Matbuot bayonoti
Yamandagi kurash tinimsiz davom etmoqda! Endi, Hazramavt olov ostida!
Hazramavt qabilalari va ularning barcha qatlamlari kengaytirilgan uchrashuvda yig‘ilishdi. Amr ibn Habrish Aliy boshchiligidagi Hazramavt qabilalari koalitsiyasi 2025 yil 12 aprel shanba kuni bayonnoma chiqardi. Unda Hazramavt viloyatiga avtonomiya berilishi talab qilindi hamda viloyatning boshqa tomonlarga bo‘ysunmasligi ta’kidlandi. Boshqa tomonlar deganda Hazramavtni egallash ustida kurashayotgan tomonlar nazarda tutilgan. Bayonnomada, shuningdek, Hazramavtning Saudiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va u yerdagi elektr muammosi hal etilishi zarurligi ham aytildi.
Yamanning umumiy manzarasiga, xususan, Hazramavtdagi vaziyatga diqqat bilan qaraydigan har bir kishi, bu uchrashuv va deklaratsiyaning ittifoq rad etgan mojarolar spiralidagi yana bir bosqich ekanini ko‘radi. Ushbu haqiqatni ta’kidlash uchun biz quyidagi fikrlarni sizga eslatib o‘tamiz:
Koalitsiya rahbari Amr ibn Habrish to‘qqiz yildan beri Hazramavt viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelmoqda. Deklaratsiyada ta’kidlangan Hazramavtdagi yomon ahvol Amr ibn Habrish lavozimga kelgan kundan beri o‘zgarishsiz davom etdi.
Hazramavt qabilalari ittifoqi tomonidan ilgari surilgan talablar Janubiy o‘tish kengashi tashkil etilgandan beri o‘z tarafdorlariga va’da qilgan talablar bilan bir xil. Janubiy o‘tish kengashi nazorati ostidagi Adan va boshqa shaharlar qashshoqlikda qolmoqda. Xalq tizimli qiyinchiliklarga duch kelmoqda va uzoq vaqtdan beri va’da qilib kelingan aniq shakldagi yaxshilanishlarni ko‘rmadi.
Koalitsiya bayonotida xorij bilan aloqa va unga qaramlik qoralangan bo‘lsa-da, aynan shu koalitsiyaning o‘zi xorijga qaram. Masalan, uning rahbari Amr o‘tgan ramazonda kutilmaganda Saudiyaga safar qildi va u yerda mamlakat mudofaa vaziri va Yaman bo‘yicha mas’ul Xolid ibn Salmon bilan uchrashdi. Bu Saudiya tomonidan koalitsiya harakatlarini nazorat qilish uchun amalga oshirilgan safardir. Saudiya bugungi Salmon hukmronligi davrida Britaniya nufuzini Yamandan quvib chiqarish va o‘rniga xo‘jayini Amerika nufuzini joylashtirish maqsadida mamlakatga kirib borish uchun turli yo‘llar bilan harakat qilyapti. Amerika Hazramavtga endi bugun ko‘z tikayotgani yo‘q. Balki uning Yamandagi elchisi Stiven Fagin Hazramavtga olti oy ichida kamida uch marta bordi. Ilgari AQSHning sobiq (2007-2010) elchisi Stiven Sesh «Davlatning asosiy kuchi Hazramavtdir», deya bayonot bergan.
Demak, bu bayonnomadan ko‘rinib turibdiki, Hazramavt ustidagi kurash zohirda mintaqaviy (Saudiya-Amirliklar) kurashi, aslida esa, G‘arb (Britaniya-Amerika) kurashidir. Darhaqiqat, o‘zining ulkan boyligi sababli, shuningdek, 193 ming kvadrat kilometr katta maydoni tufayli Yamanning eng muhim mintaqalaridan biri hisoblangan Hazramavtdagi bu kurashni mahalliy qo‘llar olib bormoqda. Biroq ikki tomonning birortasi ham xalq manfaatlari yoki ehtiyojlari haqida qayg‘urmayapti. Qayg‘urganda edi, urush shu kungacha davom etmasdi. Urush Yamanning musulmon yoshlari qonini quritmoqda. Shu bois, biz «Hazramavt» va «Hazramavt nefti» kabi shiorlarga – xuddi janubdagi odamlar janub boyliklariga va potensiallariga aldanib qolishgani kabi – aldanib qolmasligimiz kerak. Chunki ustimizdan hukm yuritayotganlar bu kurashning niqobli o‘yinchilaridir. Ular yechimni ta’minlay olmaydilar. Chunki ular yechimning emas, muammoning bir bo‘lagidirlar.
Xoh Hazramavtga, xoh janubga, xoh Mahraga chaqiriq bo‘lsin, millatchilik va vatanparvarlikka asoslangan bu chaqiriqlarning barchasi Islom harom qilgan johiliyat chaqiriqlaridir. Bu, shuningdek, musulmonlarni bo‘lish va oralarida g‘ayriislomiy kurashlarni keltirib chiqarishga qaratilgan G‘arb loyihasi hamdir. Afsuski, bugungi kunda musulmonlar o‘rtasida nizolar keltirib chiqaradigan yovuz loyihalarda ba’zi musulmonlarning askar sifatida qatnashayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Vaholanki, shar’an farz bo‘lgan narsa musulmonlarning o‘z dinlari va Ummatlari masalasi uchun birlashmoqlaridir. Bu esa bevosita yoki Yaman atrofidagi malay davlatlar vositasida G‘arb bilan aloqa qiluvchi boshqaruvlar ostida emas, balki faqat va faqat Islom boshqaruvi ostida amalga oshadi.
Ey Yamandagi ahlimiz!
Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari sizga takror-takror aytyapmiz: barcha muammolaringiz va musulmonlarning barcha muammolari uchun yagona yechim Islom va uning davlatidir. Bundan o‘zga yechim yo‘q. Sizni kuch-qudratga va farovonlikka olib boradigan hamda dunyo va oxiratda qutqaradigan birdan-bir islomiy boshqaruv ushbu Xalifalik boshqaruvidir. Alloh Taolo aytadi:
﴿وَمَنۡ أَعۡرَضَ عَن ذِكۡرِي فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةٗ ضَنكٗا وَنَحۡشُرُهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ أَعۡمَىٰ﴾
«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz» [Toha 124]
Hizb ut-Tahrirning
Yaman viloyatidagi
matbuot bo‘limi