Xalifalik davlatining islomiy yetakchiligi ostida musulmon qo‘shinlar safarbar qilinmas ekan, G‘azo bolalarining qirg‘ini tugamaydi

7
0

Matbuot bayonoti

Xalifalik davlatining islomiy yetakchiligi ostida musulmon qo‘shinlar safarbar qilinmas ekan, G‘azo bolalarining qirg‘ini tugamaydi

YUNISЕF tomonidan 31 mart kuni chiqqan bayonotga ko‘ra, yahudiy vujudi 18 mart kuni G‘azo sektorini intensiv bombardimon qilishni qayta boshlagandan beri shu kungacha u yerda 320dan ortiq bola shahid bo‘ldi, 600dan ortig‘i yaralandi. Bu so‘nggi o‘n kun ichida kuniga 100ta bolaga to‘g‘ri kelyapti. Bayonotda «ularning aksari uysiz qolib, chodirlarga yoki buzilgan uylarga ko‘chirib keltirilgan bolalar ekan»ligi aytildi. Shuningdek, hayit kuni o‘nlab bola shahid bo‘ldi, 3 aprel kuni uysiz qolgan oilalar uchun boshpana sifatida foydalanilayotgan G‘azo shimolidagi «Dorul Arqam» maktabiga qilingan havo hujumi oqibatida ko‘p sondagi bolalar shahid bo‘ldi. 2023 yil oktyabrdan beri davom etayotgan qirg‘inbarot urushda 17400 bola shahid bo‘ldi, son-sanoqsiz bolalar xarobalar ostida qolib ketdi. Darhaqiqat, o‘tgan 18 oydan beri o‘rtacha har 45 daqiqada 1 ta bola, har kuni 30 ta bola o‘ldirildi. Ularning 30 %i besh yoshga yetmagan bolalar. Shafqatsiz ishg‘oldagi oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy narsalarning blokadasi tufayli dahshatli ko‘lamda ochlik, bolalarning to‘yib ovqat yemasligi va oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar kelib chiqdi, bu ham o‘z navbatida bolalar o‘limining ko‘payishiga olib keldi. «Save the Children» (bolalarni qutqaring) xalqaro tashkilotiga ko‘ra, bosib olingan Falastin hududi hozirda bolalar uchun dunyodagi eng xavfli joy deb topilgan, ayni damda, G‘azo bolalarning to‘yib ovqat yemasligining dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichiga ega.

Falastin bolalarining genotsidi G‘arb hukumatlari, ularning qo‘g‘irchoqlari va institutlari, jumladan BMT va Xalqaro jinoyat sudi tomonidan to‘xtatiladi deb umid qilish bilan to‘xtab qolmaydi. Bularning bosqinchini qatli omdan tiyishdan ojiz, bunga rag‘bati ham yo‘q davlatlar va tashkilotlar ekanligi allaqachon o‘z isbotini topgan. Chunki G‘arb davlatlari gegemonlik qilayotgan ushbu axloqsiz global tartib ostida yahudiy vujudi Falastin ahliga qarshi sodir etayotgan vahshiyliklar uchun yoki bu vahshiyliklarni amalga oshirishda yahudiy vujudi foydalanayotgan qurol-yarog‘larni yetkazib berishni to‘xtatish uchun hech qanday qizil chiziq mavjud emas. Shunday ekan, Ummatni mudofaa qilish va bu saraton yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlab, ushbu qatli omga yakun yasash uchun albatta musulmon armiyalarni harakatga keltirish lozim.

Shunga binoan, biz musulmon ulamolariga, masjidlar imom-xatiblariga, ommaviy axborot vositalariga, jurnalistlarga, nufuzli shaxslarga va ushbu genotsidga chek qo‘yilib, butun Falastinning ozod etilishini istayotgan har bir musulmonga murojaat qilib, barcha musulmon armiyalarga bosim qilishlari zarurligini ta’kidlaymiz. Toki, armiyalarimiz zudlik bilan harakatga kelib, G‘azo ahlini mudofaa qilsinlar, anavi xoin hukmdorlarni o‘lkalarimizdan supurib tashlab, ularning xarobalari uzra Ummatga qalqon va qo‘riqchi bo‘lmish Xalifalikni barpo etsinlar. Rosululloh ﷺ ushbu Xalifalik haqida

«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom-xalifa qalqondir. Uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi», deya marhamat qilganlar.

Musulmon qo‘shinlarga aytar so‘zimiz:

Ahlingiz Falastinda genotsid etilayotgan bir paytda siz soyada qolishdan uyalmaysizmi?! Harbiy g‘ururingiz qani?! Musulmonlarni, ularning yerlari va dinlarini mudofaa qilmagan qurol-yarog‘ingizdan nima foyda?! Robbingizning:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمۡ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلۡتُمۡ إِلَى ٱلۡأَرۡضِۚ أَرَضِيتُم بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِ﴾

«Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz, oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!»                                                                       [Tavba 38]

degan so‘zi qalbingizga qo‘rquv solmayaptimi?! Siz qanday meros qoldirasiz, sizni qanday eslaydilar?! Bu Aqsodan va muborak Falastindan voz kechgan, musulmonlarni yordamsiz qoldirgan, deb eslashlarini istaysizmi yoki bu Aqsoni ozod etgan va musulmonlarni xavfsizlik va mudofaa bilan ta’minlagan, deya eslashlarinimi?! Shuning uchun bu zolim hukmdorlardan qo‘lingizni yuvib qo‘ltiqqa uring va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun bugungi kun ansorlari bo‘ling. Shoyad, bu dunyo kuch-qudrati va oxirat savobiga noil bo‘lsangiz.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.