Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik Allohning irodasi va qudrati ila albatta barpo bo‘ladi

38
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik Allohning irodasi va qudrati ila albatta barpo bo‘ladi

Zero, Xalifalik Netanyaxu va munofiqlar istamasalarda Allohning va’dasi va Rosuli ﷺning bashoratidir

Mana, Allohning dushmani Netanyaxu o‘z urushining asl yo‘nalishini fosh etdi. Ya’ni G‘azodan ham uzoqqa, Misr va Iordaniyadan ham yiroqqa, hatto O‘rta yer dengizi sohillarigacha, shimoldan Turkiyagacha, g‘arbdan Marokashgacha cho‘zilishini, butun islomiy olamni qamrab olishini ochiqladi va «O‘rta yer dengizi sohilida Xalifalik barpo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi.

Gap shundaki, Netanyaxu Islom Ummatining jihod qilishga, islomiy birodarlikka, chegaralarni buzishga, taxtlarni oyoq osti qilishga hayqirayotganini, hukmdorlarning taxtlarini yemirilayotgan jar yoqasiga sudrab oborib qo‘yganini, ularni jarga uloqtirishiga yoki armiyalar ularni chuqurga ko‘mib tashlashiga oz qolganini, keyin Xalifalik Banu Isroilni qo‘lga kiritgan narsalari bilan yakson etib, G‘arb va uning malaylarini islomiy o‘lkalardan supurib tashlashini, hatto ularni ta’qib qilishini, ular esa ortlariga qaramay qochishini, Alloh tarafidan ularga birorta himoyachi bo‘lmasligini juda yaxshi tushunib turibdi. Netanyaxu va uning gumashtalarini qamrab olgan ushbu qo‘rquv uni «Xalifalik barpo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz» deb aytishga majbur qildi.

Aftidan, qurolsiz bolalarni qirg‘in qilish va G‘azo ahlining ustidan bombalar yog‘dirish, so‘ng ularni och qo‘yish bilan Netanyaxu va yahudiylar shishib-gerdayib, o‘zlarini Od qavmining devlari, deb o‘ylashayotgan ko‘rinadi. Vaholanki, ular pashshadan ham zaifdirlar, Xalifalik barpo bo‘lishini oldini olishga kuchlari yetmaydigan darajada haqirdirlar. Darvoqe, Ummat ularning hajmini yettinchi oktyabr kunida bilib bo‘ldi. Zotan, Alloh Taolo bizga ularning xabarini

﴿وَإِن يُقَٰتِلُوكُمۡ يُوَلُّوكُمُ ٱلۡأَدۡبَارَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ﴾

«Agar sizlarga qarshi jang qilsalar, ketlariga qarab qochadilar, so‘ngra ularga (hech kim tomonidan) nusrat-yordam berilmas»             [Oli Imron 111]

deya allaqachon bayon qilib qo‘ygan.

Keyin G‘arb va uni do‘st tutgan hukmdorlar G‘azoni qirg‘in va qamal qilish, xalqlarni bostirish, jihod va chegaralarni ochishga chaqirganlarni quvg‘in qilish, hukmdorlarning G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, «Iordaniya birinchi o‘rinda, Misr birinchi o‘rinda» degan subutsiz chaqiriqlar hamda yordamsiz qo‘yish va yolg‘on xabarlar bilan Ummatni o‘z Islomini barpo etish loyihasini amalga oshirishdan to‘xtatib qolamiz, deb o‘ylashyapti. Ammo bu qilmishlari bilan devni uyg‘otishayotganini bilishmayapti, Ummatda jihod va bir butun Ummat ma’nolarini qayta jonlantirib qo‘yishayotganini, unga Xalifalikni barpo etishda qo‘shimcha kuch berishayotganini anglashmayapti.

﴿وَكَذَٰلِكَ جَعَلۡنَا فِي كُلِّ قَرۡيَةٍ أَكَٰبِرَ مُجۡرِمِيهَا لِيَمۡكُرُواْ فِيهَاۖ وَمَا يَمۡكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمۡ وَمَا يَشۡعُرُونَ﴾

«Biz har bir qishloqda o‘sha joyning kattalarini hiyla-nayranglar qiladigan jinoyatchilar qilib qo‘ydik. Ular faqat o‘zlarinigina aldaydilar, xolos, lekin o‘zlari sezmaydilar»                             [An’om 123]

Ey musulmon o‘lkalaridagi ofitser va generallar!

Orangizda Netanyaxuga «sen istamasangda, biz Xalifalikni albatta barpo etamiz, Aqso masjidimizni yahudiylar iflosligidan tozalaymiz», deya javob qaytaruvchilar topilmaydimi?! Diqqat! Orangizda Alloh va Rosuli uchun qizg‘anuvchi kim bor?!

Ey musulmonlar!

Islom Ummati bir butun Ummatdir. Allohning izni ila, uni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik birlashtiradi hamda Alloh jinoyatkorlarga va kofirlarga Ummatdan qo‘rqib-kutib turishgan ishlarni albatta ko‘rsatib qo‘yadi. Ummat, garchi o‘zini zaif deb bilayotgan esa-da, ammo Allohning va’dasiga har qachongidan ham yaqin qoldi. Zero, dunyodagi barcha kuchlar Xalifalikka hargiz bas kelolmaydi yoki qarshisida turolmaydi, shuningdek, Xalifalikning barpo bo‘lishini hargiz oldini ololmaydi. Chunki bu Allohning va’dasi, Rosuli ﷺning xushxabaridir.

﴿فَهَلۡ يَنتَظِرُونَ إِلَّا مِثۡلَ أَيَّامِ ٱلَّذِينَ خَلَوۡاْ مِن قَبۡلِهِمۡۚ قُلۡ فَٱنتَظِرُوٓاْ إِنِّي مَعَكُم مِّنَ ٱلۡمُنتَظِرِينَ * ثُمَّ نُنَجِّي رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْۚ كَذَٰلِكَ حَقًّا عَلَيۡنَا نُنجِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴾

«Ular faqat o‘zlaridan ilgari o‘tgan (kofir) kimsalarning kuniga o‘xshash (bir kunni)ni kutmoqdalar, xolos. (Ey Muhammad, ularga) – kutaveringlar, men ham sizlar bilan birga kutguvchilardanman, deb ayting. So‘ngra (o‘sha kunda), payg‘ambarlarimiz va iymon keltirgan zotlarga najot berurmiz. Shunday qilib, (oxir-oqibatda) iymon keltirgan zotlarga najot berish Bizning zimmamizdagi burch bo‘ldi»                                        [Yunus 102-103]

Hizb ut-Tahrir                                                               24 shavvol 1446h

Muborak Falastin zamini                                                22 aprel 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.