi musulmonlarga qarshi sodir etayotgan vahshiyona qirg‘inga javoban hech narsa qilishmagani sababli ularning barchasi butun Islom Ummati tomonidan rad etilganiga ham guvoh bo‘ldingiz.

Darhaqiqat, Bangladeshdagi ilmoniy va millatchi rasmiylar ommaviy norozilik namoyishlarini ko‘rgach, o‘zlarining siyosiy manfaatlari uchun G‘azo masalasida biror narsa qilishga majbur bo‘lishdi. Bunga dalil shuki, ular Trampning G‘azo musulmonlarini surgun qilish rejasiga qarshi yoki yahudiy vujudining haqiqiy homiysi bo‘lgan o‘z xo‘jayinlari Amerikaga qarshi churq etishmadi. Aksincha, ular «mamlakat imidjini buzadi», degan bahona bilan xalqni tavhid bayroqlari yoki Amerikaga qarshi plakatlarni ko‘tarib chiqishdan taqiqlashdi. Hatto ular G‘azo urushini to‘xtatishni va yahudiy vujudini xalqaro sudga tortishni BMT va xalqaro hamjamiyatdan iltimos qilish bilan xalq his-tuyg‘usini masxara qilishdi, insoniyat tuyg‘ularini tahqirlashdi.

Hozir har qanday aqliraso insonga ma’lumki, Amerika va uning arzandasi yahudiy vujudi BMTni ham, xalqaro sudni ham bir tiyinga olishmaydi. Agar hukmdorlar xalq his-tuyg‘usini zarracha hurmat qilishganda edi, hech bo‘lmaganda Amerika va yahudiy vujudi bilan aloqalarni uzishga chaqirishgan bo‘lardi. Alloh Subhanahu va Taolo musulmonlarni kofirlar va ularning malaylari xususida bunday ogohlantirgan:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلۡيَهُودَ وَٱلنَّصَٰرَىٰٓ أَوۡلِيَآءَۘ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضٖۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمۡ فَإِنَّهُۥ مِنۡهُمۡ﴾

«Ey mo‘minlar, yahudiy va nasroniylarni do‘st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir»                                                                             [Moida 51]

Ha, butun dunyodagi musulmonlar hukmdorlarning barchasi malay ekanini anglab yetdi. Shuning uchun u mavjud hukmron sinfga orqa o‘girib, armiyalardagi xolis o‘g‘lonlaridan nusrat talab qilmoqda.

Bunga namoyishchilardagi plakatlarda yozilgan quyidagi so‘zlar dalil:

«Falastin qoni oqmoqda, ey armiyalar, uni to‘xtating»;

«Harbiy bosqinchilik harbiy qutqarishni taqozo etadi»;

«Aqsoni ozod etuvchi bugungi kun Salohiddini qani?!»;

«Qo‘llari musulmonlar qonlariga botgan anavilar bilan qanday do‘stligimiz mavjud?»

«Musulmonlarning yagona himoyasi Xalifalikdir».

Biz Islom Ummati o‘g‘lonlari bo‘lganimiz sababli qo‘shinlarimiz muborak Falastin tuprog‘ini mudofaa qilish uchun urush boshlashga intiq bo‘lib, davlat buyrug‘ini kutib turibdilar. Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari qurolli kuchlarimiz zobitlariga Rosululloh ﷺning:

«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom-xalifa qalqondir. Uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi», degan so‘zlarini eslatmoqchimiz. (Muslim rivoyati). Ushbu hadisdan Falastinni ozod etish uchun Islom Ummatining haqiqiy himoyachisi bo‘lmish Xalifalik davlatini qayta barpo etish shartligi kelib chiqmoqda. Chunki yolg‘iz Xalifalikkina islomiy armiyalarni to‘plab, ularni muborak Falastin zaminini ozod etish sari yetaklaydi. Siz bu borada Salohiddin Ayyubiy yo‘liga ergashmog‘ingiz lozim.

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّٗا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا﴾

«(Ey mo‘minlar), sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Rabbano, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsiz?!»                                                                                                      [Niso 75]

Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.