Matbuot bayonoti
Misrdagi «fatvolarni tartibga solish» qonunidan shariatni bostirish va din o‘rniga rejimga xizmat qilish ko‘zlangan!
Misr rejimi dinga tajovuz qilish va uni hukmdorga bo‘ysundirish uchun bo‘lgan urinishini yana bir qadam oldinga siljitdi. Gap shundaki, hukumat ruxsat berilmagan shaxslar tomonidan fatvo berilishining oldini olishga qaratilgan yangi qonun loyihasini qabul qildi. «Fatvoni tartibga solish qonuni» deb nomlangan qonun loyihasiga ko‘ra, ruxsatga ega bo‘lmay fatvo berganlar 6 oylik qamoq jazosi va 100 ming junayh jarimaga tortiladi. Qonunda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda faqat ayrim muassasalarning fatvolarini tarqatish shart qilingan. Ushbu vakolatli muassasalar quyidagilar: Katta ulamolar hay’ati, muftilik idorasi, Islom ilmiy-tadqiqotlar majmuasi va vaqflar vazirligi qo‘mitalaridir. Agar fatvolarda qarama-qarshilik yuzaga kelsa, Katta ulamolar hay’ati ra’yi olinadi.
Tashqaridan qaraganda, bu qonun fatvo sohasidagi qonunbuzarliklarga barham berish va fatvo berish layoqatiga ega bo‘lmaganlarni to‘xtatishga qaratilgan qadamdek tuyulishi mumkin. Ammo fatvo berish vakolatiga ega bo‘lgan muassasalarni, ushbu qonun qabul qilingan siyosiy muhitni va mavjud rejimning holatini e’tiborga olsak, ushbu nizomning aslida dinni nazorat qilish, muxolif ovozlarni o‘chirish va shariatdan hukumat manfaatlariga muvofiq foydalanish uchun chiqarilgan nizom ekanligi tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan, qonun rejimning dindan o‘zining ichki va tashqi jinoiy siyosatining tayanchi sifatida foydalanishining hozirgi ko‘rinishidir.
Fatvolarni tartibga solish haqida so‘z yuritishdan oldin savollarimiz bor: Bu rejim Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritayotganmidiki, xalq ishlariga Allohning ahkomlari bilan g‘amxo‘rlik qilishga va shariatga zid bo‘lishi mumkin bo‘lgan fatvolarni tartibga solishga bunchalik urinib qoldi?! Axir Islom bilan hukm yuritmay, aksincha, Islom bilan hukm yuritilishini talab qilgan har bir insonga qarshi kurashayotgan, shaxs darajasida bo‘lsa ham Allohning shariatiga amal qilganlarni ta’qib qilayotgan mana shu rejim emasmi?! Modomiki, Islom na rejim qabul qilgan din va na himoya qilgan qadriyat emas ekan, xo‘sh, nega u fatvolarning to‘g‘riligi va tartibga solinishiga qiziqib qoldi?! Shubhasiz, bu yerda boshqa bir muammo bor. Misr rejimiga savol: «Fatvo borasida tartibsizlikni kim avj oldirdi? Har bir jinoyatingizni xaspo‘shlash uchun din peshvolarini yollab, ommaviy axborot vositalari va teleekranlarda chiqarayotgan siz emasmi?! Siz emasmi, chalamullalarni jihod, hijob va munosabatlar to‘g‘risida tabiatingizga mos fatvo berishga undayotgan?! Falastindagi bosqinchilikka qarshi kurashishni terrorchilik deb, zolim hukmdorga qarshi chiqishni harom deb fatvo berayotgan ham sizning fatvo idorangiz emasmi?! Demak, Misr rejimining o‘zi muammo, shunday emasmi?!».
Islom nuqtayi nazaridan, fatvo bu – muftiga berilgan masalalarda Allohning hukmini bayon qilishdir. Fatvo, agar fatvo beruvchi mavjud bo‘lsa, farzi kifoya, agar haq bilan fatvo beruvchi kishi topilmasa, farzi ayn bo‘ladi. Islom fatvo berishni davlat idoralarining monopoliyasi bo‘lishiga yo‘l bermaydi. Aksincha, fatvo berishga mutasaddi shaxsda ilm, adolat va taqvoning bo‘lishini shart qilgan, rasmiy idoralarga mansublikni shart qilmagan! Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ
«مَنْ أُفْتِيَ بِغَيْرِ عِلْمٍ كَانَ إِثْمُهُ عَلَى مَنْ أَفْتَاهُ»
«Ilmsiz berilgan fatvoga amal qilgan kishining gunohi o‘sha fatvoni bergan kimsagadir», deganlar. Fatvo berishda davlatdan ruxsat olinmaydi, bu shariatga zid. Aksincha, fatvo beruvchi Qur’on va sunnatdan bilimdon, istinbot qilishga qodir, Alloh uchun malomatchining malomatidan qo‘rqmaydigan taqvoli bo‘lishi shart.
Fatvo berish huquqini ma’lum bir hay’atga cheklash va davlat tomonidan bu hay’atga hukmronlik berilib, boshqalarni fatvodan man qilishga kelsak, bu shariatda mutlaqo yo‘q narsa. Buni Ummat hokimiyati ag‘darilgandan keyin mustabid hukmdorlar to‘qib chiqargan hokimiyat bid’ati, deyish mumkin.
Bundan ham yomoni, Misr rejimi shunday qadami bilan, xuddi Yevropadagi zulmat asrlarida bo‘lgani kabi, «rasmiy Misr ruhoniylari» yaratishga urinyapti. Ya’ni bir siqim kimsalar din nomidan gapirishni monopoliya qilishyapti. Oddiy odamlar va olimlarga esa hukmdorning xohishiga zid bo‘lsa, Allohning hukmini e’lon qilishlari man etilmoqda. Bu esa Islom asoslariga mutlaqo ziddir. Islomda shariatni monopoliya qiladigan «ruhoniylar sinfi» ham, rasmiy muassasalar ham mavjud emas. Islomda ruhoniylik yo‘q. Odamlar bilan ularning Robbilari o‘rtasida vositachi ham yo‘q. Islomda ilm talab qilgan, ijtihod qilgan, dalillarga suyanib hukm chiqargan va o‘rganganlarini boshqalarga yetkazadigan olimlar, mujtahidlar va muhaddislar bor. Ularni sulton tayinlamaydi va litsenziya ham bermaydi.
Islom hokimiyatga yoki diniy idoraga din ustidan huquq berib, qolganlarni bundan taqiqlashni harom qilgan. Davlatga ham o‘ziga mos ma’ruzani zo‘rlab tiqishtirishni harom qilgan. Chunki bu din bilan foyda yetkazish emas, balki dindan foydalanish va qolganlarni bostirish hisoblanadi.
Mazkur qonunda «fatvoga ixtisoslashgan» deyilayotgan idoralar, zolimlarga bay’at qilgan va zulmni qo‘llab-quvvatlagan idoralarning o‘zidir. Aynan shu idoralar kapitalizm bilan hukm yuritayotgan, Islomga va Islom bilan hukm yuritishga chaqirayotganlarga qarshi kurashayotgan tuzumning bir qismidir. Zotan, Xalqaro Valyuta Fondidan sudxo‘rlik qarzi olishga «shar’iy fatvo» bergan ham Misr muftilik idorasidir! Katta ulamolar hay’ati esa Sisiy inqilobini qo‘llab-quvvatlab, unga qarshi chiqishni harom deb fatvo chiqargan! Holbuki, mavjud rejim Islom bilan hukm yuritmaydi va hokimiyatga to‘g‘ri shar’iy bay’at yo‘li bilan kelmagan! Bundan tashqari, u Sayks-Piko chegaralarini qo‘riqlaydi. Vaqflar vazirligiga kelsak, u bir siyosiy jarchilik idorasi bo‘lib, imom-xatiblarni har bir haq so‘zni aytgan insonga yoki mujohidga hujum qilishga safarbar etyapti, masjidlarda rejimga itoat qilish va siyosatiga rozi bo‘lishga da’vat qilyapti! Islom ilmiy-tadqiqot majmuasiga kelsak, u jihod, Xalifalik va chegara ahkomlarini bila turib, bundan ko‘z yumyapti, «amerikacha islom» suratidagi buzib ko‘rsatilgan islomni targ‘ib qilyapti! Xo‘sh, bu idoralarda shar’iylik bormi?! Bu hokimiyat istagan «shar’iylik» emasmi?! Shubhasiz, shariat hukmdorning qilichi ostida chiqarilgan fatvoni ham, bosh muftining «davr-zamoni»ga mos keladigan yoki «tinchligi»ga xizmat qiladigan fatvoni ham tan olmaydi!
Bugungi kunda Misrda dinni byurokratik ishga, fatvoni ichki ishlar bayonotiga aylantirish ishi ketyapti. Maqsad tartibsizlikni bostirish emas, bil’aks, xalqni bostirish va hukumat siyosatiga zid har bir ovozni Islom nomi bilan yo‘q qilishdir. Bu Islom tariqatiga tamoman zid. Islomda ulamolar haq so‘zni aytishda erkindirlar, Alloh uchun malomatchining malomatidan qo‘rqmaydilar. Ular zolim hukmdor qarshisida shariatni qo‘riqlab himoya qiladilar.
Paradoks shundan iboratki, fatvo berishdan man qilinayotganlarning ko‘pchiligi bilimsiz inson emaslar, bil’aks, jihod qilishdan tortib, Falastinni ozod etish, normallashuvning xiyonat ekanini fosh etish va Xalifalik davlatini barpo etish farzligi kabi Ummatning ulkan masalalari to‘g‘risida gapirayotgan xolis da’vatchilardir. Asosiy muammo shundaki, bu rejim haqiqiy shar’iy fatvo aytilishini istamayapti, balki hukumat va uning halokatli siyosatiga, shar’iy to‘n kiydirilgan xiyonatlariga xizmat qiladigan fatvoni istayapti. Shu sababdan rejimdagilarga o‘z ta’limotlaridan tashqari din haqida gapiradigan har bir kishini jinoyatchiga chiqaruvchi bir qonun ishlab chiqarishlari kerak bo‘lib qoldi! Bu bilan fatvolar xavfsizlik xizmati nazorati ostiga kiritilyapti, shar’iy qoidalar ostiga emas. Bu esa Islomni sekulyarlashtirishdir.
Shulardan kelib chiqib, biz Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati a’zolari shuni ta’kidlamoqchimizki, bunday bema’nilikning yagona qonuniy muqobili Islomni davlat changalidan qutqarish, aqidasini davlatning konstitutsiyasi, qonunlari va barcha narsalarining asosiga aylantirish va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdir. Xalifalik nafaqat qozi, mufti va olim ustidan, balki ilm va butun Ummati ustidan bo‘layotgan davlat hukmronligiga chek qo‘yadi, ularning haqni gapirish, ma’rufga burib, munkardan qaytarishdek huquqlarini beradi. Shu orqali Alloh uchun malomatchining malomatidan qo‘rqmaydigan avlod yetishtirib chiqaradi.
Misrda fatvolarni tartibga solish qonuni, degan narsadan maqsadlari ularni tartibga solish emas, aksincha, shariatga qarshi chiqish va G‘arb bilan malaylarini g‘olib qilishdir. Bu xalqni jaholatdan himoya qilish emas, balki ularni haqiqatdan himoya qilish va jaholatni chuqurlashtirishdir. Bu dinni nazorat ostiga olish emas, balki uni mohiyatidan uzishdir.
Ey Azhar shayxlari, Ummat ulamolari!
Siz anbiyolar merosxo‘rlarisiz, Allohning oldida maqomingiz buyuk. Zimmangizdagi omonat ham tog‘lar qadar og‘ir. Biz bugun Islom ahkomlari oyoq osti qilinayotgan, Islom yomonotliq qilinayotgan, fatvolardan hukmdorlar zulmini oqlashda foydalanilayotgan bir davrda yashayapmiz. Bas, zolimga yordamchi bo‘lmang, tog‘utga qurol bo‘lmang, vazirlik va muftilik idorasiga jarchilik qilmang, balki Allohning ushbu kalomida aytilgan zotlardan bo‘ling:
﴿ٱلَّذِينَ يُبَلِّغُونَ رِسَٰلَٰتِ ٱللَّهِ وَيَخۡشَوۡنَهُۥ وَلَا يَخۡشَوۡنَ أَحَدًا إِلَّا ٱللَّهَ﴾
«Ular Allohning amr-farmonlarini yetkazadigan, Allohdan qo‘rqadigan va Allohdan o‘zga birovdan qo‘rqmaydigan zotlardir» [Ahzob 39]
Haq so‘zni ayting, shariat ahkomlarini bayon eting, mazlumlar tarafini olib, Islomni monopoliya qilish va soxtalashtirishga qarshi turing. Rosululloh ﷺ
«أَفْضَلُ الْجِهَادِ كَلِمَةُ حَقٍّ عِنْدَ سُلْطَانٍ جَائِرٍ»
«Jihodning eng yaxshisi zolim hukmdor oldida haq so‘zni aytmoqlikdir», deganlar. Shuni bilingki, tarix shafqat qilmaydi! Ummat sizni kuzatib turibdi! Robbingiz sizdan «haq yashirilib, rostgo‘ylar qamoqqa tashlanganda va din monopoliya qilinganda nima qildingiz?», deya hisob so‘raydi.
Ey Kinona ahli!
Bu adolatsiz qonun diningizni himoya qilish uchun ham, aqlingizni saqlash uchun ham emas. Aksincha, u diningiz ustidan nazorat o‘rnatish va sizni eng kuchli qurolingiz bo‘lmish shariat va haqdan mahrum etishga qaratilgan qator harakatlarning navbatdagisidir. Ular rostgo‘y ulamolar va ozod da’vatchilar ovozini o‘chirishmoqchi. Shuningdek, Islom dini xorlik dini emas, sharaf dini ekanligini, tog‘utga fatvo to‘nini kiyib olgan bo‘lsa ham hech qachon itoat qilinmasligini eslatmoqchi bo‘layotganlarni bostirishmoqchi. Shunday bo‘lgach, shiorlarga aldanmang, ularning «fatvolarni tartibga solish», degan gaplariga ishonmang. Chunki maqsad, dinni tartibga solish emas, balki sizni nazoratga olish hamda sizning haq ovozini eshitishingizga xalaqit berishdir. Ular uyg‘onmasligingizni, qo‘zg‘almasligingizni va sizga zulm qilgan, rizqingizni o‘g‘irlayotgan, dushmaningiz bilan ittifoqchilik qilayotgan kimsalardan hisob so‘ramasligingizni istashyapti.
Ey Kinona ahli!
Diningiz zimmangizdagi omonatdir, uni buzg‘unchi rejim qo‘liga berib qo‘ymang. Rejimning haqiqatni chetga chiqarishiga, Qur’onni buzishiga, ulamolarni qamashiga, masjidlardan o‘z xiyonatini va malayligini oqlash yo‘lida foydalanishiga rozi bo‘lmang. Haq ustida bo‘ling, munkarga sukut qilmang. Chunki haqqa sukut qilgan soqov shaytondir.
﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡتُمُونَ مَآ أَنزَلۡنَا مِنَ ٱلۡبَيِّنَٰتِ وَٱلۡهُدَىٰ مِنۢ بَعۡدِ مَا بَيَّنَّٰهُ لِلنَّاسِ فِي ٱلۡكِتَٰبِ أُوْلَٰٓئِكَ يَلۡعَنُهُمُ ٱللَّهُ وَيَلۡعَنُهُمُ ٱللَّٰعِنُونَ﴾
«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat narsalarni odamlarga Kitobda ravshan qilib berganimizdan keyin berkitgan kimsalarni shubhasiz Alloh la’natlagay va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlagaylar» [Baqara 159]
Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi
matbuot bo‘limi