G‘azoga yordam berish va armiyalarimizni bunga da’vat qilish uchun Shom Tripolisida norozilik marshi

8
0

Matbuot bayonoti

G‘azoga yordam berish va armiyalarimizni bunga da’vat qilish uchun Shom Tripolisida norozilik marshi

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati chaqirig‘iga javoban, 2025 yil 11 aprel juma namozidan so‘ng yuzlab faollar, shuningdek, Tripoli va uning atrofidagi qishloqlar ahli «Ey Ummat armiyalari, G‘azo qoni bizning qondir» nomli marsh o‘tkazdi. Ushbu tadbir katta «Mansuriy masjidi»dan boshlanib, Tripoli ko‘chalarini aylandi, unda musulmon armiyalarni yordamga chaqiruvchi plakat va lozunglar ko‘tarib chiqildi. Ishtirokchilar G‘azoni qamal qilayotgan va yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlayotgan zolimlarni taxtlaridan ag‘darishga chaqirib hayqirdilar.

Marsh «Nur maydoni»ga kelib to‘xtagach, Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati a’zosi shayx Ahmad Sufiy nutq so‘zladi. Nutqida G‘azoda to‘kilayotgan qonlardan eng katta javobgar islomiy o‘lkalardagi hukmdorlar ekanini, xiyonat va malayliklari sababli ularga ishonch umuman yo‘qolganini, ikkinchi darajadagi javobgar tomon qurol va askarlarga egalik qilgan armiyalar qo‘mondonlari ekanini ta’kidladi. Ularni xuddi ilgari Umar ibn Xattob, Sa’d ibn Muoz va As’ad ibn Zurora roziyallohu anhular kabi sahobalar nusrat berganidek, nusrat berishga chaqirdi. Shayx Sufiy misrlik zobit Xolid Islombuliy, Muhammad Saloh, turkiyalik Mert Oltintosh va musulmon armiyalardagi boshqa qahramonlarni ham tilga oldi. Falastin masalasi uchun yechim yahudiy vujudi bilan muzokara qilish yoki munosabatlarni normallashtirish emas, balki faqat jihod qilishdan iboratligini, bu vujudning tugashi yaqinda – Allohning izni ila – ro‘yobga chiqajak rabboniy va’da ekanligini ta’kidladi.

Tadbir G‘azo ahli va butun Islom Ummatini duoi xayr qilish bilan nihoya topdi.

Hizb ut-Tahrirning Livan viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.