Amallarni o‘lchashdagi to‘g‘ri tarozi

42
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Amallarni o‘lchashdagi to‘g‘ri tarozi

Har bir gap-so‘zni, ishlarni to‘g‘ri yoki noro‘g‘ri ekanini aniqlaydigan o‘lchovi bor. Sotsializmdagi o‘lchov davlat tarafidan qabul qilingan qonunlar gap-so‘zni, ishlarning to‘g‘ri yoki noro‘g‘ri ekanini aniqlaydigan o‘lchovi bo‘lgan. U qonunlarda hamma narsani kichiku-katta narsani o‘lchovi qonunlar bilan belgilangan. Hatto ommaga foydali bo‘lsa ham qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa jinoyat hisoblangan, masalan: tashlandiqda yotgan mol yoki qo‘y terisini oshlab, insonlar uchun foydali material qiluvchi ko‘nchilik jinoyat hisoblangan yoki Qur’onni ta’lim olish yoki ta’lim berish ham jinoyat hisoblangan.

Kapitalizmda esa, ommani bir ishga majburlamasdan qilingan har bir gap-so‘zlarni, ishlarning to‘g‘ri yoki noro‘g‘ri ekanini aniqlaydigan o‘lchovi foyda-ziyon bo‘lib, har bir shaxs o‘zi uchun foydali deb bilgan gap-so‘z, ishlar to‘g‘ri, ziyonli deb bilan gap-so‘zlar, ishlar noto‘g‘ri bo‘ladi. Faqat bu ishi bilan boshqalarni erkinligiga xalaqit qilmasligi shart qilinadi. Lekin xalqda ideologiya yo‘qligidan hukumatni chizgan chizig‘idan chiqolmaydigan OAV lari nimani to‘g‘ri desa o‘sha ish to‘g‘ri, nimani noto‘g‘ri desa o‘sha ish noto‘g‘ri bo‘lib qoldi. Hatto erkin fikrlab, o‘z fikrini aytgan insonlar ham jinoyatchi bo‘lishyapti.

Islomda esa, gap-so‘zlar va amallarning o‘lchovi halol-harom, ya’ni shariat nimani to‘g‘ri desa o‘sha to‘g‘ri, nimani noto‘g‘ri desa o‘sha noto‘g‘ri bo‘ladi, hatto qilish zarur bo‘lgan farz-vojiblarni zarur deb bilish yoki qilishga targ‘ib qilingan sunnatlarga havas qilib, targ‘ib qilish ham, qilish qat’iy taqiqlangan haromlarga hech qachon yo‘l qo‘yib bo‘linmaydi deb bilish yoki makruhlardan iloji boricha saqlanish kerak, mubohga qarshilik ham, targ‘ib ham qilib bo‘lmaydi deb ishonish, taslim bo‘lib, rozi bo‘lish – Islomdir.

Alloh Taolo aytadi:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا یُؤۡمِنُونَ حَتَّىٰ یُحَكِّمُوكَ فِیمَا شَجَرَ بَیۡنَهُمۡ ثُمَّ لَا یَجِدُوا۟ فِیۤ أَنفُسِهِمۡ حَرَجࣰا مِّمَّا قَضَیۡتَ وَیُسَلِّمُوا۟ تَسۡلِیمࣰا

Yo‘q, Robbingga qasamki, seni o‘z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor mo‘min bo‘la olmaslar! [4:65].

Demak, iymonning, mo‘minlikning sharti – har bir narsada Payg‘ambarni (s. a. v.), ya’ni, Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir. Mo‘min-musulmonman degan odam, islamiy degan jamiyat o‘zining har bir ishini Islomning hukmi asosida olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan to‘la rozi, ham sirtidan butunlay taslim bo‘lishi kerak. Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan ta’kidlab aytmoqda. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) ham o‘z hadislaridan birida:

لا يُؤمِنُ أحدُكُم حتَّى يكونَ هواهُ تَبَعًا لما جئتُ بهِ

Havoyu nafsi men keltirgan narsaga tobe’ bo‘lmaguncha, birorta odam mo‘min bo‘la olmaydi – deganlar.

Sotsialistik tuzum tarixga aylangan bo‘lsa ham ba’zan gap-so‘zlarida davlat tomonidan qobul qilingan qonunlar o‘lchov bo‘lib kelyapti. Gohida kapitalistik tuzumni ta’sirida foyda-ziyon o‘lchov bo‘lib qolyapti. Ayniqsa, hukumatdagi nufuz egalari o‘zlarini musulmonmiz deb bo‘lishsa-da, hech narsaga qaramay, faqat foyda-ziyonni o‘lchov qilishib olmoqda. Hatto hozirda olimlarimizda, imom-domlalarda ham shar’iy o‘lchovlar o‘z qiymatini yo‘qotdi, shaytoniy o‘lchovlarlar hukumron bo‘lib qoldi. Abdulloh ibn Abbos r.a.dan qilingan rivoyatda Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – shunday deganlar:

إنَّ الشيطانَ قد يَئِسَ أن يُعبَدَ بأرضِكم ، و لكن رضِيَ أن يُطاعَ فيما سِوى ذلك مما تُحاقِرون من أعمالِكم ، فاحْذَروا ، إني قد تركتُ فيكم ما إن اعتصمتُم به فلن تَضِلُّوا أبدًا ، كتابَ اللهِ ، و سُنَّةَ نبيِّه

Albatta, shayton sizlarning yurtlaringizda unga sig‘inishlaringizdan noumid bo‘ldi. Lekin (shirkdan) boshqa o‘rinlarda, sizlar e’tiborsiz deb hisoblaydigan emallaringda unga itoat qilishinglarga rozi bo‘ldi. Ehtiyot bo‘linglar! Albatta, Men sizlarda shunday narsani qoldirib ketayapman-ki, agar uni mahkam ushlasanglar hecham adashmaysizlar: Allohning Kitobi va payg‘anbarining Sunnati. Hokim va Bayhaqiy rivoyatlari.

Oxirgi davrlarda mo‘minlarda fikrlash tubanlashganligi sababli shar’iy o‘lchov o‘zgardi, hatto taqvodor deb tanilgan mo‘minlarning o‘lchovida ham taqqaslovchi o‘lchov tarqalib ketdi. Bir inson yoki fikr yoki tuzum haq bilan botilni faqrlaydigan shar’iy o‘lchov bilan emas, balki boshqasi bilan solishtirib o‘lchanadigan bo‘lib qoldi. Dinsizlik hukmron bo‘lgan sotsialistik tuzumga yoki dinga qattiq qarshilik qilayotgan boshqa davlatlarga taqqoslab, demokratiyani asos deb, kufr bilan hukm qilayotgan bo‘lsa-da, prezidentni, hukumatni maqtab, Alloh Taoloning hukmiga qarshi chiqayotgan insonlar, ayniqsa, ulamolar, imom-domlalar Qiyomatda, Alloh Taoloning huzurida qanday javob berishar ekan-a? Holbuki Alloh Taolo “Moida” surasining 44, 45 va 47 oyatlarida Kur’on va hadislardan boshqasi bilan hukm qilganlarni kofirlar, zolimlar, fosiqlar deb hukm chiqarib qo‘ygan bo‘lsa-yu, nega ularni amru-maruf va nahiy-munkar qilish o‘rniga ularni olqishlayapsizlar, Alloh Taolodan qo‘rqmaysizlarmi, Alloh Taologa qaysi yuz bilan ro‘paro‘ bo‘lasizlar?!

Yoki zinoga taqqaslab, nomahram erkak va ayolni xilvatta qolishlariga, ayollar avrat hasoblangan joylarini ochib ko‘chalarda, ommaviy joylarda yarim yalong‘och yurishlariga, ular erkaklarning qarashlarga nega bee’tibor bo‘lyapsizlar, zinoni harom qilgan Alloh ularni ham harom qilgan-ku?! Huzayfa ibn Yamon r.a. Rosululloh sollalohu alayhi va sallam dan rivoyat qiladi:

مَنْ لَا يَهْتَمُّ بِأَمْرِ الْمُسْلِمِينَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ، وَمَنْ لَا يُصْبِحُ وَيُمْسِي نَاصِحًا لِلَّهِ وَلِرَسُولِهِ وَلِكِتَابِهِ وَلِإِمَامِهِ وَلِعَامَّةِ الْمُسْلِمِينَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ

Kimki musulmonlarning Ishiga ahamiyat bermasa, u inson musulmonlardan emas. Kimki kecha-yu, kunduz bo‘lmasin Allohga, Rosuliga, Kitobiga, imom(rahbar)iga, musulmonlarning ommasiga nasihatchi(ya’ni ikkiyuzlik qilmay, haqiqatni aytuvchi) bo‘lmasa u ulardan emas. Tabaroniy rivoyati.

Yoki shaxsiy masalalarga: namoz, ro‘za, odob-axloqqa e’tibor berayapsizu, lekin jamiyatni o‘zgartirishga ahamiyat bermayapsiz, holbuki Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – risolatni uchunchi yiliyoq Makkada omma oldiga chiqib, butlarga sig‘inish shirk, kufr, ahmoqlik ekanini ochiq aytib, jamiyatda “la ilaha illo Alloh” hukmron bo‘lishini jar solgan edi-ku, tarozudan urib qolish kabi kufr hukmlarini, qizlarni tiriklay ko‘mish kabi shirk odatlarini qanchalar noto‘g‘ri ekanini – ommaviy qarshiliklarga qaramay – aqllar qabul qiladigan qilib bayon qilishni boshlagan edi-yu?!  Alloh Taolo aytadi:

وَإِذَا ٱلۡمَوۡءُۥدَةُ سُىِٕلَتۡ () بِأَیِّ ذَنۢبࣲ قُتِلَتۡ

Qaysi gunoh uchun o‘ldirilganligi tiriklay ko‘milgan qizdan so‘ralgan vaqtda [81:8-9].

Yana shunday deydi:

  وَیۡلࣱ لِّلۡمُطَفِّفِینَ () ٱلَّذِینَ إِذَا ٱكۡتَالُوا۟ عَلَى ٱلنَّاسِ یَسۡتَوۡفُونَ () وَإِذَا كَالُوهُمۡ أَو وَّزَنُوهُمۡ یُخۡسِرُونَ

Odamlardan narsa o‘lchab olsalar, to‘liq olib, agar odamlarga o‘lchab yoki tortib bersalar, kamaytirib, o‘lchovdan urib qoluvchilarga vayl (voy) bo‘lsin. [83:1-3]. Yana buni amr qildi:

فَٱصۡدَعۡ بِمَا تُؤۡمَرُ وَأَعۡرِضۡ عَنِ ٱلۡمُشۡرِكِینَ

Bas, senga amr etilgan narsani yuzaga chiqar va mushriklardan yuz o‘gir. [15:94].

Hajni farz, umrani sunnat qilgan Alloh Taolo mazlumlarga yordam berishni ham farz qilgan emasmi?! Sharqiy turkistonda uyg‘urlar, G‘azoda falastinliklar qon-qaqshab, qirginga uchrayotgani ko‘rib turgan Ummatdan yordamlarini umid ham qilmay qolishdi, Alloh Taoloning huzurida jannatga kirishligimizga qarshilik qilishlarini aytib, qalblari qonga to‘lib, ko‘zlarida yosh bilan Alloh Taologa iltijo qilishyapti?! Shu qilgan ishlari to‘g‘rimi, kim yordam berishi kerak, kufr davlatlarimi yoki Xalqaro tashkilotlarmi yoki Ummatning vazifasimi?! Nega jimsizlar? Jobir ibn Abdulloh r.a. Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan rivoyat qiladi.

ما من امرئٍ يخذل امرءًا مسلمًا في موطنٍ يُنتَقَصُ فيه من عِرضِه، ويُنتهَكُ فيه من حُرمتِه، إلا خذله اللهُ تعالى في موطنٍ يحبُّ فيه نُصرتَه، وما من أحدٍ ينصر مسلمًا في موطنٍ يُنتقَصُ فيه من عِرضِه، ويُنتهَكُ فيه من حُرمتِه، إلا نصره اللهُ في موطنٍ يحبُّ فيه نُصرتَه

Obro‘siga putur yetayotgan, hurmatlari toptalayotgan o‘rinda bir musulmon insonni kimiki beyordam tashlab qo‘ysa Alloh Taolo ham albatta uni Allohning yordam berishini xohlagan o‘rinda beyordam tashlab qo‘yadi. Obro‘siga putur yetayotgan, hurmatlari toptalayotgan o‘rinda bir musulmon insonga kimiki yordam bersa Alloh Taolo ham albatta uni Allohning yordam berishini xohlagan o‘rinda yordam beradi. Abu Dovud rivoyati.

Anas ibn Molik r.a. Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan rivoyat qiladi:

انْصُرْ أخاكَ ظالِمًا أوْ مَظْلُومًا. فقالَ رَجُلٌ: يا رَسولَ اللَّهِ، أنْصُرُهُ إذا كانَ مَظْلُومًا، أفَرَأَيْتَ إذا كانَ ظالِمًا، كيفَ أنْصُرُهُ؟ قالَ: تَحْجُزُهُ -أوْ تَمْنَعُهُ- مِنَ الظُّلْمِ؛ فإنَّ ذلكَ نَصْرُهُ.

Birodaringga zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam ber. Shunda bir kishi: yo, Rosululloh mazlum bo‘lsa yordam beraman. Agar zolim bo‘lsa qanday yordam beraman deb so‘radi. Uni zulmdan tiyib qo‘yasan. Albatta bu ish unga yordam bo‘ladi – deb javob berdilar. Buxoriy rivoyati.

Shar’iy o‘lchovdan yuz o‘girib, unga yetarlicha ahamiyat bermay qo‘yish, Islomdan urfda ma’lum bo‘lganlarigagina amal qilib, boshqa o‘rinlarda kufrga ergashish natijasida bu dunyoda xor bo‘ldik, qayerga bormaylik qullardek muomila qilinadigan rasvo bo‘ldik. Go‘yoki najot yo‘qdek, hamma joyda musulmonga kun yo‘qdek ahvolga tushub qoldik, Oxiratimizni shu dunyoga sotib, dunyo ishlarini avvalgi hisobga qo‘yishning oqibatida Oxiratda ham eng qattiq azob borligidan Alloh Taolo ogohlantiryapti:

 أَفَتُؤۡمِنُونَ بِبَعۡضِ ٱلۡكِتَـٰبِ وَتَكۡفُرُونَ بِبَعۡضࣲۚ فَمَا جَزَاۤءُ مَن یَفۡعَلُ ذَ ٰ⁠لِكَ مِنكُمۡ إِلَّا خِزۡیࣱ فِی ٱلۡحَیَوٰةِ ٱلدُّنۡیَاۖ وَیَوۡمَ ٱلۡقِیَـٰمَةِ یُرَدُّونَ إِلَىٰۤ أَشَدِّ ٱلۡعَذَابِۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ () أُو۟لَـٰۤىِٕكَ ٱلَّذِینَ ٱشۡتَرَوُا۟ ٱلۡحَیَوٰةَ ٱلدُّنۡیَا بِٱلۡـَٔاخِرَةِۖ فَلَا یُخَفَّفُ عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابُ وَلَا هُمۡ یُنصَرُونَ

… Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o‘shani qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat xorlik, rasvo bo‘lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan g‘ofil emas. Ana o‘shalar dunyo hayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam ham berilmas. [2:85-86].

Alloh bizni qay ahvolga tushib qolishimizni bilganligidan bizga to‘g‘ri yo‘lni bayon qildi. Adashmasligimiz uchun shar’iy o‘lchovga qaytishimiz kerak, chunki imom Molik shunday hadisni rivoyat qilgan, Rosululloh sollalohu alayhi va sallam vidolashuv hajida:

تركتُ فيكم أَمْرَيْنِ لن تَضِلُّوا ما تَمَسَّكْتُمْ بهما : كتابَ اللهِ وسُنَّةَ نبيِّهِ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّمَ

Sizlarga ikki narsa tark qilyapman, modomiki mahkam ushlasangiz hargiz adashmaysizlar: Allohning Kitobi va payg‘anbari – sollalohu alayhi va sallam – ning Sunnati. Alloh Taolo aytadi:

وَعَسَىٰۤ أَن تَكۡرَهُوا۟ شَیۡـࣰٔا وَهُوَ خَیۡرࣱ لَّكُمۡۖ وَعَسَىٰۤ أَن تُحِبُّوا۟ شَیۡـࣰٔا وَهُوَ شَرࣱّ لَّكُمۡۚ وَٱللَّهُ یَعۡلَمُ وَأَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ

Ehtimol yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Ehtimol yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz. [2:216].

Abu Mastur ibn Muhammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.